Allohim, Haq yo'qlida Sobit turgan musulmon muslim va muslimalaringni ushbu yo'lingdan adashtirma va shu yo'lingda sobit va qoyim qadam qil. Robbim, rizoligingni istab faqat O'zinggagina intiluvchi bu qalblarni yolg'iz O'zing iymon ila nurlantir va islom uchun keng qilgin. Zohiran va botinan yolg'iz O'zinggagina taqvo qilguvchilardan Qil. Robbim, Sani yo'lingda yurmoqlik istagan, ammo bandalaring zulmidan zulm ko'rib, nafs bilan kurash olib borayotgan mo'min va mo'minalaringga O'zing madadkor bo'l va O'zingni sevguvchi Haq yo'lingda yurguvchi bandalaring bilan qilgin Robbim...
Adashgan, nokas, gunohkor, munofiq, kofur bandalaringdan qilmagin va bilib-bilmay ulardek bo'lib qolishdan O'zing asra panoh ber.
Allohim barchasi senga oson barcha ish Saning izming ostida Ilohim huzuringga Pok iymon, chin ixlos, hayitli amallar va sof fitrat sohibalari bo'lgan holatimizda bormoqlikni nasib et!!!
P.S: Hurmatli, Abdujjabor, sizni postlaringizni o'qib, shayh bilan bo'lgan uchrashuv ko'z oldimga birma-bir keldi. O'shandagi najot kutishlik o'shandagi iltifotni esladim. Allohim sizdan rozi bo'lsin, Ilohim dini uchun haqiqat uchun kurashadiganlar hamisha bor bo'lsin.