- Ajabo, bir necha daqiqa masjidda naqadar uzoq-u, navbatdagi serial qarshisida naqadar oz.
- Ajabo, qo’lingdagi ming so’m masjidga naqadar ko’p-u, bozorga naqadar oz.
- Ajabo, duoda so’zlar naqadar topilmaydi-yu, g’iybatda shu qadar quyilib keladi.
- Ajabo, agar futbolda qo’shimcha vaqtga o’tadigan bo’lsa, naqadar hayajonlanib turamiz-u, Ramazondagi qo’shimcha namozdan uzoq deb noliymiz.
- Ajabo, odamlarga juma ma’ruzasini esda saqlab, boshqalarga etkazish naqadar og’ir-u, ig’voyu mish — mishlarni tashib yurish naqadar engil.
- Ajabo, bo’lar — bo’lmas mish mishlarga, cho’pchaklarga ishonamiz — u, Parvardigorning haq so’ziga shubha qilamiz.
- Ajabo, sevimli ko’rsatuv oldidan tayyorlanib, har qancha kutamiz-u, namoz vaqti deyarli o’tib ketsa ham, unga hech qancha tayyorgarlik ko’rmaymiz.
- Ajabo, serial qahramonlarini naqadar sevib, ularni kuyib — pishib muhokama qilamiz-u, masjidda yonimizda turgan namozhonni tanimaymiz.
- Ajabo, har kim jannatga kirishni har qancha tama’ qiladi-yu, buning uchun bir nima qilish, gapirish yoki ishonish kerakligini qancha o’ylamaydi.
- Ajabo! — O’zimizni to’g’ri yo’ldamiz deb bonglar uramiz-u, aslida to’g’ri yo’ldagilarga tosh otamiz!!!
- Ajabo! — Din uchun biron narsa qilmadigu, lekin tinmayin dinga hizmat qilayotganlarga tosh otamiz!!!
- Ajabo! — Ilmimiz hech vale, ulamolar go’shtini eymiz!!!
- Ajabo! — Jannatning kalitini qo’lga kiritdik-mi, yo, eng to’g’ri yo’lda ekanimiz haqida vasiha oldikmi, va yohud Allohning rahmatini taqsimlovchilarga aylandikmi-ki, odamlarni anavi adashgan, manavi zalolatda deya sinflarga ajratishga tushdik?!.. Ajabo, buning o’rniga o’z nafsimiz bilan shug’ullansak bo’masmidi?!..