Kuni-kecha bir yaxshi oilaning qizini so'rashdi, "sepligi emas epligi kerak" deb. Uylanadigan yigit ham tillo yigit... oraga tushib qizni rosa maqtadim, faqat sepiga hech narsasi yo'q, uchma-uch turmush kechirishadi dedim. Yigit taraf ham qiziq, eng muhim narsalar spalni, idish-tovoq, kiyim-kechak, sandiq, gilam kerak ekan... Yana sepligi emas epligi kerak deganiga nima deysiz.
Oriyatli yigitlarimiz sepdan va boshqa siylovlardan bosh tortishar, lekin ayollardan oshib o'tish qiyin. Hozir hammaning qudasi Mirzakarimboy bo'lib ketgan.
Afsus, ertak qahramoni Zumradday qizlarimiz ikkinchi darajaga tushib qolgan.