Yurtdosh > Toshkent shahri

Toshkentliklarga savollar

(1/30) > >>

Robiya:
:bs1:
 :as:

Aziz yurtdoshlar,forumdoshlar!

Ushbu mavzuda toshkentliklar va ularning urf-odatlari bilan va boshqa o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. O'ylaymizki, toshkentliklar javob berishadi.

Birinchi savolni o'zim bersam. Hozir ayni to'y mavsumlari boshlanish arafasida... Toshkentda to'y bilan bog'liq qanday urf-odatlar bor? Shular haqida o'rtoqlashsangiz.

Muhseena:
  :bsm: :as:To'ylar islomiy yoki dunyoviy bo'ladi.To'ydan bir hafta oldin qiz taraf o'z mebeli va mollarini kuyovnikiga olib boradi va ikki,uch ayol uyni bezatib qaytadilar.To'ydan bir kun oldin kuyov taraf To'y yuboradi,unda qo'y,guruch,yo'g yana boshqa noz-ne'matlar keladi.Unda adashmasam kuyov tarafdan erkaklar kelib ketadilar.To'y kuni nahorda Qiz oshi bo'ladi.Qiz taraf o'z yaqinlari,qudalariga osh beradi.Shu kuni ayrim islomiy oilalarda kunduzi,ko'p hollarda kechqurun nikoh bazmi boshlanadi.
Man eng asosiy tadbirlar haqida aytib o'tdim.Agar tushunmagan joyingiz bo'lsa bemalol so'rashingiz mumkin.
:as:

ibnUyayna:
   O`zbekiston bo`yicha eng g`alvali to`y Toshkentniki bo`se kere dip o`yliman.Aksariyat hollarda buyumparastlik,arzimagan narsalaga ajrashib ketishla,aytgin menga shuni,aytgin mmenga wuni un(el)dan niiimaaam kaaaaaam,to`ydan keyin ota-onalarri qarz bo`lishlari(o`z ko`zim bn ko`rganman wunaqa ota-onalarri,oyma-oy qiynalib qarz uzganlarini) eeee bunichi etgan bn tugatib bo`midi ...
   eng yaxshisi islomiy,ixcham,sharoitga qarab to`y qilinsa $ cho`ntakka qoladi,hamda shariatga muvofiq bo`lganligi bn niyatga qarab savob bo`ladi
    ee qisqasi anu gap boridi yu  1 kalla qand,3 so`m pul, 1ta mulla(to`g`ri ettimmi?) o`shanga yetmidi   
    eee  odamlar nima desalar deyaverishsin

ZUBAIR:
Ba'zi Toshkentliklar onasini opa deyisharkan. Unda opasini nima deyishadi?

Munavvara:

--- Iqtibos: ZUBAIR  25 Aprel 2009, 21:52:20 ---Ba'zi Toshkentliklar onasini opa deyisharkan. Unda opasini nima deyishadi?

--- End quote ---

 :as: Javob:
Opacha yoki umuman sansirab gaplashishadi :) lekin man opalarimni hammasini hurmatini joyiga qo'yib sizlab gaplashaman  ;)

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version