* * *
Abdulloh ibn Jahsh turli joylarga bordi, ko‘p odamlar bilan muloqotda bo‘ldi. Nihoyat, u ham xristianlikka kirdi. Bu din uning qalbiga huzur va osoyishtalik bag‘ishladi. Abdulloh qidirgan narsasini topganiga ishonchi komil edi. Yana Makkaga qaytdi va u yerda tinch hayot kechira boshladi.
* * *
Zayd o‘rtoqlari bilan xayrlashib, uyiga kelgach, maqsadini avval xotini Safiyyaga bildirdi. Hadromiyning qizi Safiyya bundan sira xursand bo‘lmadi. Erini juda yaxshi ko‘rardi. Yaxshi xulqli, pokiza va suyukli inson edi. Kelishgan, basavlat bir kishi edi. Uzoq vaqt undan ayrilishini hech ham xohlamadi.
— Ketma, Zayd, shu yerda yonimda qol, sensiz turolmayman, — dedi.
Ammo Zaydning ahdi qat’iy edi. Bu shunchaki aytilgan gap emas, ko‘nglining tubtubigacha singib ketgan dunyoqarash edi. Erxotin hech kelisha olmadilar. Zayd ketish fikridan bir daqiqaga bo‘lsada, qaytmadi. Safiyya ketkizmayman, deb o‘jarlik qilib turib oldi. Zayd Safiyya ko‘rsatgan hamma vajlarni sabrtoqat bilan tingladi, uni ko‘ndirishga urindi, keyin:
— Ammo men, albatta, haq dinni topishim kerak. Bu yo‘lda har kanday og‘irchilikka, yo‘kotishlarga ham tayyorman, — dedi.
— Xo‘p, biz sensiz nima qilamiz? Zayd o‘g‘liga ishora qildi:
— Mana, Said. Bolamni bag‘ringga bosib, o‘zingni ovutarsan.
Kelajakda lsannat xushxabarini hayotlik chog‘idayoq oladigan bu kichkina bola «Asharayi mubashshara»dan (iayg‘ambarimiz jannati bo‘lganliklaridan xushxabar bergan o‘n kishidan) biri bo‘lgan Said ibn Zayd hazratlari edi.
Biroq bu bahona Safiyyani ishontirolmadi.
— Aytishga oson. Lekin ayol uchun erining o‘rni boshqa, o‘g‘ilning o‘rni boshqa. Bahstortishuvlar shu tarzda cho‘zilib ketdi, Zayd xotinini hech ko‘ndirolmadi. Oxiri, u rozi bo‘lmasa ham, yo‘lga chiqishga qaror berdi. Safiyya ham, o‘z navbatida, uni qanday qilib bo‘lsada, olib qolishga qat’iy kirishdi. Nixoyat, axvolni Zaydning amakisi Xattobga gapirib berdi. Xattob Zaydga pandnasihat qildi, do‘q urdi. Haq din haqidagi xomxayolni miyangdan chiqarib tashla, deb qattiq ogohlantirdi. Xattob Zaydning xam amakisi, ham akasi edi. Zaydning bobosi Nufayl o‘lganida, orqasidan ikki o‘g‘il va xotini qolgan edi. Biri oldingi xotinining o‘g‘li Amr, ikkinchisi endi beva qolgan xotinidan tug‘ilgan Xattob. Nufaylning ta’ziyasi kuni g‘alati hodisa ro‘y berdi. Azaga kelgan xotinlar dod solib yig‘lar edilar. Arab odatlariga ko‘ra, yaxshi xislatlari ta’rif etilgan marsiyalar o‘qilardi. Shu payt Nufaylning o‘g‘li pusib borib, bir xoiaga kirdi. Chapga, o‘ngga alangladi. Hech kimning u bilan ishi yo‘qligidan foydalanib, bir zumda qo‘ynidan chiqargan ro‘molni o‘gay onasining boshiga yopdi.
Ayol bir sapchib tushdi. Biroq endi bo‘lar ish bo‘lgan, ro‘mol boshiga yopilgan edi. Bundan buyon Amr o‘gay onasining yakka xo‘jayini bo‘lish huquqini qo‘lga kiritgan edi. Istasa unga o‘zi uylanadi, istasa, boshqa birovga sotib yuboradi. Chirkin, ammo keng tarqalgan odat edi bu. Eri o‘lgan xotin marhumning janozasi o‘qilayotganida aza tutsinmi yoki erining yaqin qarindoshlaridan biri to‘satdan boshiga yoiadigan ro‘moldan saqlanish yo‘llari haqida bosh qotirsinmi? Boshiga og‘ir kulfat tushgan ayol yo butun dardini unutib, faqat shu haqdagina o‘ylashi va ovlanishdan qutulishi, yo boshiga tushadigan ishga rozi bo‘lishi, ikki yo‘ldan birini tanlashi kerak edi. Uchinchi yo‘l yo‘q edi.
Marxum uydan olib chiqib ketilgach, ov muddati tugardi. Amr ugay onasining boshiga ro‘mol yopish orqali egalik huquqini qo‘lga kiritgach, uni birovlarning ixtiyoriga topnshrib qo‘yish niyatida emasligini ochiqoydin bildirgan edi. O’ziga ma’qul bo‘lgan paytda unga uylandi. Bu nikohdan Zayd ismli bir o‘g‘il dunyoga keldi.
Zayd ulg‘aygach, qavmining bu ahmoqona odatlariga qarshi qalbida jirkanish hissi uyg‘onganini his etdi. Toshlarga, daraxtlarga tangri deya sig‘inishning bema’niligini angladi. Bunday xattiharakatlar noto‘g‘riligini aytishdan tap tortmadi. Ammo bu yo‘lda ilk bor unga qarshi chiqqan odam ham amakisi, ham onasi bir aka bo‘lgan Xattob edi. Zayd Xattobdan rosa kaltak yedi.
Shundan keyin Safiyya har safar Zaydning yo‘lga tayyorgarlik ko‘rayotganini sezdi deguncha, Xattobga xabar jo‘natar, masala shu bilan hal bo‘lar edi. Ammo bir kuni kslib bu choratadbirlar ham foyda bermay qo‘ydi. Erta tongda o‘zini bir ishni nazorat qilish uchun chiqib ketayotgandek ko‘rsatgan Zayd kechqurun uyiga qaytmadi. Safiyya o‘g‘li Said bilan uning orqasidan qon yig‘lab qoldi.