Assalamu alaykum.
Forumni jang maydoniga aylantirib yuboribsizlar-ku...
Bu nimasi, axir. Sizlar forumga nima uchun kirasizlar,o'zi...
Axir bu yerni bunchalik holatga yetkazish uchun qancha insonlar mehnati,vaqti, ko'z nuri sarf bo'lgan. Bularni hurmati bo'lmasa, hech bo'lmaganda o'zingizni vaqtingizga achinsangiz-chi...Astag'firulloh...Hali bu forumda bunaqa ishlar hech bo'lmagandi...
Ali Rizo Bek,g'azabga bunchalik berilmang. U latifangizni men ham o'qiganman. Hamma narsani chegarasi bor. Shu jumladan hazilni ham. Bu chegarani bilib, shunga amal qilganingiz yaxshiroq edi. Agar boshqa userlarni xatolari tyfayli ban qilinmagan bo'lishsa, ular forumda oddiy a'zo edi, qolaversa ularni ilmi yo'q, balki shu yerga kirib har xil postlarni o'qib turishsa o'z yo'llarini topishadi, deb umid qilingan. Sizni esa forumda o'rningiz katta, siz boshqalarga o'rnak bo'lishingiz lozim edi. Bu meni fikrim....
G'ayrat17 Siz nima uchun doimo shunaqa odamni jig'iga tegadigan postlar qoldirasiz. Forumda qiladigan boshqa ishingiz yo'qmi? Yoki vaqtingiz shunaqa ko'pmi? Biror bir foydali ish bilan shug'ullansangiz bo'lmaydimi?
Mahzunabonu Siz bunaqa latifani boshqa joyda qoldirgan bo'lsangiz, bu yerda ham qoldirsa bo'ladi degan gap emas... Yuqorida aytgannimdek hamma narsani chegarasi bor. Hazilni ham...Chegaradan chiqish shunaqa oqibatlarga olib keladi...Keyin yana bir gap, bu yerda hech kim Adminga bir-biridan shkoyat qilmaydi. Qilmagan ham. Bu paytgacha bunaqa ishlar shikoyat qilishlar bu forumda bo'lmagan. Bundan keyin ham bo'lmaydi,inshaalloh. Men shu latifalar bo'limiga kirib iloji boricha inosnni shaxsiyatiga tegadigan hamma postlarni o'chirib tashlayman. Iloji bo'lsa, umuman yopib tashlashga harakat qilaman. Chunki bunday fitna chiqaradigan Mavzularni bo'lmagani yaxshi....
Sizlardan iltimos, bir-birlarimizni jahlimiz chiqib, g'azabga minganimizda olovga o'tin qalamasdan, uni tinchlantirishga harkat qilaylik. Bu forumga ilm uchun kiramizmi, shu oqlaylik. Har bir vaqtni hisobi borligini umutmaylik...
Postlaringizni o'chirib tashladim. Rozi bo'lasizlar va gaplarim uchun hafa bo'lmaysizlar, degan umiddaman. Alloh barchamizni mag'firat qilsin. Amiyyn!!!