Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1268604 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 ... 270 B

imlaah  14 Iyun 2009, 06:32:07

Muhseena,Siddiqa, Zamirahon, Mahdiyah,Muzayyanaga savol.

Postlaringizni kuzatdim va anglaganim barchangiz bu hayotda o'z fikringizga ega mustaqil insonlarsiz.Tasavvur qiling siz "sevib" qoldingiz.Ammo "oshig'ingiz" ota onangizga yoqmadi.Siz esa boshqa inson bilan yashay olmayman degan ishonchdasiz.Hayotda qanday yo'l tutasiz?

Qayd etilgan

AbdulAziz  14 Iyun 2009, 10:00:15

Assalamu alaykum.
Forumchilarga malol kelmasa yana ba'zi savollarimga javob izlasam.Bu galgi savollarim biroz qaltisroq bo'lgani sabab hammangizdan uzr so'ragan holatda afsus bilan shunday voqealar atrofimizda ko'payib borayotgani sabab sizlarning fikrlaringizga qiziqib ko'rdim.O'ylaymanki buning uchun meni aybsitmaysizlar.

Abdulaziz, Birodar, Uzmusga savol.

Ikki jins orasidagi sevgi va ishq nima sizngingcha.Nikohli nikosiz bunday munosabatda chegara qanday bo'lishi kerak?
Sizning yoningizda siz hurmat qiladigan tanishingiz shunday "ishq va sevgi" otashidan nikohdan avval zino sababli "kuyib kul bo'lib"ota yoki ona bo'lishga majbur bo'lib qolganini sezib qoldingiz o'sha inson bilan munosabatlaringizni qay tarzda davom ettirasiz?

Va alaykumussalom!
Har galgidek eng kerakli, muhim savollarni berganingiz uchun tashakkur. O'ylaymanki, bunday savollar va mulohazalar ko'pchilik yoshlar uchun ibratli bo'ladi.

Asl sevgi-muhabbat bu ibodat darajasidagi Alloh halol etgan ne'matlardan biridir. Zero, payg'ambarimiz Muhammad SAV ta'kidlaganlaridek, Alloh uchun sevish jannatga olib boradigan amallardandir.

Endi ikki jins orasidagi sevgi munosabatiga kelsak, bu hol nikohsiz mumkin emas. Ya'ni nikohsiz (garchi "taqvo ahlidan" bo'lsalar-da) ikki jinsning "sevgisi" gunohga, nafsning xohishlari katalak olishiga olib borishi tabiiy.
Bir paytlar forumda "Visol muhabbatning shirin o'limi" degan hikmat haqida bahs bo'lgandi. O'shanda men buni shunday sharhlagandim: "Visol - bu nikoh, shirin o'lim esa - bu boqiylik, musulmon uchun oxirat diyori barcha ezguliklarning vatani. Demak, muhabbat nikohdan keyingina haqiqiy bo'ladi."
Nikohdan keyingi muhabbat sahih bo'lsa-da, uning ham chegaralari bor. Bir insonni judayam ortiqcha sevish bilan boshqa insonlarga nisbatan (masalan yaqin qarindoshlariga) munosabat o'zgarishi uning hadlari buzilganidandir. Yoxud Majnun kabi sevgi deb boshqa barcha narsadan kechib yuborish ham yaxshi natijaga olib kelmasligi aniq.

Ikkinchi nuqtadagi savolingiz juda o'ylashga majbur etadigan savol bo'libdi. Bunaqa holatga duch kelmaganligim uchun javob berishga qiynalayapman. Yoshi kattaroq birodarlarimizdan bu savolga javob berishlarini iltimos qilamiz.

Qayd etilgan

Muhseena  15 Iyun 2009, 00:34:41

Muhseena,Siddiqa, Zamirahon, Mahdiyah,Muzayyanaga savol.

Postlaringizni kuzatdim va anglaganim barchangiz bu hayotda o'z fikringizga ega mustaqil insonlarsiz.Tasavvur qiling siz "sevib" qoldingiz.Ammo "oshig'ingiz" ota onangizga yoqmadi.Siz esa boshqa inson bilan yashay olmayman degan ishonchdasiz.Hayotda qanday yo'l tutasiz?
:as:
Savolingiz uchun tashakkur.Ota-onamga hamma ham yoqavermasligini juda yaxshi bilganim sababli ularni ranjitmaslikka harakat qilaman,ya'ni ularni ko'ngillariga qarayman.Ammo mani doimo qo'llab quvvatlashga harakat qilishadi buni ham bilaman..Men faqat bir narsani angladimki meni taqdirim na mening va na ota-onamning qo'llarida ekan.Yolg'iz parvardigori olamgina ne'mat beradi va oladi.Kimnidir sevib qolsam,Alloh uni menga nasib qilishi yoki qilmasligini ham bilmayman. Haqiqiy sevgini hali uchratmadim.Hozir men bilgan sevgi o'tkinchi hoyu havas,xom-hayoldan boshqa narsa emas.Ammo hayotimda ikkilanmaydigan darajada sevib qolsamu ota-onam qarshi chiqishsa ularga tushuntirsam kere yana Alloh bilguvchi.Chunki ota-onam avvalo meni o'ylashligini bilaman.Meni qarorlarim ularga yoqmagan paytlarida ham,unga ko'z yumib ketishgan vaqtlari bo'lgan.Har holda ota-onam qattiq norozi bo'lsalar,sevgidan voz kechganim ma'qul.Chunki u sevgida xayr bo'lishi dargumon.Har holda ota-onam menga faqat baxt tilashlari aniqku.Menga yomonlikni ravo ko'risharmidi.Albatta hayotimda biron o'zgarish sodir bo'layotgan bo'lsa onam bilan ochiq oydin gaplashishga odatlanganman.Agar muammo bo'lsa tezda bartaraf qilishga harakat qilaman.
Ammo hozirda sevgi haqida o'ylagim yo'q opajon... 

Qayd etilgan

siddiqa  15 Iyun 2009, 01:41:20

Muhseena,Siddiqa, Zamirahon, Mahdiyah,Muzayyanaga savol.

Postlaringizni kuzatdim va anglaganim barchangiz bu hayotda o'z fikringizga ega mustaqil insonlarsiz.Tasavvur qiling siz "sevib" qoldingiz.Ammo "oshig'ingiz" ota onangizga yoqmadi.Siz esa boshqa inson bilan yashay olmayman degan ishonchdasiz.Hayotda qanday yo'l tutasiz?

assalamu aleykum savol uchun tashakkur ,
 
men o'zimga qaysi taom yoqishini ,qaysi rang yarashishini juda yahshi bilaman .lekin turmush ,oila oddiy taom emaski bemaza bo'lsa tark qilinadigan .qaysi yo'l menga hayrli ekanini biguvchi Allohga barchasini topshiraman va agar Alloh un ko'ngil qo'ygan va hurmat qilgan insonim ,haqiqiy taqvo libosi bn bezangan bo'lsa ,ota onamga tushuntirishga harakat qilaman va albatta ularni fikrlarini birinchi navbatga qo'yganim singari ular ham farzandlarini ko'ngliga qarashadi. va bilamizki haqiqiy muhabbat nikohdan so'ngina paydo bo'ladi .

Qayd etilgan

imlaah  15 Iyun 2009, 01:55:53

Assalamu alaykum.
Savollarimga malol olmay javob berganlaringiz uchun rahmat.
Muhseena va Siddiqa singillarim sizlarga malol kelmasa javoblaringizda "ko'nglingizga yoqqan inson bo'lsa " ota onangizni roziliklarini olish uchun harakat qilishingiz haqida biroz fikrlar bor ekan.Aytinglarchi siz umuman yaqindan bilmagan insoningizni qaysi sifati ko'nglingizga yo'qib qo'lishi mumkin? Ahir islom shariatida yigit va qiz uchrashuvi ko'pi bilan ikki yoki uch bora mumkin deyilganku.Bunday uchrashuvda siz o'sha insonni qaysi sifatini ko'nglingizga yoq'tirib ulgurasiz?Umuman insonni o'rganish uchun shunchalar kam vaqt kifoyami?

P.S Singillarim meni ma'zur tutgaysiz chunki oilaviy hayotda o'n yildan oshiq yashab ham ba'zida turmush o'rtog'ini yahshi anglab ola bilmagan insonlarga suhbatdosh bo'lganim ,ba'zida o'zimda ham shunday holat bo'lgani sabab bu qadar savollarni bergan bo'lsam ajab emas.
Bu savollarga forumchilardan kimda fikrlar bo'lsa kutib qolaman.

Qayd etilgan

Muhseena  15 Iyun 2009, 02:28:26

Aslida hech bir insonni qandayligini bir umr birga yashasak ham to'liq bilolmaymiz.Avvalo men u insonni mahram tanlayotganda nimaga e'tibor berishini bilishni xohlardim.Bir xil insonlar din-u diyonatiga qaraydi,kimdir mol-u dunyosiga kimdir husniga yana kimdir onasi uchun uylanadi.Eng muhimi uning niyatini bilish va men buni so'rashdan uyalmayman.Uning javobi qanchalik meni qoniqtirsa balki shunda ko'nglimga yo'l topa olar.Ammo ming afsus,shunday insonlar ham borki diningiz uchun degan javobni beradi,ammo uning fikru hayoli boshqa narsada bo'ladi.Avvalo adashishdan Alloh asrasin.Bu borada surishtirish ham juda qo'l keladi,uning do'stlari kim,nima ish qiladi,haromdan uzoqmi-obdon surishtirish kerak.Faqat namoz o'qir ekan,demak u to'g'ri yo'lda-degan gapga ham ishonib surishtirmaslik noto'g'ri.
Allohim yomon insonlardan uzoqda qilsin,qalbi pok,Allohdan qo'rquvchi mo'minlarga barcha muslima qizlarni nasib qilgan bo'lsin! :amn:

Qayd etilgan

siddiqa  15 Iyun 2009, 07:23:00

Assalamu alaykum.
Savollarimga malol olmay javob berganlaringiz uchun rahmat.
Muhseena va Siddiqa singillarim sizlarga malol kelmasa javoblaringizda "ko'nglingizga yoqqan inson bo'lsa " ota onangizni roziliklarini olish uchun harakat qilishingiz haqida biroz fikrlar bor ekan.Aytinglarchi siz umuman yaqindan bilmagan insoningizni qaysi sifati ko'nglingizga yo'qib qo'lishi mumkin? Ahir islom shariatida yigit va qiz uchrashuvi ko'pi bilan ikki yoki uch bora mumkin deyilganku.Bunday uchrashuvda siz o'sha insonni qaysi sifatini ko'nglingizga yoq'tirib ulgurasiz?Umuman insonni o'rganish uchun shunchalar kam vaqt kifoyami?

P.S Singillarim meni ma'zur tutgaysiz chunki oilaviy hayotda o'n yildan oshiq yashab ham ba'zida turmush o'rtog'ini yahshi anglab ola bilmagan insonlarga suhbatdosh bo'lganim ,ba'zida o'zimda ham shunday holat bo'lgani sabab bu qadar savollarni bergan bo'lsam ajab emas.
Bu savollarga forumchilardan kimda fikrlar bo'lsa kutib qolaman.

 :as:
Ko'pchilik shu haqida o'ylaydi ,qanday bir insonni 2,3 martta ko'rib bilib olish mm .Avvalambor niy'atga yarashasi deyishadiku ,niy'atni chiroyli va butun qilish kk. Umuman tanimagan insonni bilishimda birinchidan ihlos bn qilingan duo ,istihora namozi,ota ona rizoligi ,so'rab surishtirish va keyin Allohga tavakkul qilish kifoya qiladi.

Qayd etilgan

Zamiraxon  15 Iyun 2009, 08:26:21

Muhseena,Siddiqa, Zamirahon, Mahdiyah,Muzayyanaga savol.

Postlaringizni kuzatdim va anglaganim barchangiz bu hayotda o'z fikringizga ega mustaqil insonlarsiz.Tasavvur qiling siz "sevib" qoldingiz.Ammo "oshig'ingiz" ota onangizga yoqmadi.Siz esa boshqa inson bilan yashay olmayman degan ishonchdasiz.Hayotda qanday yo'l tutasiz?

 :as:
Hayotda biz uchun eng muhim narsalardan biri bu - ota-ona roziligi. Ota-onamiz bizdan xursand bo'lib, yaxshi tarbiya berishganidan suyunib, ibrat bo'ladigan solih farzandlarni yaratganlaridan quvonib yashashlari bu o'tkinchi tuyg'u bo'lmish - sevgiga almashinmaydigan, ikki dunyoda ham teng kelmaydigan BAXT.
Sevgini o'tkinchi deganim kimlargadir yoqmas, kimlardir qarshidir, lekin mening fikrim shunaqa.
Hissiyotlar bir qadam oldinga chiqsa, aql bir qadam orqaga chekinadi.

Qayd etilgan

imlaah  15 Iyun 2009, 08:32:48

Singlim go'zal va muhtasar javob uchun rahmat.Kichkinagina e'tiroz hafa bo'lmaysiz deb umid qilaman.Yaratuvchilik faqat Allahga hos.Shu sabab ota ona yaratmaydilar balki tarbiyada vosita va sabab bo'ladilar.

Qayd etilgan

Muhyiddin  19 Iyun 2009, 12:15:48

Assalamu alaykum.
Forumchilarga malol kelmasa yana ba'zi savollarimga javob izlasam.Bu galgi savollarim biroz qaltisroq bo'lgani sabab hammangizdan uzr so'ragan holatda afsus bilan shunday voqealar atrofimizda ko'payib borayotgani sabab sizlarning fikrlaringizga qiziqib ko'rdim.O'ylaymanki buning uchun meni aybsitmaysizlar.

Abdulaziz, Birodar, Uzmusga savol.

Ikki jins orasidagi sevgi va ishq nima sizngingcha.Nikohli nikosiz bunday munosabatda chegara qanday bo'lishi kerak?
Sizning yoningizda siz hurmat qiladigan tanishingiz shunday "ishq va sevgi" otashidan nikohdan avval zino sababli "kuyib kul bo'lib"ota yoki ona bo'lishga majbur bo'lib qolganini sezib qoldingiz o'sha inson bilan munosabatlaringizni qay tarzda davom ettirasiz?

Assalomu alaykum!

Avvalambor bir-biridan qiziqarli va dolzarb savollaringiz uchun tashakkur!

Va savolingizga biroz kechikib javob yozayotganim uchun ma'zur tutasiz.

Farhod Shirinni jahonnamodagi aksini ko’riboq oshiqu beqaror bo’lganini yoxud Otabek Kumushni tasodifan ko’rib qolib ishq dardiga mubtalo bo’lganini, so’ngra esa uylangani ko’pchiligimizga ma’lum va mashhur. Demoqchimanki, inson avval sevadi yoki qalbida boshqa bir insonga nisbatan o’zgacha bir mehr va mayl paydo bo’ladi. Ko’ngilda uyg'ongan ana shu pokiza tuyg’uni nikoh qonuniylashtiradi. Bu esa o’rtadagi sevgi va muhabbat rishtasini yanada mustahkamlaydi...
Pok sevgi-muhabbat bu ilohiy ne’mat. Uni taqdir xatiga o’xshatgim keladi. Ko’ngilda pok muhabbatning uyg’onishi g’ayriihtiyoriy hodisa (inson ihtiyorida emas). Shunday ekan, uni ko’ngildan quvish ham uni qo’lidagi ish emas. «Muhabbat qalbning mahbubga maylidir. Muhabbat ko’ngil ishi. U zohiriy a’zolarning ishi emas. Oila er-xotin o’rtasidagi muhabbat va maylga asoslangandagina baxtli va foydali bo’ladi...» (Muhammad Ahmad Kan’on.  "œEr-xotinlik asoslari" risolasi ).

Mazkur muallifning nikohdan avvalgi munosabatlar chegarasi haqida shunday fikrlari bor: "œAlloh taolo musulmonlarga buzuq yo’llardan saqlanish uchun avvalo ko’zni tiyishni buyurdi. Zero, ko’rish qalb kalitidir. Xato va buzuqlikka oli boruvchi barcha yo’llarni, begona ayol bilan yolg’iz qolish, qo’l olishish va h.k. kabilarni harom qildi. Bu ishlar qalb mayliga sabab bo’ladi. Qalb mayl qilgach, nafsni jilovlash o’ta mushkul bo’ladi. Alloh taolo rahm qilganlargina o’zlarini tiyib qolishlari mumkin..."

Uylangach esa oilada musulmoncha-o’zbekona odobga rioya qilish lozim deb bilaman. Masalan, yigit kishi o’z juftini har qancha yaxshi ko’rsa-da, uni yaqinlaridan yuqori darajaga qo’yib, oiladagi avvaldan mavjud sokin va fayzli iqlimni barbod qilmasligi kerak. Deylik, ishdan yoki safardan qaytganida eng avval ota-onasini so’roqlashi, ularni ziyorat qilishi lozim; ularning huzurida ayoliga, go’yo e’tibor bermaganday o’zini tutishi kerak, ya’ni ayoliga chetdan qaraganda erish tuyuladigan muomalani qilmasligi kerak (qancha shirin gaplari bo’lsa marhamat uyga kirganda gapiraversin"¦)

Oxirgi savolingizga javob berishim biroz mushkul, chunki bunday vaziyatga tushmaganman. Lekin bu savolingiz menga yoshligimdagi bir ta’sirli voqeani esga soldi... Qo’shni qishloqda ikki sevishgan yigit va qizning to’ydan oldingi "œjiddiy ishqiy munosabatlari" haqida gap tarqaldi... Tez orada qishloq ahli ularni qishloqqa isnod keltirganlari uchun bir xafta ichida zudlik bilan qishloqni tark etishlarini talab qilishgandi. Ular shu zaylda qishloqdan badarg’a qilingandi. Aytishlaricha, ular o’shandan beri sira qaytib ko’rinmay ketgan ekanlar...

P.S.

Shu risolani (Muhammad Ahmad Kan’onning  "œEr-xotinlik asoslari" ) forumga joylasak yaxshi bo'lardi. U "Hidoyat" jurnaling 2002-2003 sonlarida chop etilgan. Juda yaxshi risola. Bu boradagi ko'pgina savollarga u erdan javob olish mumkin.

Qayd etilgan