Ishq ila men xastaman,bu dardima davo yo'qdur,
Qora qismat bitilmishdir,visoldan hech vido yo'qdur.
Vasl yo'qdur,faqat bordur alam,hasrat ila kulfat,
Tovushingni kutarman zor,biroq sandan sado yo'qdur.
Asir qushman - go'dak panji g'ijimlaydi berib ozor,
O'lim yordur vujudima,xudoyimdan panoh yo'qdur.
Bola dastida giryona - qanoti qonolud qushman,
Qutilmoqqa biror chora,azoblarga ado yo'qdur.
Axir,man qush emasman,yor,qutilmoqqa yo'lim bisyor,
Biroq ishqqa chalingan dil uchun erkin samo yo'qdur.
MAJNUN
(arab mumtoz shoiri)