Kelasi yili maktabga boradigan ukam bor. Biram yaxshi kuraman. Shirin bola. Yaqinda uyga borganimda, ancha u bilan o'ynadim. Juda ham sho'x bola bo'lib katta bo'layotgan ekan. Men o'qishga ketayotganimda 2 yoshar bola edi. Mendan o'zini boshida olib qochdi, ozgina begona qildi. Keyinroq ancha qalin bo'lib qoldik. Uyda bola deb unga hamma narsa ruxsat etilgan. Men borishim bilan o'rgangan ishim, shu bo'ldi. Aytdimki, u har bir xonaga hoh ota-onasi xonasiga, hoh mening xonamga bo'lsin, ruxsat so'rab kirishi shart. Buni bir necha bor takrorladim, nasihatlarim havoga uchib ketmadi, har qalay. Mening xonamga kirmoqchi bo'lsa, eshik oldida turib - Aka, kirishga ruxsat bormi? deb so'raydi. Qachonki men kelaver desam, asta sekin kirib keladigan bo'ldi.
Men bu gapni aytmasdan oldin, opalarining xonasiga ham beruxsat kirib ketavergan, opalarini urgan, so'kkan, yig'latgan, opalaridan tayoq yeb o'zi ham yig'lagan edi. Mana sizga tarbiyaning oqibati.