Istihoza hayz va nifos man’ qilgan amallarning hech birini man’ qilmaydi va g‘usl qilish ham vojib bo‘lmaydi, tahorat qilib ibodatda davom etaveradi. Agar bilmasdan istihoza qonini hayz deb namoz va ro‘zani qazo qilsa, istihoza ekanligi ma’lum bo‘lgandan so‘ng, namozning qazosini o‘qimoq va ro‘zaning qazosini tutmoq lozim bo‘ladi.
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam barcha ummatni ilm olishga buyurib, quyidagidagicha marhamat qilganlar: "œIlmni talab qilmoq barcha musulmon erkak va ayolga farzdir". "œTanbehul g‘ofilin"da bu hadis kifoya miqdorigacha ilm o‘qimoq farz deb sharhlangan. Chunki hamma ham oliy darajada ilm olishga muyassar bo‘lmaydi. Shuning uchun zaruriy ilmlarni, ya’ni iymon, namoz, ro‘za, zakot, ushr, haj, halol va harom, ota-ona haqqi, farzand tarbiyasi, oilaviy muomala va boshqa zaruriy amallarning ilmini bilish har bir mo‘’min va mo‘’minaga shart va zarurdir.
Xususan, erkaklar mazkur ilmlar bilan birga, hayz, nifos va istihoza ilmlarini chuqur bilib, o‘z ahli xonadonlariga bildirmoqlari hayotiy zaruratdir. Chunki ahli ayoli bu bilimlardan bexabar bo‘lsa, eridan o‘rganmog‘i qulay va bemaloldir. Xijolat va uyalishga o‘rin qolmaydi. O‘z navbatida onalar o‘z qizlariga bu muhim ilmlarni bildirishlari kerak.