Manda ham bir savol bor edi qizlarga... Balki oldin berilgandir, qaytarayotgan busam uzr.
Kuzatishlar natijasida, qizlarning tez uzgarunchaligiga guvoh bulamiz, kiyinish, urf-odat, gapirish, yurish turish va hakozlar.
Masalan, viloyatlik qiz Toshkentga kelsa toshkent shevasida gapira boshlaydi, kiyinishlari ham juda uzgaradi. Og'il bolalarda unaqa emas.
Yana qiz bolalarga chet elga chiqsa tezda usha yerdagi madaniyatga moslashib ketib har hil nojo'ya harakatlar qila boshlaydi (albatta bu kimlargadir tegishli emasdir, har kimni uziga bog'liq uzini tutishi). Shuning uchun ham qizlarni ota-onasi o'zidan uzoqlashtirib yuborgisi kelmaydi o'zbeklarda..
Nega tez o'zgaruvchansizlar qizlar? (Savoldan ba'zi qizlar hafa bo'lmasin, bu bn man hamma qizlar ham shunaqa demoqchi emasman)
Faqat vodiylik qizlar emas, yigitlar ham shevalarini o'zgartirib olishadi. Bunga yaqqol misol juda ko'p
forumdayam...
Men bu narsaga salbiy yondoshmayman. Agar eplasa gapirsin, chunki shevalar hammamizni boyligimiz.
Toshkent shevasi, Anjan shevasi, deb faqat bir-birimizni oramizda ayirim yaratamiz holos.
Meni Jalolobodlik Qirg'iz dugonam bor edi İstambulda. Bitta uyda turardik. Andijonga yaqin bo'lishgani va O'zbeklar bilan aralashib yashashgani uchun Andijon shevasini qoyillatib gapirardi.
Orada Anjonja gapirib ber, deb mazza qilib eshitib, hasrat ketkazardik.
Masalan Turk tili o'rganganlar asosan İstambul lahjasi yoki adabiy til o'rganadi. Qayerda gapirmang, hamma hurmat bilan Qoyil, İstambul shevasida gapiryabsan, deb maqtaydi.
Toshkent shevasi ham poytaht shevasi bo'lganligi uchun hamma ham bu shevada bir navi gapirishga harakat qiladi. Ayniqsa bu yerga o'qib, ishlagani kelganlar.
Bu narsani yomon tarafi yo'q. Qaytamiga til boyligi, deb qarayman.
Shahar yoki qishloqqa moslashishga kelsak, hamma yerni ham o'z qonun qoidasi bor. Sizni kiyim tarzingiz avvalambor o'zingizga va yon-atrofingizdagilarga bo'lgan hurmatingizdir.
Masalan uyda kiyib o'tirgan kiyimingiz bilan tashqariga chiqmaysiz-ku shundaymi?
Shuning uchun bunday kichkina narsalar (sheva va kiyim tarzi, qolganlarini aralashtirmadim) uchun kalla qotirishga arzimaydi...
Hamma yerni o'z toshi-tarozisi bor, degan-u Xalqimiz...