Xabarda kelibdurki, kishi ahli ayolidin qochsa, xo‘jasidin qochgan qulg‘a o‘xshashdurki, to farzandlari qoshig‘a kelmaguncha, namozi va ro‘zasi qabul bo‘lmas.
Hosili kalom ulki, har kishida bir nafs bordur. Kishikim o‘z nafsi uhdasidan chiqolmasa, yana birovning uhdasidin chiqmoqg‘a jur’at qilmag‘ay.
Bir buzurgdan so‘radilarki: «Nima uchun xotin olmassen?» Ul buzurg aytdi: «Bu oyatdan qo‘rqarmen, qavluhu taolo:
«Va lahunna mislul-laziy alayhinna bil-ma’ruf». (Baqara, 228).
Ya’ni, erlarning xotinlari ustida haqlari bo‘lg‘onga o‘xshash, xotinlarning ham erlari ustida haklari bordir. Alarga yaxshiliq va xush muomala bilan umr kechirishlari lozimdur.
Hikoyatda Ibrohim Adham dedikim, «Nechuk xotin olg‘aymenkim, bir xotinni o‘zimg‘a g‘olib qilmoqg‘a hojatim yo‘qtur».
Uchinchi ofat ulki, dil ayol ahli nafaqasi va ehtiyoji andishasida g‘arq bo‘lur, Haq taologa zikr aytmoq(qa), oxirat va qiyomatning zodi rohini qilmoqg‘a mone’ bo‘lur va har nimarsaiki seni haq taoloning zikridan g‘ofil qilur, halokingga sabab o‘sha narsadur. Ushbu ma’noda Haq subhonahu va taolo kalomi majidida xabar berur. Qavluhu taolo:
«Yo, ayyuhallaziyna omanuu, lo tulhikum amvolukum va lo avlodukum an zikrilloh va man yaf’al zolika fa uvloikahumul hasirina». (Munofiqun, 9).
Oyatning tafsiri: «Ey, iymon kelturganlar, na mol-dunyolaringiz, na bola-chaqalaringiz sizlarni Ollohning zikridan beparvo qoldirmasin va beparvolar zarar ko‘ruvchilardir».
Har kishig‘aki, ahli ayoli Haq taoloning zikriga mone’lik qilmasa, xotin olmog‘i yaxshiroqdir.
Agar Haq taoloning zikridan g‘ofil qolmoqtsan qo‘rqsa, xotin olmagani yaxshiroqtsur. Kim halol nafaqaga qodir bo‘lsa, xalqg‘a shafqat va marhamat qilmoqg‘a emin bo‘lsa va xotin olmog‘i Haq taologa zikr etmoqg‘a mone’ bo‘lmasa, bu nav’ kishiga xotin olmoq hammadan yaxshirokdir.