"Shirintoy" murabbosi
olma va shokolad uyg'unligi
Zarur masalliqlar:
2 kg olma, 1,5 kg shakar, 100 gr
oq shokolad, dolchin, limon
kislotasi va qirindisi, vanilin.
Tayyorlanishi:
1. Olmalarni yuvib, 4 bo'lakka
bo'ling, urug'idan tozalab, yarim
aylana shaklida yupqa qilib
to'g'rang. Shakar sepib, ustini
yopib, 1 kun qo'ying.
2. Ertasi kuni olmani suvi bilan
past olovda qaynating. Olmalar
pishgach, vanilin, dolchin, limon
kislotasi va qirindisini solib, past
olovda qaynatishda davom eting.
3. Shokoladni qirg'ichdan o'tkazib,
uni ham murabboga soling,
yaxshilab yana bir marta
qaynating-da, sterizatsiyalangan
bankalarga solib yoping.
Bankalarni teskari tarafga
to'nkarib qo'ying.