Va alaykum assalom Masturaxon!
Kitob o'qishga sarflangan vaqt bo'sh vaqt emas. Chunki siz kitobdan ilm o'rganasiz. Hadislardan aytilganidek, 1 soatlik ilm bir kechalik ibodatdan a'loroqdir. Muttasil kitob o'qish toliqtirishi mumkin. Lekin ma'lum reja asosida o'qib, yana boshqa ishlarga ulgursangiz aslo toliqtirmaydi.
Ha, ziyouz forumidan men ma'naviy ozuqa olaman, ayniqsa, muslima birodarlarim bilan suhbatlashib ko'nglim tog'dek ko'tariladi.