O’G’RILIK VA TO’G’RILIK.
Nima yetsin bu dunyoda
Yashashga to’g’ri bo’lib,
Hech bir banda tug’ilmasdir,
Onadan o’g’ri bo’lib.
Ko’z ochib dunyo ko’rib ul,
Bunga asta qo’l urar,
:Ta’min" tuyib, so’ngra butkul
Bu illatga yuz burar.
O’marishni boshlagaydur
Avval oddiy tuxumni
So’ngra sekin tinchitadur
Yog’, asal to’la xumni.
So’ngra tovuq, xo’roz, qo’chqor"¦
Bir kun yetar xo’kizga,
Shul yo’sinda tushib olar,
Bir zumda "œyaxshi" izga.
Bu shaytoniy hislat uning
Singmasaydi qoniga,
Tegmas erdi hattoki bir
Chumolining doniga.
Ba’zisi der:"Bunga sabab
Menda bir oz yo’qchilik".
Xo’sh, ne sabab ro’kach qilar
Yurtda bo’lsa to’qchilik?
Hamma o’g’ri hayoti ham
O’tmagay bir xil tusda,
Ko’pi o’nglab hayotini,
Tavba qilar afsusda.
Bir voqea soz’lab beray
Senga sh’eriy yo’sinda,
Hech kim senga aytmagan bir
O’g’rilik xususinda.
"¦Qaysidir bir qishloqda yosh
Eru xotin o’rta hol
Yashashardi, bunga sabab
Topishar edi halol.
Kuyov bir oz ishlab topib,
To’lagach to’yning qarzin,
Sog’in sigir xohlab qoldi,
Eshitib xotin arzin.
Ayol qilib ayolligin,
Kunda javrab, ochib jag’,
Eri sho’rlik tinmay topib
To’plashdi bir oz mablag’.
Kam yeb, kamroq ichib, kunda
Orttirganini hammasi,
Bo’g’oz bo’lgan bir sigirga
Yetar bo’ldi chamasi.
Bir kun kech payt kelin asta
Joyni soldi ayvonga,
Kuyov pulni sanab ko’rdi
Yetarmi deb hayvonga.
Barakasin tilab kelin,
O’tirar choy uzatib,
Bu holatni hamsoyasi
Turar edi kuzatib.
Kuyov pulni sanab so’ngra
Bir belboqqa boyladi,
So’ng belbog’ni uyga kirib
Qayergadir joyladi.
Bir oz o’tib, ko’ngli to’lmay
Yostiq tagiga joylar,
Hamsoya ham hamon bedor,
O’marishga payt poylar"¦
Va nihoyat payt keldi deb
Yarmidan oqqanda tun,
Qo’shni "œish"ga kirishdiyu,
Devordan oshdi beun.
Shuncha yillik do’st qo’shni bir
Zumda aylanib yovga,
Astagina yaqin keldi
Yotgan kelin kuyovga.
"œIsh" boshladi har bir nafas,
Xurrakka quloq osib,
"œPishiq"kuyov qotib yotar,
Yostiqni mahkam bosib.
Olish kerak pulni!Tamom!
Bo’lmas uni olmasa,
Nahot buning ilojini
Tonggacha topolmasa?
Xayolidan turli yovuz
Fikr bir-bir o’tardi,
Oxir kelin yonidagi
Beshikni shart ko’tardi.
Ko’zi kelin-kuyovda-yu,
Asta yurdi ketiga,
So’ng beshikni olib bordi
Hovlining bir chetiga.
Beshikda tinch orom olar
Chaqaloq — uch to’rt oylik,
Hamsoyaning hayolidan
Ketmasdi tekin boylik.
So’ngra asta chaqaloqni
Belidan chimchiladi,
U bilardi, shunday qilsa
Kuyov joydan jiladi.
Bola boshlab chinqirishni
Bo’ldi xuddi aytgani,
Avval xotin sakrab turdi
"œVoy, sjo’rom, bola qani?"
So’ngra birdan dod voy solib
Erni siltab uyg’otdi,
Er anglamay ne bo’lganin,
"œchiroyli" bir so’z qotdi.
So’ng chiqarib xotinini,
"œOvsar, jinni yomon"ga
Ikkov birdan otilishdi
Ovoz kelgan tomonga.
Qorong’uda paypaslashib,
Beshiklarin topishdi,
Bu lahzada "œuchar" qo’shni,
"œO’ljasiga" yopishdi.
Aytsam shu payt ne bo’lganin
Hayron qolar har kishi,
Xuddi shu payt birdaniga
Boshlandi yer silkishi!
Hamsoyaning ul holiga
Hatto maymun kuladi,
Ul badfe’lning boshiga bir
Balo — ayvon quladi!
Shum niyatli ul tadbirkor,
Bo’yaldi o’z qoniga,
Yosh oila omon qoldi,
Pul ham qoldi yoniga.
Angladilar keyin ko’rib
Jonsiz qo’shni tanasin,
Ana senga halollig-u,
Haqiqat tantanasin!