ENG QARI BO‘YDOQ
Yigitlarga uylanish, qizlarga turmushga chiqish hayotning abadiy qonuni va buni hech kim rad etolmaydi. Ana shu qonuniyat mavjud ekan, yer yuzida hayot davom etadi. Ammo odamlar orasida uylanmagan va turmushga chiqmaganlari ham uchrab turadi.
Ukrainalik Grigoriy Nestor shu toifaga mansub. Biror marta ham uylanmagan bu kishini ko‘rsangiz, quvnoq, tetik, qo‘shiq aytishni xush ko‘radi, chekmaydi, ichmaydi, vaqtida ovqatlanish va dam olish uning doimiy shiori.
Shunday qilib, Grigoriyga Xudo umr bermoqda. Tanish-bilishlari qari bo‘ydoqning uzoq umr ko‘rishi haqida so‘rasalar, u bitta haqiqatni ochiqdan-ochiq tan oladi: «Agar uylanganimda edi, er-xotinlar orasida bo‘ladigan janjal va mojarolardan men ham xoli bo‘lmas edim. Xotin kishining «ming‘ir-ming‘iri» ko‘pligini tengqurlarimdan ko‘p eshitÂganman. Uylangan, bola-chaqali bo‘lganimda, ehtimol, men bu yorug‘ olamni allaÂqachon tark etgan bo‘larmidim. Ko‘rib turganingizdek, bo‘yÂdoqligim uchun hamon tirikÂman».
Qari bo‘ydoqning falsafasini kim qanday qabul qilar ekan?