uztermbek:
Assalom, ko'rib turibman, siz ham ushbu muaamoga aslo befarq emassiz. Umid qilamizki, boshqa do'stlarimiz ham bu muhokamaga qo'shilishadi va birgalashib biron ishga qo'l ursak bo'ladi.
Ma'lumki, bizda bir ishni boshlash uchun qaysidir yuqori idoraning ko'rsatmasi kerak, o'zidan bilib birov bir tashabbus bilan chiqishi, uni amalga oshirishi kam uchraydi. Tegishli mutasaddilarning bexabarligi bor gap, ammo xabardorlariga ham qandaydir qog'oz kerak shekilli, janoblari sukutdalar. Shunday ko'rsatma chiqsin, ko'rasiz, hamma ommaviy ravishda shu ishga yopishadi. Hukumatning qarorlarini kutib o'tirish esa befoyda, buyog'i yoshlarning qo'lida. Ulardan shu daqiqaning o'zida mingtasi Internetda o'tiribdi, har xil saytlarda yurishibdi. Lekin, shu yuqoridagi narsalar haqida o'ylab ko'rishsa, shunga ko'ra ish ko'rishsa yaxshi bo'lardi.
Ayreks xalqaro tashkilotining IATP, School Connectivity dasturlari tomonidan ko'p ishlar qilingan edi. Ular yoshlarga mustaqil ravishda veb-resurslarni yaratishni o'rgatishdi. Bu saytlar .freenet.uz, .connect.uz domenlarida joylashgan. Ularning ko'pchiligi o'zbek tilida. Hozir esa, unday saytlarni yaratish, boyitish o'z qo'limizda.
Mavzudan biroz chetlashdim, shekilli. Xullas, hozirda o'zimizda mavjud sahifalarning o'zbekcha variantlarini qo'llab-quvvtlash haqida fikrlaringizni bilmoqchi edi.
Rahmat.