O’sha kunning choshgohida haramga bordim. Yoz vaqti... Odam oz... Alloh orzu qilgan narsalarimni ro‘yobga chiqardi. Bolam bilan Ka’baning oldida turdim. Lekin men erim uchun duo qila olmadim, chunki men yig‘lardim, hatto ko‘p yig‘laganimdan yuragim urishdan to‘xtab qolay dedi.
Ertangi kun...
Inshaalloh, bugun vidolashuv tavofini qilamiz va bu Muqaddas yerni tark etamiz... Vidolashuv tavofidan keyin safarga hozirlik ko‘rish uchun haramdan qaytib keldik.
- Qo‘lingizdagi nima?- dedim.
- Bu Ibn Rajabning "œJomi’ul ulumi val-hikam" nomli kitobi. Bu Ibnul Qayyumning "œAlvobilus-sayyib" kitobi, bu ham Ibnul Qayyumning "œZodul-ma’od fi hadyi xoyril ibaad" kitobi, bu "œAl javobul kafiy liman saala anid-davoish shofiy" kitobi va mana bu esa kichik hajmdagi Qur’oni Karim. U endi hecham cho‘ntagimdan ayrilmaydi. Ey azizam, bular Oxiratga olib boradigan yo‘ldagi belgilar. Keyin chamadonlarni ko‘targan holda ushbu duoni takrorlay boshladi:
"œParvardigorim, meni va avlod-zurriyotimni namozni to‘kis ado etguvchi qilgil. Parvardigoro, duoimni qabul ayla. Parvardigoro, hisob-kitob qilinadigan (Qiyomat) kuni meni, ota-onamni va (barcha) mo‘minlarni, mag‘firat qilgil". ("Ibrohim"- 40,41).