Fitr sadaqasiFitr sadaqasi badavlat musulmonning Ramazon hayitida zakot berilishi joiz bo’lgan kishilarga beradigan sadaqasidir.
Fitr sadaqasini Payg’ambarimiz, sallollohu alayhi va sallam, tomonlaridan hijratning ikkinchi yili, faqirlarga berish buyurilgan.
Hikmati 1. Ramazon hayitidek ulug’ kunda faqirlarni tilanchilik qilish iztirobidan qutqarish;
2. Barcha musulmonlar shod-xurram bo’lgan mana shunday ulug’ bayram kuni, faqirlarni ham xursandchilik va farog’atga erishtirish.
3. Ro’za tutib, vujudini poklagan kishining molini ham poklashi.
4. Ro’za davomida, ehtimol, yo’l qo’yilganba’zi xatolarining to’g’rilanishi.
RukniOluvchi kishining fitr sadaqasini shaxsiy mulkiga aylantirishi.
Sababi kishining qaramog’ida boqishga majbur va mas’ul bo’lgan kishilarning mavjudligidir. Ya’ni, odam o’zi, kichik va faqir farzandlari, xizmatkor quli, mudabbari (xo’jayini o’lganidan so’ng ozod bo’lishi xususida xo’jayini bilan shartnoma tuzgan quli), ummi valadi (xo’jayinidan farzand ko’rgan joriya) uchun fitr sadaqasi berishi lozim.
Vojib bo’lishning shartlariFitr sadaqasi beradigan kishi musulmon va hur bo’lishi, zaruriy ehtiyojlardan ortiqcha nisob miqdoridagi mulkning ko’payuvchi bo’lishi yoki oradan bir yil o’tgan bo’lishi shart emas.
Vojib bo’lishining vaqtiRamazon hayitining birinchi kuni tong otishi bilan fitr sadaqasini berish vojib bo’ladi. Bu vaqtdan avval vafot etgan yoki faqir bo’lib qolgan, (tong otganidan) so’ng musulmon bo’lgan, tug’ilgan yoki badavlat bo’lgan kishining fitr sadaqasi berishi shart emas.
Fitr sadaqasini hayit kunidan avval yoki keyin berishjoizdir, hayit namoziga chiqmasdan avval berish mustahabdir. Fitr sadaqasining berilishi vojib bo’lgach, mulkning yo’qolishi fitr sadaqasi berish majburiyatini bekor qilmaydi.
Fitr sadaqasini berish joiz bo’lgan narsalarQuyidagi to’rt (xil) narsadan fitr-sadaqasi berish mumkin: bug’doy, arpa, xurmo, mayiz.
Fitr sadaqasining vojib bo’lgan miqdoriBug’doydan, bug’doy unidan yoki qovurilgan bug’doy unidan yarim so’ — 1.664 kg, xurmo va mayizdan bir so’ yoki 3.328 kg berilishi lozim.
Bu narsalarning qiymatini berish joiz va faqirlarga foydaliroq bo’lsa, yanada fazilatlidir.
UzIslamComdan olindi