Bundan tashqari, Oysha (radiyallahu ‘anhaa) ni ham yoddan ko’tarmaylik. Hatto payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam) ning eng buyuk hamrohlari ham hadis bilimlarini shulardan olishgan. O’sha davrdagi ayollar bo’lsa ayollar masalalari xususida ulardan(Oysha onamizdan) ko’p narsa o’rganganlar.
Ishonchim komilki, onam - unga Allohning rahmati yog’ilsin - meni o’qishga, bilim olishga undab, menga juda katta yordam ko’rsatgan. Allohning o’zi uning oxiratini obod qilib, menga qilgan yaxshiliklari uchun unga mukofotlarning eng buyugini in’om etsin.
Yana ishonch bilan aytamanki, yaxshiliklarga, mehr-muhabbatga va to’g’ri islomiy tarbiyaga boy bo’lgan honadonlarni odam uchun ta’siri katta. Allohning xohishi bilan u, xoh bilim olish, savdo-sotiq yoki boshqa yo’l bilan tirikchilik qilish orqali istagan masalasida omadi chopadi. Shuning uchun men faqat Allohdangina bizga omad berishini va O’zi uchun ma’qul bo’lgan yo’lga boshlashini so’rayman. Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam), ularning oilalari, hamrohlari va ergashuvchilariga Allohning marhamatlari yog’ilsin.