* * *
Rasululloh (s.a.v.) hayotlarining so‘nggi haftasida bir suhbat o‘tkazdilar va shunday dedilar:
— Alloh taolo qulga, hayotda tilaganicha yashash, yeyish va ichish yoki Rabbiga yetishishi uchun imkoniyat berdi, u ham Rabbiga yetishishni afzal bildi.
Bu gapdan hazrat Abu Bakr (r.a.) ko‘zlari yoshlandi va mahzun ovozda dedi:
— Ota-onalarimiz senga fido bo‘lsin ey, Alloxning Rasuli.
O’tirganlar hazrat Abu Bakr (r.a.)ning yig‘isi va so‘zlariga ma’no berisholmadi. Ammo, ular bu so‘zlardan, Xotamul Anbiyo Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vafotlari yaqinlashayotganini bilgandi.
Payg‘ambar (s.a.v) so‘zlarini davom ettirdi:
Do‘stligi va moli ila bizga nisbatan Abu Quhofaning o‘g‘lidan-da jo‘mard, vafoli kishi yo‘qdir. Shoyad Allohdan o‘zga do‘st kilish imkoni bo‘lsaydi, albatta u Abu Quhofaning o‘g‘li bo‘lardi. Biroq o‘rtada bir sevgi bor. Ha, bir sevgi va iymon birodarligi bor,- dedilar.
Kimdan yaxshilik ko‘rsak albatga uni qaytarishimiz kerak. Faqat Abu Bakrdan ko‘rgan yaxshiligimizni uning mukofotini, qiyomat kuni Alloh taolo berajak. Abu Bakrning moli qadar hech kimning moli menga foyda keltirgan emas. Shoyad yagona do‘st qilish kerak bo‘lsaydi, shu Abu Bakr bo‘lardi. Ammo, bu ma’nodagi do‘stim Buyuk Mavlodir. Masjidga ochilgan barcha eshiklar yopilsin, faqat Abu Bakrning eshigi ochiq qolsin.
Sayyidul Anbiyo val Mursalin (s.a.v.)ning xastaliklari ortib uch marotaba masjidga chiqmoqchi bo‘lib turganlarida yiqilib tushgach, yonidagilarga aytdilar:
— Abu Bakrga amrimni yetkazing, namozni boshlasin.
— Ey, Allohning Payg‘ambari, Abu Bakr o‘ta ko‘ngilchan inson. Sening o‘rningga o‘tgach, o‘zini tutolmay yig‘laydi. Amr qilsang, Umar o‘qisa bo‘lmaydimi?
Bu taklifni bildirgan hazrat Oysha (r.a.) edi. Xalq mehrobda hazrat Abu Bakr (r.a.)ni ko‘rsa xushlamasligini o‘ylardi. Ammo, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) amrlarini takrorladilar:
— Abu Bakrga amrimni yetkazing, namozni boshlasin. Hazrat Oysha (r.a.) istagini yana bir marotaba so‘zladi.
Yonidagi Hafsaga ham ayttirdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday ahvolda ham irodasiga hokim edilar, so‘zlarida qat’iy turdilar:
— Sizlar Yusuf (a.s)ni qaroridan qaytarmoqchi bo‘lgan ayollarga o‘xshaysiz. Abu Bakrga ayting, namozni boshlasin.
Shundan keyin o‘n yetti vaqt namoz, Rasululloh (s.a.v.) hayotliklarida hazrat Abu Bakr (r.a.) tomonidan o‘qitildiyu Shu bilan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘eidan keyin xalifa bo‘ladigan zot kim zkanligini oshkora tayinladilar. Aqli joyida bo‘lgan har bir kishi buni yaxshi anglab oldi.