Aravani ot tortar,
Ko'lankasin — it.
Ari zahrin chekmagan
Bol qadrini bilmas.Ahdi borning baxti bor.
Ahd qilgan baxt topar.
Baxt yalqovga begona.
Baxtingga ishonma, barmog'ingga ishon.
Bekor o'tirguncha, bekor ishla.
Bekordan xudo bezor.Bekorchining beti yo'q,
Qozon osar eti yo'q.
Bekorchining hunari — g'iybat.
Beli bog'liqning dili bog'liq.
Bemaza qovunning urug'i ko'p.
Bemehnat hikmat yo'q.
Bermas tangridan hormas ovchi olar.
Bersang — olasan, eksang — o'rasan.
Betashvish bosh qayda,
Mehnatsiz osh qayda.
Bir ezma topadi, bir — kezma.