Xabaringiz bo'lsa kerak odatda pishloqlarni tayyorlash uchun ham oqliq (Turk tilida-maya) ishlatiladi. Bu pishloq uchun oqliq shart emas. Turkiyada bu pishloqni nomi- Lor, Inglizchasi-Curd ekan.
Men 5 litr sut olaman har hafta, olgan sutimni 1 litrga yaqinini ishlatgandim, qolganidan pishloq qildim, 500 gr-ga yaqin pishloq hosil boldi. Siz ham sutingizni miqdoriga qarab ishlatiladigan sirka va tuz miqdorini belgilashingiz mumkin.
Kerakli masalliqlar:4 litr sut
5 qoshiq sirka (olma, uzum sirkasi farqi yo'q)
Agar tuzli xohlasangiz tuzlamalarga ishlatiladigan maxsus qoya yoki dengiz tuzi, men 1 qoshiq tuz soldim.