"O'Z JONIGA QASD QILISH MAMLAKATI" - KOREYA!
"Bizni tark etishdan avval bizga albatta qo'ng'iroq qiling" (Shvetsiya).
"Siz yolg'iz emassiz. Qachon bo'lmasin qo'ng'iroq qiling" (Germaniya).
Dunyoning har bir burchagidagi joniga qasd qilishning oldini olish jamiyatlari shu mazmundagi dasturlarini ommaviy axborot vositalari orqali ma'lum qilib boradi.O'z joniga qasd qilishni maqsad qilgan odam nima bo'lishidan qa'tiy nazar vujudiga ozor yetkazishi aniq.Ammo shunday bo'lsa-da, mutaxassislarning fikrlariga ko'ra, ularda zig'richa bo'lsa ham "o'limni xoxlamaslik xissiyoti" bo'lar ekan.
Jahon Sog'liqni Saqlash tashkiloti ma'lumotlariga tayanadigan bo'lsak, 2000 -yilda jahon bo'yicha 1,000,000 odam o'z joniga qasd qilgan. Bu har 40 sekundda 1 odam nafas olishdan to'xtadi,deganidir. Shuningdek, o'z joniga qasd qilish bo'yicha aholisi ko'p mamlakatlar - Xitoy va Xindiston yetakchilikni egallashdi. Bu ikki mamlakat butun dunyo miqyosida 30 % ini band etishdi.Hududlar bo'yicha bo'ladigan bo'lsak, Sharqiy Yevropa mamlakatlarida o'z joniga qasd qilish darajasi juda yuqori. Ayniqsa, Vengriya uzoq yillar "Buyuk o'z joniga qasd qilish mamlakati" "maqomi"ga ega bo'lib keldi.Vengriyada 1990 yillarda har yili 100,000 dan 47 nafari o'z joniga qasd qilgan. Mutaxasisslar fikricha, Koreya ham Vengriyaning o'sha paytdagi darajasiga yaqinlashib qoldi. Bu yerda 1995 yilda har 100,000dan 11,8 nafari o'z joniga qasd qilgan bo'lsa, 2005 yilga kelib bu ko'rsatkich 26,1 nafarga yetib qoldi.G'arbiy Yevropa mamlakatlarida 1980-1990 yillar mobaynida yuqoridagi holat 30%ga qisqardi. Akincha, Koreyada 2005 yilning o'zida 102,000 nafar kishi o'z joniga qasd qilib, Koreyani "O'z joniga qasd qiladiganlar mamlakatlar" ro'yhatidagi "fahrli" 4-o'ringa chiqarib qo'ydi.Hozirga qadar dunyo mutaxasisslari Koreyaning "O'z joniga qasd qilish sababi va oqibatlari" haqida ham xavotir, ham qiziqish bilan tadqiqotlarni davom ettirmoqdalar.
(Koreyaning "Kyomin Ilbo" gazetasi, 2007 yil 31 yanvar sonidan Otabek Yo'ldoshev tarjimasi)