Nemis mutafakkiri Vilgelm Gumbold "œAgar nemis xalqi yo‘qolib ketsa, xalq ruhi, tarixi, qadriyatlari o‘sha tilda yaratilgan asarlarida yashaydi", degan ekan. Ana shu tilda 200 dan ortiq sheva bo‘lib, adabiy nemis tili uning asosiy vositasi hisoblanadi. Abdulla Avloniy ham milliy tildan ayrilish — millat ruhini yo‘qotish bilan barobar, deb ta’kidlagan. Demak, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkur ifodasi bo‘lgan tilimizni avaylab-asrashimiz, erkin rivojlanishi, boyib borishiga imkon yaratishimiz kerak.
Mashhur avar shoiri Rasul Hamzatov o‘zining til ha-qidagi she’rida ona tiliga Iso Masihdek insonni tiriltirish qudratiga ega, deb baho beradi.
Xo‘sh, milliy ong va tafakkur ramzi hisoblanmish ona tilini qanday rivojlantirish, boyitish, va alaloqibat, saqlab qolish mumkin?!
To‘g‘ri, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga qariyb 20 yil bo‘layotir. Shu davr mobaynida, Xudoga shukrkim, bu borada bir qator yutuqlarga erishildi, idoralararo rasmiy yozishmalar endilikda qariyb (ba’zan hozir ham ruscha xatlar uchrab turadi) o‘zbek tilida yuritilmoqda. Bu til ulkan minbarlarda ham salobat bilan yangramoqda. Bu har bir millatdoshimizda iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi. Bu bor gap! Ammo bizni tashvishga solayotgan hollar ham oz emas.
Tabiiyki, tilimizning istiqboli kelajagimiz bo‘lmish yoshlar hayoti bilan bevosita bog‘liq. Yoshlarimiz hayoti esa qusurlarga bisyor. Ular, eng avvalo, nafaqat tilga, hatto kitob o‘qishga ham ixtiyorsizdirlar. Ular dastlab kitob bilan xayrlashib, kinoga, televizorga oshno tutindilar, hozir deyarli ularni ham tashlab, komputerga, internetli telefonlarga mukkasidan tushgan. To‘g‘ri, ularni bilish, shug‘ullanish kerak! Ammo til va kitobni unutish hisobiga emas!
"œO‘tgan kunlar", "œKecha va kunduz", "œDiyonat" asarlaridagi o‘zbek tilining ichki bir go‘zalligi, mahobati, sehri, maftunkor jilolaridan bebahra o‘zbekni o‘zbek deb bo‘ladimi? Har qanday kino, spektakl yoxud ma’ruza badiiy kitobchalik o‘zbek tilining go‘zalligini ko‘rsata olmaydi. Shu tufayli bolalarimizga kitobni sevish ilmini ham o‘rgatishimiz kerak. Buning uchun katta qonun va qoidalar qabul qilish shart emas. Buning uchun millatni sevish, uning tilidan lazzatlana bilish kerak! Kitob esa ilmga o‘rgatuvchi eng bebaho manbadir.
"œO‘g‘lim yoki qizim kitob-ga qaramaydi, uyda ham bir-biri bilan o‘rischa gaplashadi, biz o‘zimiz o‘rischada qiynalganimiz uchun ular-ning bu tilda ravon gapirishini ko‘rib, juda quvonganmiz, keyin bilsak, bu noto‘g‘ri yo‘l ekan. Endi ularni bu yo‘ldan qaytarish qiyin bo‘layapti. Kelajakda ularning taqdiri nima bo‘ladi?"
Bu 10-15 yil ilgari (ba’zida hozir ham) O‘zbekistondagi shaharlarda yashovchi aksariyat oilalarning kundalik gapi edi. Bu gap oilalardan chiqib, katta-katta minbarlarda yangradi, gazeta va televideniyening kundalik tashvishiga aylandi. Juda katta sa’y-harakatlar tufayli, harqalay, katta fojianing oldi olinganday boldi. Biroq bu bilan tashvishlar tugamadi.
Yaqinda Nyu Jersidagi o‘zbeklardan biri nolib qoldi:
— Bizni ota-onalarimiz qattiq tergarmidi yoki o‘zimizda mehr kuchli bo‘lganmi, har qalay, chet ellarda yashasak ham o‘zbek tilini yaxshi bilardik, vaholanki, biz bu tilda faqat oilada gaplashardik. Garchand alifbosi boshqa bo‘lsa-da o‘zbek tilida kitoblar o‘qirdik. Ammo til masalasida farzandlarimizga o‘rnak bo‘lolmayapmiz. Ular ona tillarida deyarli gaplashmaydilar. Bu juda xatarli fojiadir.
Darhaqiqat, bu ulkan kulfatdir. Nahotki, Navoiyning, Ogahiyning, Boburmirzo, Furqat, Qodiriyning avlodlari o‘z bobokalonlarining asarlarini o‘qiy olmasalar? Nafaqat o‘qiy olishmasa, balki tushunmasalar? Gaplasha olmasalar? Bu millatning parokandaligi emasmi? Millatning tanazzuli emasmi? Vatanim, millatim, o‘zbek xalqi deb ko‘kragiga mushtlaganlar qani? Shu el, shu elatning kelajagi deb jonidan kechganlar ruhlarining chinqirig‘i Sizni bezovta qilmaydimi? Ko‘zingizni ko‘r, oyog‘ingizni shol etmaydimi?
Bugun Amerikada va umuman xorijda yashayotgan o‘zbeklarning oldida ham ana shunday beyechim muammolar turibdi. Biz bu muammoni nega beyechim deb aytayapmiz. Negaki bu bitta odamning yoki bitta oilaning hal qiladigan muammosi emas. Bu katta davra va anjumanlarda, rasmiy va norasmiy minbarlarda, qolaversa, davlat miqyosida hal etiladigan masaladir. Kerak bo‘lsa bu O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxona-larining ham birlamchi vazifasidir.
— O‘zbeklar do‘rji bo‘lib yashayotgan joylarda maktab dasturlariga ona tilini o‘rganishni ham kiritish kerak, — deydi ancha yildan buyon AQShda yashayotgan asli buxorolik Rahmat aka. — O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi balki xorijdagi bolalarni o‘zbek tiliga o‘qitish dasturlari, darsliklari ishlab chiqsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.
— Balki buni parlament darajasida hal etish kerakdir,- deydi yana bir suhbatdoshimiz asli jizzaxlik Shavkatjon Rajabov. — Ehtimol, ushbu yo‘nalishda qonun ham qabul qilinar. Axir, farzandlarimizni kelajagimiz, deymiz. Kelajagimiz haqida gap ketar ekan, u hamisha va har qanday sharoitda masalalarning eng oldingi qatorida turishi kerak! Mening ham ikki nafar farzandim bog‘chaga qatnaydi, hademay ular ingliz tilidagi maktabga borishadi. O‘zbek tilini bilish boshqa, o‘zbekcha adabiyotlarni erkin o‘qiy olish boshqa. Men farzandlarimning chala o‘zbek bo‘lib qolishini xohlamayman.
Shavkatning bu gaplarini eshitib, Abdulla Oripovning bir she’ri yodimga tushdi.
Ming yildirki, bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha
Ona tilim sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.
Tor‘tilikdagi holatdan Xudo asrasin! O‘z farzandingning ona tilida gapirishdan qiynalib, fikrini boshqa zabonda tushuntirishga urina-yotnligini ko‘rish azobini hech kimning boshiga solmasin! Til bilgan yaxshi, ammo bu ona tilini xo‘rlash, oyoqosti qilish evaziga bo‘lmasligi kerak!
Bir qo‘shnim bor. Ba’zida (aniqrog‘i, kayfi oshganda) "œyorilib qoladi". Xotinini yomonlaydi, farzandlaridan noliydi.
— Bolalarim o‘zbek tilida gapirolmaydi, — deydi u. — Ularga o‘zbekchalab gapirsam, ayolim meni koyiy-di. Siz tufayli men bog‘cha opasidan gap eshitayapman, u bog‘chada ham ba’zi o‘zbek so‘zlarini ishlatib yuborayotgan ekan, yer yorilmadi — kirib ketmadim. Bu ni-ma qilganingiz, bolalarni chalg‘itmang, o‘rganar o‘sha qoloq, hech kimga kerak bo‘lmagan tilingizni. Axir, "œtilsizlik"dan o‘zimiz qancha qiynaldik, deydi. Kecha kichkinamni yonimga olib, tushuntirmoqchi bo‘lsam, "œdada, I’m sorry" deb jo‘navordi. E, sening "œsorry"ngga"¦ dedim, kechiring desang churrang tushib qoladimi?
Www.Vatandosh.uz