Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1268341 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 206 207 208 209 210 211 212 213 214 215 216 ... 270 B


Shoxruh Mirzo  27 Iyun 2010, 09:22:35

Axli forum birodarlarga (albatta javob berishni xoxlaganlar):
 
- Sizningcha odamiylikni o'lchovi qanday? Shaxsan siz uni qanday o'lchaysiz?
Odamlar bor odamlarning naqshidir, odamlar bor hayvon undan yaxshidir...

Qayd etilgan


shirin_a  27 Iyun 2010, 10:34:56

Axli forum birodarlarga (albatta javob berishni xoxlaganlar):
 
- Sizningcha odamiylikni o'lchovi qanday? Shaxsan siz uni qanday o'lchaysiz?
Odamlar bor odamlarning naqshidir, odamlar bor hayvon undan yaxshidir...
:as: :3 :3 :3
dindosh haqiqattan bir xil odamlarga qarasez, e`tibor bersez ulardan hayvon afzal deysiz, man eshitgandim yana Alloh bilguvchidur lek qulog`imga chalingandi  kofirla maymunlarga va to`ng`izlarga aylantirilgan dib, Vallohu A`alam...

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyun 2010, 14:31:15

Shohjahon12, Musannif Adham, Habib, Abu Muso, Robiya, Abdulhafiz va futbol bo'yicha JCH-2010ning barcha muxlislariga:

Futbol bo'yicha JCH-2010ning nimchorak finali o'yinlari ham keskinlik bilan yakuniga yetyapti.

1. Chempionat avvalidan qaysi terma jamoaga muxlislik qilgandingiz?

2. Sizningcha, chempionatning eng yaxshi terma jamoasi qaysi?

3. Sizningcha, qaysi terma jamoalar finalda o'ynaydi va kim chempion bo'ladi?

4. Ushbu chempionatda sizni eng quvontirgan xabar yoki hodisa qaysi bo'ldi?

5. Sizningcha, chempionatning
a) eng yaxshi hujumchisi
b) eng yaxshi hakami
c) eng yaxshi darvozaboni
d) eng yaxshi yarim himoyachisi
e) eng yaxshi himoyachisi
f) eng yaxshi ustozi kim?

6. Shu paytgacha o'tkazilgan o'yinlardan sizga eng ma'qul bo'lgani qaysi bo'ldi?

7. Shu paytgacha urilgan gollardan sizga eng ma'qul yoqqani qaysi bo'ldi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyun 2010, 14:43:33

Kapalak opa, Chehmik, Belleqizcha, Registan, HMF, Ruziboyev, Nurillobek, Nodirbek, braupov, javik, Ziyovuddin, shokir va suvga chanqoq barchaga:

Yoz fasli o'zining ziynati bilan, anvoyi ne'matlari bilan birga, suvga bo'lgan ehtiyojimizni-da oshiradi. Shunga ko'ra,

1. a) Siz odatda chanqog'ingizni qoldirish uchun qaysi ichimlikni xush ko'rasiz?
    b) Nima uchun?
    c) Uning foydali jihatlari qanday?
    d) O'z tajribangizga ko'ra, chanqovbosdiga nima ichishni tavsiya etardingiz?

2. Tashqarida jazirama issiq. Transport muammosi tufayli mana shu issiqda mo'l yo'l yurib, xorib keldingiz. Juda chanqagansiz. Shunda nimani ixtiyor qilardingiz? (faqat bittasini tanlang)
  a) suvga oqizib qo'yilgan tarvuz.
  b) olma va rayhon aralashtirilgan muzdek ayron.
  c) ichiga muz kubik tashlangan Coca-Cola yoki boshqa gazli ichimlik.
  d) muzqaymoq
  e) muzdakkina vodoprovod suvi
  f) qaynoq ko'k choy
  g) meva kompotlari
  h) xolodilnikka qo'yilgan ma'danli gazli suv
  i) o'z variantingiz

Qayd etilgan


JaviK  28 Iyun 2010, 14:47:27

Shohjahon12, Musannif Adham, Habib, Abu Muso, Robiya, Abdulhafiz va futbol bo'yicha JCH-2010ning barcha muxlislariga:

Futbol bo'yicha JCH-2010ning nimchorak finali o'yinlari ham keskinlik bilan yakuniga yetyapti.

1. Chempionat avvalidan qaysi terma jamoaga muxlislik qilgandingiz?

2. Sizningcha, chempionatning eng yaxshi terma jamoasi qaysi?

3. Sizningcha, qaysi terma jamoalar finalda o'ynaydi va kim chempion bo'ladi?

4. Ushbu chempionatda sizni eng quvontirgan xabar yoki hodisa qaysi bo'ldi?



1.Portugaliya, Ispaniya, Italiya.

2. Argentina.

3. Argentina Va Braziliya

4. Qit`adoshlarimiz guruh bahsidan chiqqanligi.



6. Shu paytgacha o'tkazilgan o'yinlardan sizga eng ma'qul bo'lgani qaysi bo'ldi?

7. Shu paytgacha urilgan gollardan sizga eng ma'qul yoqqani qaysi bo'ldi?

6. Urugvay Va Koreya o`yini.

7. Koreya Urugvayga urgan gollari.  



Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyun 2010, 15:01:50

AbdulAziz, mahdiyah, Muslima, siddiqa, Hadija, Ziyovuddin va boshqa javob berishni hohlagan forumdoshlar uchun savol:

-Ilk bor sajdaga bosh qo'yganingizni eslay olasizmi va o'shanda nimalarni his qilgansiz(agar siz bo'lmasa).

Yonimdagilarga taqlidan sajdaga bosh qo'yganim qachonligini aniq eslay olmayman.
Lekin mustaqil birinchi o'qigan namozim esimda.
7-8 yosh edim, shekilli, o'shanda, yaqinlarim o'rganqanlari asosida namoz kitobdan duolarni yodlay boshladim. O'sha kitobni haliyam eslayman. Namoz o'qish tartiblari xira fotolar orqali bayon qilingandi.
O'shanda birinchi marta peshin namozini o'qiganman. Qalbimda o'zgacha hayajon, o'zgacha intilish, baxt... Qachon namoz vaqti kirarkin, deya sabrsizlik ila kutganim... Kitobga mo'ralay-mo'ralay 10 rakaatni tugatdim. So'ng tashqariga chiqdim. Dadam, namozimni so'radilar. Men o'qib bo'lganimni aytdim. Shunda dadam tabassum bilan:
- O'g'lim, hali namoz vaqti kirmadi-ku, azon ham aytgani yo'q. Azon aytsin, birga o'qiymiz, - degandilar...
O'sha holat, hatto joynamoz va kitobning rangigacha, dadamning yuzlaridan oqqan tergacha hammasi esimda... O'sha hayajon, o'sha intilish...
Qaniydi hamma namozim o'sha birinchi o'qiganimdek farahli bo'laversa...

Qayd etilgan


JaviK  28 Iyun 2010, 15:02:54

Kapalak opa, Chehmik, Belleqizcha, Registan, HMF, Ruziboyev, Nurillobek, Nodirbek, braupov, javik, Ziyovuddin, shokir va suvga chanqoq barchaga:

Yoz fasli o'zining ziynati bilan, anvoyi ne'matlari bilan birga, suvga bo'lgan ehtiyojimizni-da oshiradi. Shunga ko'ra,

1. a) Siz odatda chanqog'ingizni qoldirish uchun qaysi ichimlikni xush ko'rasiz?
    b) Nima uchun?
    c) Uning foydali jihatlari qanday?
    d) O'z tajribangizga ko'ra, chanqovbosdiga nima ichishni tavsiya etardingiz?


Savvollar uchun rahmat.

1. a) Odatda jaziramada Nestle yoki tabiiy sharbat ichishni. Yo`lim tushub qolsa Ayron olib ketaman uyga.
    b) Menga yoqadi, keyin suv bu hayot manbai.
    c) Foydasi minerallarga boy, har holda koladan ko`ra zararsiz.
    d) Tabiiy mevalardan tayyorlangan sharbatlarni.


Kapalak opa, Chehmik, Belleqizcha, Registan, HMF, Ruziboyev, Nurillobek, Nodirbek, braupov, javik, Ziyovuddin, shokir va suvga chanqoq barchaga:


2. Tashqarida jazirama issiq. Transport muammosi tufayli mana shu issiqda mo'l yo'l yurib, xorib keldingiz. Juda chanqagansiz. Shunda nimani ixtiyor qilardingiz? (faqat bittasini tanlang)
  a) suvga oqizib qo'yilgan tarvuz.
  b) olma va rayhon aralashtirilgan muzdek ayron.
  c) ichiga muz kubik tashlangan Coca-Cola yoki boshqa gazli ichimlik.
  d) muzqaymoq
  e) muzdakkina vodoprovod suvi
  f) qaynoq ko'k choy
  g) meva kompotlari
  h) xolodilnikka qo'yilgan ma'danli gazli suv
  i) o'z variantingiz

 Meva kompotini tanlar edim. :)  

Qayd etilgan


Abu Muso  28 Iyun 2010, 15:03:47

Shohjahon12, Musannif Adham, Habib, Abu Muso, Robiya, Abdulhafiz va futbol bo'yicha JCH-2010ning barcha muxlislariga:

Futbol bo'yicha JCH-2010ning nimchorak finali o'yinlari ham keskinlik bilan yakuniga yetyapti.

1. Chempionat avvalidan qaysi terma jamoaga muxlislik qilgandingiz?

2. Sizningcha, chempionatning eng yaxshi terma jamoasi qaysi?

3. Sizningcha, qaysi terma jamoalar finalda o'ynaydi va kim chempion bo'ladi?


 :as:

Bu uchala savolga ham hech ikkilanmay, Braziliya deb javob beraman...  :D

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyun 2010, 15:04:59

:as: AddulAziz aka, Abu Muso aka. Chustiy aka.  Kapalak opa, Muzayyana opa. Robiya opa. Hadija opa, Siddiqa opa,
Onanggizdan yoki biror yaqininggizdan eshitgan birinchi hadis?

Rasululloh s.a.v. marhamat qiladilar:
"O'zingizga ravo ko'rgan narsani birodaringizga ravo ko'rmaguncha haqiqiy mo'min bo'la olmaysiz"

Mana shu hadisnining matnidagi "ravo ko'rish" jumlasiga o'shanda tushunmagandim. Buvimga buning ma'nosi nima deya, savol berganimda, chiroyli qilib tushuntirib bergandilar.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  28 Iyun 2010, 15:09:23

Shohjahon12, Musannif Adham, Habib, Abu Muso, Robiya, Abdulhafiz va futbol bo'yicha JCH-2010ning barcha muxlislariga:

Futbol bo'yicha JCH-2010ning nimchorak finali o'yinlari ham keskinlik bilan yakuniga yetyapti.

1. Chempionat avvalidan qaysi terma jamoaga muxlislik qilgandingiz?

2. Sizningcha, chempionatning eng yaxshi terma jamoasi qaysi?

3. Sizningcha, qaysi terma jamoalar finalda o'ynaydi va kim chempion bo'ladi?

4. Ushbu chempionatda sizni eng quvontirgan xabar yoki hodisa qaysi bo'ldi?

5. Sizningcha, chempionatning
a) eng yaxshi hujumchisi
b) eng yaxshi hakami
c) eng yaxshi darvozaboni
d) eng yaxshi yarim himoyachisi
e) eng yaxshi himoyachisi
f) eng yaxshi ustozi kim?

6. Shu paytgacha o'tkazilgan o'yinlardan sizga eng ma'qul bo'lgani qaysi bo'ldi?

7. Shu paytgacha urilgan gollardan sizga eng ma'qul yoqqani qaysi bo'ldi?

Savol uchun katta raxmat!
1)   Eng avvalo O’zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilaman. Mashxur qiziqchimiz aytganlaridek, "œJahon chempionatiga chiqib, o’ynamasa ham  mayli, o’sha yerda bitta-bitta morojniy yeb kelsa ham" o’zimizning termamizga muxlislik qilmoqchi edim. Lekin afsuski, terma jamoamiz chiqa olmadi. Men chiroyli o’yin ko’rsatadigan termalarga muxlislik qilaman. Masalan, Chexiya va Germaniya. Chexiya ham yo’q   chempionatda. Shunday ekan, hozir Germaniyaga muxlislik qilyapman. Chunki ushbu  jamoada  Bastian Shvaynshtayger ismli  "œtank" o’ynaydi. Yana Gollandiya ham chakki o’ynamaypti.)
2)   Menimcha, Gollandiya va Germaniya.
3)   Gollandiya va Germaniya. Kim yutishini  oldindan taxmin qilolmasam kerak. Braziliya-Germaniya juftligi o’ynasa ham chiroyli final bo’lardi.
4)   Meni eng quvontirgan xodisa hamyurtimiz Ravshan Ermatovning chempionat ochilish o’yinini boshqarganligi bo’ldi. Olg’a, o’zbekistonliklar!
5)    A) Gonsalo Iguain (Argentina) — Chunki u o’z jamoasi uchun muxim gollarni urib bermoqda.
B) O’z hamyurtim bo’lganligidan emas, haqiqatan ham nafaqat menda balki butun dunyoda iliq taassurot qoldirgan RAVSHAN ERMATOV!
C) Menimcha, hozircha Manuel Noyer (Germaniya);
D) Uesli Sneyder (Gollandiya), Mesut Ozil (Germaniya), Bastian Shvaynshtayger (Germaniya);
E) Lusio (Braziliya) va Filipp Lam (Germaniya);
F) Yoaxim Lyov (Germaniya).
6)  Germaniya-Angliya  va  Ispaniya-Shveysariya o’yinlari  menga yoqqandi.
7) Kuni kecha Argentinalik xujumchi Karlos Tevesning  Meksikaga urga 2-chi goli juda chiroyli chiqdi.

Qayd etilgan