Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 484140 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:55:26

56-bob.

Olloh taoloning qavli: «Hunayn kuni ko‘p erkanligingiz sizlarni mag‘rur qilib qo‘ydi, ammo sanog‘ingizning ko‘pligi sizlarni falokatdan qutqarib qololmadi, sizlarga keng yer tor bo‘lib, orqaga qarab chekindingizlar. Keyin, Olloh taolo hotirjamlik nozil qildi... («... kechiruvchi rahimdil zotdur» degan qavligacha)».

Ismoil ibn Abu Xolid bunday deydilar: «Men Abdulloh ibn Abu Avfonning qo‘llarida jarohat o‘rnini ko‘rdim. Shunda u kishi Janob Rasululloh birlan birga Hunayn g‘azotida bo‘lganlarida jarohatlanganliklarini aytdilar. «Hunaynda ishtirok qilganmisiz?»~desam, «Undan ilgarigi janglarda ham qatnashganman»,~dedilar.

Barro raziyallohu anhudan naql qilinadi: Bir odam u kishidan: «Sizlar Hunaynda chekinganmisizlar?»    deb    so‘radi.    Barro:    «Men    guvoxlik    beramanki,    Rasululloh chekinmaganlar, lekin lashkarning oldingi qismi ilgarilab ketib qolib, Havozan mushriklari ularni ota boshlagandi. Abu sufyon Janob Rasulullohning Bayzo nomli xachirlarininig jilovidan ushlab borar, ul zot ersalar: «Men payg‘ambarman, yolg‘onchi ermasman, men Abdulmuttalibning o‘g‘liman!»— der erdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:55:35

Abu Ishoq rivoyat qiladilar: «Qays qabilasidan bir kishi Barrodan:«Hunaynda Janob Rasulullohni tashlab qochdilaringizmi?» o‘ljalardan bergaymiz»,— dedilar. Ko‘pchilik Rasulullohning avvalgi takliflariga rozi erkanligini bildirdi. Rasululloh: «Bu yerda qaysilaringiz rozi-yu, qaysilaringiz norozi erkanligingizni biz bilmaymiz, boringizlarda, bir vakil tayinlab, unga fikringizni aytingizlar, u ersa bizga kelib xabar bersin!» — dedilar. Odamlar ortlariga qaytib, so‘ng bir necha nomzod vakillar birlan birga kelishdi. Vakillar avvalgi taklifga barcha rozi erkanligini Janob Rasulullohga ma’lum qilishdi».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilarki, Hazrat Umar Hunayndan qaytayotganlarida johiliyat zamonida e’tikof qilajaklarini nazr qilib qo‘yganlari haqida Janob Rasulullohga aytibdilar, shunda ul zot: «Nazrga vafo qilg‘il!»— deb amr qilibdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:55:45

Abu Qatoda raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Hunayn kuni Janob Rasululloh
birlan birga yo‘lga chiqdik, dushman birlan yuzma-yuz bo‘lganda musulmonlar orasida
ozgina sarosimalik sodir bo‘ldi. Men bir mushrikning musulmonlardan birini halok
qilayotganini ko‘rib qoldim. Shunda orqasidan borib bo‘yniga qilich urgan erdim,
sovutini qirkib yubordim. U menga hamla qilib keldi-da, bo‘ynimdan tutib shunday
bo‘g‘diki, o‘limning hidi dimog‘imga urildi. Keyin, qo‘llari bo‘shashib, o‘lib qoldi. So‘ng,
men Hazrati Umarning oldilariga borib: «Odamlarga nima bo‘ldi?» — dedim. Hazrat
Umar: «Olloh taolo shuni buyurgan»,   dedilar.    Keyin,     odamlar    yana    ortlariga
qaytishdi,

Rasululloh: «Kimki bir mushrikni o‘ldirgan bo‘lsa, undan qolgan o‘lja o‘shaniki bo‘lgay, ammo o‘ldirganiga guvoh topmog‘i lozim»,— dedilar. «Menga kim guvohlik bera-di?» — dedim-da, o‘ltirdim. Janob Rasululloh boyagi gaplarini uch marta takrorladilar, shunda har safar o‘rnimdan turardim-da: «Menga kim guvohlik beradi?» —deb, yana o‘ltirardim. «Senga nima bo‘ldi, Ey Abu Qatoda?» — dedilar. Men bo‘lgan voqeani gapirib berdim. Shu payt bir odam o‘rnidan turib: «Rost aytyapti, u o‘ldirgan odamning narsalari menda, men uni rozi qilaman»,— dedi. Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu: «Rasululloh boyagi gaplari birlan Olloh taolo va uning rasuli uchun jang qilgan Olloh sherlaridan biri bo‘lmish kishidan o‘ljasini olib senga berishni qasd qilgan ermasdilar!» —dedilar. Payg‘ambar alayxissalom: «Abu Bakr rost gapiryapti, uning o‘ljasini ber!» — deb jangchiga buyurdilar. U menga o‘ljamni berdi. Men bu o‘ljani» sotib, puliga Banu Salamadan bir bog‘ oldim. Bu mening islomdagi dastlabki bisotim bo‘ldi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:55:58

Abu Qatoda mavlolari Abu Muhammadga bunday degan erkanlar. «Xunayn kuni men bir musulmon va bir mushrikning o‘zaro jang qilishayotganini ko‘rdim, shunda boshqa bir mushrik musulmonning orqasidan kelib uni o‘ldirmoqchi bo‘ldi Men tezda unga hamla qilgan erdim, u menga qilich ko‘tardi, lekin men chaqqonlik qilib qo‘lini chopib tashladim. U meni sog‘ qo‘li birlan shunday bo‘g‘diki, o‘ldirib qo‘ymasaydi deb qo‘rqib ketdim, keyin birdan qo‘li bo‘shashib ketdi men uni o‘ldirdim. Shu vaqt musulmonlar chekinib qolishdi men ham ularga qo‘shilib chekindim. Qochib ketayotib hazrat Umardan: «Nima bo‘ldi?»—deb so‘ragan erdim, u kishi: «Olloh amr qildi»,— dedilar. Keyin, odamlar Janob Rasulullohning oldilariga to‘planishdi. Rasululloh: «Kim mushrikni o‘ldirganini isbot qilsa, undan olgan o‘ljasi o‘ziniki bo‘ladi»,— dedilar. Men ham turib kofirni o‘ldirganimga guvoh qidirdim, lekin menga guvohlik beradigan kishini topolmadim. Keyin, «Uzim ayqam-chi?» degan fikr xayolimga kelib qoldi-da, qanday o‘ldirganimni Janob Rasulullohga o‘zim aytib berdim. Shu yerda o‘ltirganlardan biri: «Usha o‘ldirilgan odamning qurol-yarog‘i menda men uning o‘rniga boshqa narsa berib rozi qilaman», dedi. Abu Bakr raziyallohu anhu: «Yo‘q, aslo, Rasululloh Quraysh qushchasiga qurolni berib, Olloh va uning rasuli uchun jang qilgan Olloh sherlaridan bo‘lmish bir sherni mahrum qilmaydilar!» — dedilar. Rasululloh o‘rinlaridan turib qurolni menga olib berdilar. Men uni sotib, puliga xurmozor oldim. Islomdagi birinchi dastmoyam mana shu bo‘ldi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:56:13

57-bob. Avtos g‘azoti haqida

Abu Muso raziyallohu anhudan nakl qilinadi: «Paygambar alayhissalom Hunayn gazotidan forig bo‘lganlaridan keyin, Abu Omirni lashkarga bosh qilib Avtosga jo‘natdilar. Yo‘lda mushrik Durayd ibn as-Simma yo‘liqdi, uni o‘ldirishdi sheriklarini Olloh taolo maglub etdi. «Janob Rasululdoh, deydilar Abu Muso,— Abu Omir birlan birga meni ham jo‘natgan erdilar. Nogahon, Abu Omir tizzalaridan o‘q yedilar. Uqni Jushamiy kamondan otgan erdi. Men darhol Abu Omirning oldilariga borib: «Ey amaki, sizni kim otdi»? — deb so‘radim. U kishi Jushamiyga ishora qilib: «Meni otgan qotil shu!» — dedilar. Men uni quvib ketdim, u meni ko‘rib qocha boshladi. Uni quvayotib: «Qochgani uyalmaysanm? — dedim. U to‘xtadi, barobar qilich urishib, uni o‘ldirdim. Keyin, Abu Omirning yonlariga kelib: «Olloh taolo mening qo‘lim birlan raqibingizni o‘ldirdi!»—dedim.Abu Omir o‘qni sugurib olishimni iltimos qildilar, men sugurgan erdim, o‘rnidan suv oqdii. Abu Omir menga: «Ey jiyanim, Janob Rasulullohga salom aytgin, mening haqimga istigfor ayqinlar!» — dedilar. Keyin, meni odamlarga boshliq qildilar-da, birozdan so‘ng vafot etdilar. Jangdan qaytgandan so‘ng, Janob Rasulullohning huzurlariga kirdim, u kishi uylaridagi qamish (bo‘yra)dan qilingan chorpoyada erkanlar. Chorpoyaga to‘shak solingan bo‘lib, Janob Rasulullohning orqalari va yonboshlarida bo‘yraning botgan izi ko‘rinib turardi. Men o‘zimiz hamda Abu Omir haqlarida gapirdim, u kishining «Mening haqimga istigfor ayqinlar!» deganlarini ham aytdim. Rasululloh bir idishda suv so‘radilar, unga tahorat olib, keyin duoga qo‘l ochdilarda: «Ey Olloh, bandaig Abu Omirni magfirat qilgin!» — dedilar. Shunda men Janob Rasulullohning qo‘ltiqlari oppoq erkanligini ko‘rdim. Keyin: «Ey Olloh, qiyomatda martabasini ko‘pchilik bandalaring martabasidan ulug qilgin!» — deb yana duo qildilar. Men ul zotga: «Meni ham duo qilingiz!» — dedim. Rasululloh: «Ey Olloh, Abdulloh ibn Qaysning ham gunohini kechirgin, Qiyomat kuni unga ham faxrli joy ato etgin!» —deb duo qildilar».

Abu Burda: «Duolarning biri Abu Omir uchun, ikkinchisi Abu Muso uchun bo‘ldi»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:56:28

58-bob. Toif g‘azoti haqida

Muso ibn Uqba: «Toif gazoti hijratning 8- yili shavvol oyida bo‘lgan erdi»,— deydilar.

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Rasululloh Toifni qamal qilganlarida biror natija bo‘lmadi, keyin: «Xudo xoxlasa, qaytamiz»,— dedilar. Bu gap ko‘pchilikka ogir botdi, «Qaytarkanmiz, fath qilmas erkanmiz»,— deyishdi. So‘ng, «Ertalab urushga chiqinglar!» — deb buyurgan erdilar, musulmonlar jangga chiqdilar, lekin qo‘rgon berk, uning tepasidan otilgan o‘q va toshlardan musulmonlarga jarohat yetdi. Keyin, Rasululloh: «Xudo xohlasa, ertaga qaytamiz»,— degan erdilar, hammalari xursand bo‘lishdi, Rasululloh kulib qo‘ydilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:56:42

Olloh taolo yo‘lida birinchi bo‘lib mushriklarga qarata kamondan o‘q uzgan Sa’d ibn Abu Vaqqos hamda Toif qo‘rgonidan oshib tushib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga kelgan Abu Bakra (Nofi’ ibn Masruq) rivoyat qilurlarki, Janob Rasululloh: «Kimki ataylab o‘z otasidan tonib, boshqa birovni otam deb Da’vo qilsa, unga jannat haromdur!»—degan erkanlar.

Osim raziyallohu anohu rivoyat qiladilar: «Men ushbu hadisni Sa’d va Abu Bakradan eshitganman»,— dedi. Abu Usmon. Men unga: «Sen aytgan hadisning to‘g‘riligiga ikki kishining guvoh erkanligi kifoyadur»,— dedim. U menga: «Ha to‘g‘ri! Usha ikki kishining biri islom yo‘lida birinchi bo‘lib kamondan o‘q uzgan kishidir, ikkinchisi ersa qamal kuni Toif qo‘rg‘onidan oshib o‘tib Janob Rasulullohning qoshlariga kelgan yigirma uch musulmonning uchinchisidur»,-dedi.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:56:49

Abu Muso al-Ash’ariy aytadilar: «Janob Rasululloh Makka birlan Madina o‘rtasidagi Ji’rona degan joyda manzil tutgan erdilar, ul zot birlan birga Hazrat Bilol va men o‘ltirgan erdim. Shu payt bir badaviy kelib Janob Rasulullohga: «Menga bergan va’dangizni bajarmaysiz-mi?»—dedi. (Badaviy talab qilgan va’da nimadan iborat erkanligi roviylarga ma’lum ermas). Rasululloh: «Xursand bo‘lgil!»—dedilar. Badaviy: «Xursand bo‘lgil!»ni menga ko‘p aytgansiz!»—deb Abu Muso birlan Bilolga g‘azab birlan qaradi. Rasululloh ularga: «Bashorat rad qilindi, ikkovingiz qabul qilib olingiz!» — dedilar. Ikkovlari barobar: «Qabul qildik!» — deyishdi. Keyin, Rasululloh qadahda suv keltirishni buyurdilar, unga ikki qo‘llari va yuzlarini yuvdilar-da, qolganiga dam soldilar, so‘ng: «Bundan ichingiz, yuzlaringizga quyingiz, tomoqlaringizga surtingiz va xursand bo‘lingiz!» — dedilar. Ikkovlari qadahni olib, Janob Rasululloh buyurganlaridek qilishdi. Parda orqasidan Ummu Salama raziyallohu anho: «Agar onalaringiz uchun suvdan orttirolsangiz, menga ham uzatib yuboringiz!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:56:56

Safvon ibn Ya’lo bunday deb xabar beradilar: «(Otam) Ya’lo: «Koshkiydi, men Janob Rasulullohga vahiy tushayotgan paytni ko‘rsam!» — deb doim orzu qilur erdilar. Tez kunlarda Payg‘ambar alayhissalom Ji’ronaga tushdilar, ashoblari atroflarida turib boshlariga bir kiyim birlan soya qilib turishardi. Shu vaqt xushbo‘yliklar sepilgan jubba kiygan bir badaviy kelib: «Yo Rasulalloh, bir kishi jubba kiyib, unga xushbo‘yliklar sepgach, ehrom bog‘lasa, nima deysiz?»—dedi. Hazrat Umar Ya’loga «Kel!» deb ishora qildilar, Ya’lo kelgach, boshlarini Janob Rasulullohning tepalariga tutib turilgan kiyim ostiga suqdilar. Qarasalar, ul zot yuzlari qizargan, chuqur-chuqur nafas olardilar. Bu holat bir soatcha davom etdi. So‘ng, Janob Rasululloh: «Mendan umra haqida so‘ragan odam qani?» — dedilar. Boyagi odamni qidirib topib kelishdi. Janob Rasululloh unga: «Jubbani yechib tashla, badaningga yuqib qolgan xushbo‘ylikni uch bor yuvib ketkiz, keyin hajda ne qilsang, umrada ham shunday qilgil!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:57:03

Abdulloh ibn Zayd rivoyat qiladilar: «Olloh taolo Hunayn g‘azotida Janob Rasulullohga katta o‘lja ato etgach, uni islom diniga endigina kirganlarga taqsim qildilar, lekin ansorlarga hech narsa bermadilar. Shunda ansorlar o‘zlariga o‘ljadan ulush tegmagani uchun ranjigandek bo‘lishdi. Janob Rasululloh ularga: «Ey ansorlar jamoasi! Men sizlarni yo‘ldan adashgan holda topmaganmidim?! Olloh taolo mening sababim birlan sizlarni hidoyat qildi, tarqoq erdingizlar,mening sababim birlan sizlarni birlashtirdi, kambag‘al erdingizlar, mening sababim birlan sizlarni boy qildi. (Rasululloh shunga o‘xshash gaplarni aygganlarida, ansorlar har gal: «Olloh va uning rasuli har qancha minnat qilsa, loyiq!» —deyishardi). Agar xohlasangizlar, sizlar ham: «Hijrat qilib kelganingizda biz sizga joy berdik, xor bo‘lganingizda yordam berdik, qo‘rqib kelganingizda xotirjam qildik!»— deb menga minnat qilingizlar!» — dedilar. Ammo, ansorlar: «Minnat va fazl Olloh taologa va uning paygambariga xos!» — deb javob berishdi. Janob Rasululloh: «Boshqalarning qo‘y va tuyalarni olib o‘z manzillariga ravona bo‘lmog‘iga, o‘zingizning ersa meni birga olib ketmogingizga rozi bo‘larsizlar, axir?! Agar hijrat bo‘lmaganda men ansorlardan biri bo‘lgan bo‘lur erdim. Odamlar o‘zga bir vodiy yoki o‘zga bir dara bo‘ylab yursalar, men ansorlar vodiysi yoki darasi bo‘ylab yurardim. Ansorlar mening uchun kuylagimdek yaqin bo‘lib, boshqalar choponim yanglig‘durlar. Mendan keyin sizlar boylikka ruju’ qilganlarning shohidi bo‘lgaysiz-lar, Havzi Kavsar bo‘yida uchrashgunimizcha sabr qilingizlar!» — deb xitob qildilar».

Qayd etilgan