Quloqsiz bolalarning Ota Onalariga 7 ta maslahat.
Sizning bolangiz
doim xarxasha qilib, jo’rttaga injiqlik
qilayotgandek bo’ladimi?
Bu tabiiy
hol. Go’dak o’ziga ishonch bilan va
quvnoq o’sishi uchun o’zining
hissiyotlari va xulq-atvorini nazorat
qilishiga o’rgatishi ham zarur.
Barchasi bolalikdan boshlanadi, siz
bolangizni sekin-asta oilangiz uchun
odat bo’lib qolgan ovqatlanish
tartibiga ko’niktirib borasiz. Keyinroq
esa uni uyqu oldidan mustaqil
tinchlanishiga va qisqa vaqt ichida
o’zi bilan o’ynashga o’rgatasiz.
Go’dak yura boshlaganidan so’ng siz
uning har jihatdan mustaqilligini
orttirasiz. Bolada xarakter va vijdonni
tarbiyalar ekansiz, bu uning
maktabgacha bo’lgan yoshida juda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Intizom — bu bamisli ota-onalarning
farzandlariga beradigan qo’llanmasi
bo’lib, bolalar undan hayot uchun
zarur tajribalarni o’rganishadi. Bu
jiddiy, sermashaqqat ish va u bilan
o’qtin-o’qtin shug’ullanish mumkin
emas
Bolalar sho’xligining oldini oling
Siz go’dagingizga gullarga
tegmasligini bir necha marta iltimos
qildingiz, ammo nima uchun siz
xonadan chiqishingiz zahoti u
gullarga tashlanadi va uzishni
boshlaydi?
Muammo: 1,5 yoshgacha bo’lgan
go’daklar o’z impulslarini to’liq
nazorat qilishga hali qodir
bo’lmaydilar. Shuningdek ular ongli
ravishda gapga quloq solmaslikni
ham uddalay olishmaydi va boshqa
odamlarning fikrlashi va xohishlari
ularning shaxsiy fikrlaridan
boshqacharoq bo’lishi mumkinligini
ham unchalik tushunishmaydi.
Ularning eng katta istagi esa albatta,
olamni anglashdir. Endigina yurishni
boshlagan go’daklar atrofdagi barcha
narsaning ta’mini totib ko’rishga,
ularga tegib ko’rishga harakat
qilishadi. Go’daklarga yangi
tovushlar, yangi narsalar qiziq
tuyuladi. Shu tufayli ularga "œTegma!"
deb doim aytaverish qat’iyyan
mumkin emas, axir ular sezgi orqali
yangi bilimlarni qo’lga kiritadilar-da.
Echim: uyingizni va bog’ingizni bola
uchun bemalol harakatlanadigan va
har doim "œyo’q!" degan xitobni
eshitmaydigan holatda xavfsiz qilib
qo’ying. Agar boshqa joyga qo’yib
bo’lmaydigan va tez sinadigan
buyumlar, masalan bog’ingizdagi
o’simliklar go’dakni jalb qiladigan
bo’lsa, uning diqqatini yanada
qiziqarliroq boshqa ob’ektga
qaratishni o’ylab ko’ring. Misol
uchun, jigarbandingizdan o’tloqda
o’sib yotgan momaqaymoqni uzib
olishni yoki undagi uchar
pufakchalar bilan o’ynashni
so’rashingiz mumkin.
Go’dakning hissiyotlarini hurmat
qiling
Go’dak shodonlik bilan parkdagi
arg’imchoqda uchmoqda, aynan shu
paytda siz u uchun dahshatli bo’lgan
jumlani qo’llaysiz: «Azizim, uyga
ketish vaqti bo’ldi!». Shu gapdan
so’ng bir lahzada mashmasha
boshlanadi. Siz xunob bo’lasiz, yig’ini
bas qilishni va tezda uyga otlanishini
talab qilasiz, aks holda hech qachon
bog’ga olib kelmaysiz. Bola yanada
qattiqroq yig’laydi va arg’imchoqqa
mahkamroq yopishadi.
Muammo: u ikki yoshga to’lganmi,
yoki ikki yuz ikkigami, uni urishsa va
nimadir qilishga majbur qilishsa,
albatta hech kimga yoqmaydi. Mana
nima uchun jahli chiqqan boladan
itoatkorlik talab qilinishi ko’p
hollarda jazavaga tushishga olib kelar
ekan.
Echim: Farzandingizning o’z hislariga
ega bo’lish huquqini tan oling.
Vaziyatga uning ko’zlari bilan qarang.
Sizning farzandingiz bog’da qolishni
xohlagani uchun jahlingiz chiqdi.
Ammo nahotki uning bog’da qolishni
istashi yomon bo’lsa? Bolangizga
shunday deyishga harakat qilib
ko’ring: «achchig’ing chiqayotganini
tushunib turibman, chunki qolishni
istayapsan, men esa seni uyga
ketishga undayapman. Ammo
chindan ham uyga ketish payti
keldi». Keyin ehtiyot bo’lib, ammo
ishonch bilan bolani ko’taring va uni
mashinaga olib boring yoki uy
tomon etaklang. Bu yoshda so’zdan
ham ko’ra harakat kattaroq o’rinda
turishini esdan chiqarmang.
Go’dakning tuyg’ulariga qarshi
bormang va uni ko’ndirishga harakat
qilmang. «Bizningcha, bu juda oddiy,
biroq ko’pgina ota-onalar go’daklari
o’z hissiyotlari bilan yashashiga
qiyinchilik bilan yo’l qo’yishadi,
chunki ularni g’amgin ko’rishlarini
xohlashmaydi. Biroq agar ota-ona o’z
farzandining tuyg’ularini anglasa va
ularni boshqarishni o’rgansa, u holda
bola gapga ko’nadigan bo’lib qoladi»,
− deydi oilaviy ruhshunos Olesya
Agranovich.
Gapirmang, balki namuna ko’rsating.
Siz tanish ona bilan bolalar
maydonchasida gaplashib turibsiz,
shu onda sizning go’dagingiz baland
va tantanali qichqiriq bilan
diqqatingizni jalb qiladi. Siz o’girilasiz
va bir yarim yashar farzandingiz
boshqa bir go’dakning sochlariga
chang solayotganligining guvohi
bo’lasiz. Siz yugurib borasiz, ularni
ajratasiz va qattiqqo’llik bilan tanbeh
berasiz: «Sochidan tortma! Soch dan
tortma!»
Muammo: Sizning bolangiz
"œSochidan tort!" jumlasini, ya’ni
aynan siz istamayotgan narsani
eshitadi va buning o’rniga u nima
qilish kerakligini tushunmaydi.
Echim: Kichkintoyning qo’lchasini o’z
kaftingizga qo’ying, u bilan o’zining
sochlariga ohista qo’l tekkizing va
"œUlarni nozik siypala!" deb ayting.
«Agar gap tartib-intizom haqida
ketayotgan bo’lsa, bolalar bu yoshda
quruq so’zdan ko’ra harakatni
yaxshiroq tushunishadi, − deya
ta’kidlaydi oilaviy ruhshunos Olesya
Agranovich. − ularga unday qilish
kerak emasligi haqidagi pand-
nasihatni bergandan ko’ra nima
qilish kerak va mumkinligini
yumshoqlik va xotirjamlik bilan
ko’rsatib berish ko’proq samara
beradi».