sasha63ga savol:
Vatan degan ko'zingizga ko'rinadigan, xayolingizda namoyon bo'ladigan birinchi narsa, tasvir qaysi?
Vatan, dedim, balki savolning tasiridadir, xayolimga ko'p narsa keldi, ularning orasida qaysini tanlamay riyoga kirib ketayotgandekman.
Vatan deganda nimani tushunasizlar degan savolni ko'rdim, javob ham yozay deb yergandim, bir-ikki tushunchamni shu yerda qoldiray.
Vatan degani "bu"dir deb berilgan javoblar to'g'ri emas deb o'layman. Chunki bu dunyoqarashga bog'liq.
Har kim vatanidan ayri tushganda nimani sog'insa, uning uchun vatan o'sha. Masalan bir kishi onasini sog'inishi mumkin, onasi yoniga kelgach vatanini hech eslamay qo'ysa uning uchun vatani onasi.
Men ham onamni sog'indim, do'stlarimni sog'indim, masjidlarimni, minoralarimni sog'ndim. O'zbegimni so'g'indim, xalqimni sog'indim, nurli yuzlarida tabassumi kulib turgan imomlarimni sog'indim.
Men O'zbekistonimni sog'indim, yuqorida keltirganlarimga shu yerda, g'urbatta erishsam ham, bari bir sog'inaveraman, qaytib uning rivoji uchun harakat qilaman. Qo'limdan hech narsa kelmasa, rivojing uchun nima qila olaman deb o'ylab yursam ham, o'sha yerda yuray deyman.
Qo'limizdan doimo keladigan, qo'limiz va tilimizni kesib olishsada, qila oladigan bir ishimiz bor, u ham bo'lsa duo. Duo qilib yuraman hech bo'lmasa.
Bir kun keladi, bobokalanlarimizdek avlod yetishadi va dunyoga bizning kim ekanligimizni qaytatdan namoyon etadi. Boshi yuksaklarda bo'lsada, qalbi yerlarda o'zbegim, dunyoga kuchlilar qanday bo'lishi kerakligini yana ko'rsatadi.
Ortidan Imperiya qoldirgan Boburdek, millatlarga saodat yo'lini kersatgan o'zbegim, men seni sog'indim! Qanisan, qayerdasan, ayt yeringni, qidirib boray, jonimning evaziga bo'lsada boray! Allohim bizga o'zingning nazdingdagi shonimizni, shavkatimizni qaytarib bergin, biz ajdodlarimizga xiyonat qildik, bizlarga qadrimizni tiklashga imkon bergin. Sen bizlarga kuch qudrat bergin Rabbim.
Bu savolni nega menga berdingiz, men ham hamma qatori oddiy, purqusur bandaman. Vatanning nima ekanligini tushuntura oladigan salohiyat menda nima qilsin.