Qo’ziqorinli, tovuqli qovurmaMen qo’ziqorin olganimda asosan bu ovqatni tayyorlayman. Qo’ziqorin bilan tovuq bir-biriga juda yarashadi. Ahar tovuq go’shti yo’q bo’lsa qiyma solishingiz ham mumkin. Lekin tovuqli yanayam mazali bo’ladi
Masalliqlar: 1. 300-400 gr tovuq go’shti- go’shtni qovurmalardagiday kubik shaklida to’g’rang.
2. 1 dona piyoz -maydalab to’graladi
3. 4 dona yashil yoki qizil bolgarskiy-maydalab to’g’raladi
4. 1 dona sabzi- maydalab to’g’raladi
5. 3 qoshiq salat yog’i yoki saryog’
6. 300 gr qo’ziqorin- qo’ziqorinni tepadan-pastga qarab to’g’rasangiz shakli chşroyli bo’ladi.
7. Agar bor bo’lsa pomidor soling, bo’lmasa ham bo’laveradi. Maydalab to’g’raladi.
8. Tuz, murch, jambil
Tayyorlanishi: Qozonga yog’ni solib, piyozni 3-4 daqiqa qovuring. Keyin tovuq go’shtini pushti rangga kirguncha qovuring. Sabzini solib 5-6 daqiqa qovuring. Keyin bolgarskiyni, pomidor va qo’ziqorinni solib qovuring. 3-4 daqiqadan keyin ko’rasiz, qo’ziqorinni suvi chiqadi, shuning uchun suv solishga hojat qolmaydi. Tuz, jambil va murchni solib, qozonni qopqog’ini qiya ochiq qoldiring. 2-3 daqiqada bir aralashtirib turing.
15 daqiqalardan keyin ovqat tayyor bo’ladi. Bu 4 kishiga mo’ljallangan. Kishi soniga qarab masalliqni kamaytirib yoki ko’paytirishingiz mumkin. Osh bo’lsin.