Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1268545 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 ... 270 B


imlaah  04 Iyun 2009, 02:09:23

Yana Munira opajon, Imlaah opa, Diydor opajon:

Deylik Siz qiz uzatyapsiz? Sovchilar uzoq viloyatdan,chekka viloyatdan. Ammo yigit juda taqvoli, iymonli, ilmli. Qanday yo’l tutardingiz?


Qizim hali uzatiladigan yoshda emas.Shu sabab bu savolga hozir javob bera olmayman.Kelajakni Allah biladi ,har ishni o'z vaqtida muhokama qilgan afzal.

Qayd etilgan


Kumush  04 Iyun 2009, 07:56:22

Kumushga savol:

Kumushning - Otabekning Kumushi, sizga eng ko'p yoqqan jihatini bizga bildira olasizmi?
Nima deyishga ham hayronman.Kumushni yahshi ko'rgan ekanmanu lekin bu haqda o'ylab ko'rmagan ekanman.Nega desangiz Kumush o'zbek halqining sevimli personajiga aylanib ketganku.barcha Kumushning timsolida hayoli iboli zukko o'zbek qizlarini ko'radi.Endi eng yoqqan jihati qaysi ekan deb o'ylab qarasam o'sha davrda yashab turib tafakkuri hozirgi zamon qizlaridan yuqori ekanligi ko'proq yoqib qoldi...
Shokir63 savolingiz uchun rahmat.Meni ham bazi narsalarni aniqlab olishimga yordam berdi. :D

Qayd etilgan


Ziyovuddin  04 Iyun 2009, 09:49:20

Kumushga: Assalomu alaykum. Manimcha siz bu forumga birinchi martta a`zo bo'lishizmas to'g'rimi? Oldin boshqa nom bilan kirganmisiz?

PS: Savol no o'rin bo'sa uzr.

Qayd etilgan


Kumush  04 Iyun 2009, 10:29:08

Kumushga: Assalomu alaykum. Manimcha siz bu forumga birinchi martta a`zo bo'lishizmas to'g'rimi? Oldin boshqa nom bilan kirganmisiz?

PS: Savol no o'rin bo'sa uzr.
Va aleykum assalom forumdoshim.Savolingiz hech ham noo'rin emas.Bunday savol har kimda ham tug'ilishi mumkin.Balkim men kabi fikrlaydigan biron bir forumdoshni ko'rgandirsiz?Lekin forumga birinchi marta a'zo bo'lishim.

Qayd etilgan


Zamiraxon  04 Iyun 2009, 15:19:27

Zamiraxonga:

Yoningizdagi yaqinlaringiz sizni tushunmayotgan yoki tushunishni xohlamayotgan bir paytda o'zingizni qanday his qilasiz? Uning chorasi nimada deb o'ylaysiz?
:as:
Savol uchun kattakon raxmat.
Bunaqa holat yuzaga kelishiga mazkur odamning o'zi sababchi, hamma gap  muammoni to'g'ri tushuntirib bera olishda. Ba'zida tushuntirishga so'zlar ham ojiz bo'lib qoladi, bunday paytda mehrli ko'zlar bilan qarash, ko'zlarimiz bilan uni hamrohimizga yetkaza olishimiz bizni yuqorida siz aytgan vaziyatga tushmasligimizga yo'l qo'ymaydi.
 Lekin har doim biz o'ylaganimizday bo'lavermaydi, shunday ekan bizni tushunmagan, yoki shaxsan meni tushunishmagan holatlarda men yolg'iz o'zim xonada o'tirib, qayerda hato qilganimni, ularning o'rniga o'zimni qo'yib ko'rib, ular qayerda hato qilishganini o'ylayman.

Qayd etilgan


Zamiraxon  05 Iyun 2009, 08:19:51

Munavvara, Fatima,Mutaallimah, Siddiqa, Afruza, Zamiraxon:

Oyijoningizga bo’lgan mehringizni qanday izhor qilasiz?

 :as:
Ba'zida insonlar o'ziga eng yaqin kishilariga bo'lgan mehrini ichidan chiqarib ko'rsata olmaydi. Balki munosib so'zlar topolmas, balki ung'aysizlanar. Lekin onamizga bo'lgan mehrimizni ular hayotlik paytlarida aytishim kerak, zero hamma insonlar o'tkinchidir. Pushaymonlik yomon narsa.
"Dunyoda sizdek onalar ko'paysin, lekin baribir mening onajonimdek ona bitta, yakkayu-yagona. Ollohimga meni sizdek insonning farzandi qilgani uchun shukronalar aytaman".

Qayd etilgan


Zamiraxon  05 Iyun 2009, 08:26:48

Yana Munavvara, Fatima, Mutaallimah, Siddiqa, Afruza, Zamiraxon:

O’zingiz o’zingizga yoqmaydigan vaqtlar ham bo’ladimi? Shunday holda nima qilasiz?

:as:
Inson o'zining xatosini kimdandir emas, o'zining ichki ovozidan eshitib, uni tushunib yetsa, bunaqa xatolarga boshqa yo'liqmaslikka harakat qilishiga, yo'liqqan paytida ham vaqtida orqaga chekinishda ichki ovozi yordamga kelishini o'ziga va'da qilgan insongina xayotida xato ishlarga qo'lini kamroq uradi. Inson hayotida tajribalari ko'paygan sari xatolari kamayadi.
Albatta bunaqa holat bo'ladi. Har kuni oynaga qaraganimda  :7 :-[ (Hazil) O'z-o'zimga yoqmasligimga sababchi bo'ladigan ishlarga ko'proq yo'liqishga harakat qilaman, chunki bu meni o'zimga chetdan qarashga yordam beradi.

Qayd etilgan


Zamiraxon  05 Iyun 2009, 08:38:03

Muzayyana, gul, Zamiraxon ga
Yoshlikdagi siz tez-tez yodga olib turadigan qiziqarli voqea
:as:
Biron narsani eslashga urinsang aksiga olib o'sha narsa esingga kelishi qiyin bo'ladi qabilidagi gap to'g'rida - a? Qancha urinmay eng qiziqarli voqea esimga tushmadi, uni o'rniga o'qib turib "shuyam qiziq voqeami?" deyishga olib boradigan voqeacha ko'z oldimdan o'tdi.
Birinchi sinf. Hayajon. Yana qanaqadir hozir his qilmay qo'ygan hislar. Sinf partalari yonida turibman, lekin hech stulga o'tirishga bo'yim yetmayapti. Bir sinfdosh qiz (ismi adashmasam Luiza edi) meni o'tirg'izib qo'ygan.  ;D :D
Xo'sh, rostdanam uncha qiziqmasa?

Qayd etilgan


Hadija  06 Iyun 2009, 19:33:14

Muzayyana, gul, Zamiraxon ga
Yoshlikdagi siz tez-tez yodga olib turadigan qiziqarli voqea
:as:
Biron narsani eslashga urinsang aksiga olib o'sha narsa esingga kelishi qiyin bo'ladi qabilidagi gap to'g'rida - a? Qancha urinmay eng qiziqarli voqea esimga tushmadi, uni o'rniga o'qib turib "shuyam qiziq voqeami?" deyishga olib boradigan voqeacha ko'z oldimdan o'tdi.
Birinchi sinf. Hayajon. Yana qanaqadir hozir his qilmay qo'ygan hislar. Sinf partalari yonida turibman, lekin hech stulga o'tirishga bo'yim yetmayapti. Bir sinfdosh qiz (ismi adashmasam Luiza edi) meni o'tirg'izib qo'ygan.  ;D :D
Xo'sh, rostdanam uncha qiziqmasa?
:as:
Alloh rozi bo'lsin. Judaham qiziq. Qiziq bo'lmaganda rahmat dermidim-a?! :)  ;) Tashakkur...

Qayd etilgan


Zamiraxon  07 Iyun 2009, 07:23:38

 :as:
Savol Hadijaga:
Nima uchun nicklaringizni tez-tez o'zgartirasiz? Siz adashmasam Muslimaa edingiz, to'g'rimi?

Qayd etilgan