Javob berilmagan savollar:
Usmonga:
Sizningcha iqtisodiy krizisdan chiqishning qanday yo'llari bor?
T.Yusupovga:
Sizningcha, iqtisodiy krizis tufayli O'zbekistonning qaysi sanoat tarmoqlariga jiddiy zarar yetdi?
Ikbaljohnga:
Forumni ko'ngilochar mavzularsiz tasavvur etish mumkinmi?
Sizningcha, ko'ngilochar mavzularning qanday chegaralari mavjud bo'lishi kerak?
Musannif Adhamga:
Ilmni pulga sotishda mukkasiga berilganlarga munosabatingiz?
Diydor opaga:
Shijoat haqida fikringiz? U hozir bizda bormi, yetarlimi?
Uzmusga:
Insoniy muhabbat qachon ibodatga aylanadi?
Muslimaga:
Sizningcha, jomiyatimizning hozirgi muslima qizlariga qanday fazilatlar yetishmaydi?
Fatimaga:
Forum sizni o'zgartirdimi? Agar "Ha" bo'lsa, qanday?
Shohjahon12ga:
Eski forumdoshlardan kimlarni xotirlab turasiz?
Abdurahmonga:
Siz kimdan yoki nimadan qo'rqasiz? (Allohdan qo'rqish, qiyomat kuni, o'lim va h. islomiy qo'rquvdan tshqari)
Dilsoraga:
Forumdan qanday yo'qotgan narsangizni topdingiz?
Chustiyga:
Pazandalik ota kasbmi yoki keyinroq paydo bo'lganmi?
Mashhura:
Siz sevgan va o'zingiz o'shanga o'xshashni orzu qilgan badiiy asar qahramoni kim?
Foniyga:
Deylik, siz uylanyapsiz.
Ikki xil variant bor:
1. O'zingiz topgan shaharlik, muslima qiz.
2. Ota-onangiz topgan qishloqlik oddiy mehnatkash qizi, lekin tarbiyalasa, yaxshi muslima bo'ladi.
Qaysi birini tanlardingiz?
zuhraxonga:
Forumda siz eng hurmat qiladigan erkak va ayol yuserlar kimlar? Nima uchun ularni hurmat qilasiz.
Y_U_R_I_S_Tga savol:
Tasavvur qiling, institutda ishlayotgan paytingizda sizni boshqa davlat organiga ishga taklif qilishdi. Rad etishning iloji yo'q. Siz ishlay boshladingiz. Ish shu darajada ko'pki, boshqa mehnat bilan shug'ullanishga imkon yo'q. Lekin oylik kam... Nima qilardingiz?
Ulug'bek-Uzga savol:
Deylik siz bir shaharliik qizni sevib qoldingiz. U qiz har tomondan o'zingizga mos. Ilmi, farosati ham yetarli. Bir-biringini yaxshi tushunasizlar.
...Qishloqqa bordingiz, shunda onangiz senga bir yaxshi qiz topib qo'ydim, menga har tomonlama yoqdi. Shuni kelin qilmoqchiman, dedilar.
Qanday yo'l tutasiz?
Muslim_4101 ga savol:
forum.ziyouz.com da siz qadrlaydigan, va faqat shu forumga xos uchta jihat qaysi?
The_Alchemistga savol:
Fotogallereyadagi olgan rasmlaringizni ko'rdim.
Dunyoning nechata va qaysi davlatlarida bo'lgansiz?
ORIFga savol:
O'zingiz maza qilib suratga tushirgan 3 ta joy va lavha?