Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1268527 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 ... 270 B


AbdulAziz  23 Avgust 2009, 05:28:14

Robiyaga savol:

Avvallari TVda Ramazon munosabati bilan turli dasturlar, filmlar namoyish etilardi. Shulardan siz eslab qolgan, o'sha paytda sizga qattiq ta;'sir etgan film yoki dastur?

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Avgust 2009, 05:32:29

Siddiqaga savol:

Aytishlaricha, agar banda Laylatul-qadrni topsa, qalbi taskin olib, uni his qilarkan.
Yaqinlaringizdan kimningdir shunday xotiralariga guvoh bo'lganmisiz?

PS. Yuqoridagi Ramazon bilan bog'liq savollarga boshqa istagan userlar ham javob berishlari mumkin.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  23 Avgust 2009, 08:13:10

ЖАМШИДЖОАga savol:

Yoshligingizda Tarovih namozi bilan bog'liq qiziq holatlar yuz berganmi?

Masalan, men bolaligimda ilk marta tarovih namoziga chiqqanimda, namoz paytida yonimdagi bolaga hayratlangancha, unga qarab: "Iye, siz namoz o'qishni bilasizmi?" deganim esimda...  : )



Assalomu aleykum !!!!

Savol uchun kotta rahmat!!

Tarovih namoziga ilk chiqqan kunimi eslayman, usha paytda esimda bo'lsa kere 6 yoshlarda edim esimda bor usha kun taroveh namozini yarimiga kelganda sajdaga boshimi qo'yganimcha o'hlab qolganman charchab yonimdagilar qo'rqib ketishgan qarasalar o'hlab qolganimi ko'rib kutarib uyga tashab qo'yishgan bizi hovlimiz masjiddi olida masjid bilan yon qo'shni disa ham bo'ladi.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  23 Avgust 2009, 08:17:35

Robiyaga savol:

Avvallari TVda Ramazon munosabati bilan turli dasturlar, filmlar namoyish etilardi. Shulardan siz eslab qolgan, o'sha paytda sizga qattiq ta;'sir etgan film yoki dastur?

manga usha paytlarda berilgan bir film hali ham esimdan chiqmidi. Toshkent kanalidan berishgan edi tahminan 1998 - 99 yillar bo'lsa kere adashmasam. Hasad degan film berilgandi juda ham chiroyli ishlanga kino film manga bu film juda yoqqan.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  23 Avgust 2009, 08:22:50

IXLOSga savol:

Ramazon oyida siz maroq bilan mutolaa qilgan, o'sha kitobni eslasangiz Ramazonni eslaydigan, Ramazonni eslasangiz, o'sha risola xotiringizga keladigan kitob qaysi?

Ramazonni eslasam faqat Quron hayolimga keladi undan boshqa kitob hayolimga kelmasa kere.  Masjidga chiqsam Hatm namozlari 30 porani o'qib tugatishadi. Ramozonda Ollohning kalomi ilk bora tushgan kun bu.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  23 Avgust 2009, 08:28:40

Chehmikka savol:

Yoshligingizda Ramazon aytganmisiz?

Uzr savollarga javob berib tashayabman hafa bo'lmisilar.
Ha yoshligimda ramazonda ramazon aytganmiz Muxiddin degan do'stim bo'lardi. Iftorlikdi qilardida ramazon aytgani chiqib ketardi. Man nimagadur uyalardim aytgani lekin duo qilishga usta edim do'stim ramazon aytardi man esa qarab turardim agar biror nima olib chiqib berishsa man duo qilardim. Ajoyib bo'lgan ramazon aytgan kunlarimiz. Bir kun ramazon aytib aytib ichkari kuchalarga kirib adashib qolibmiz ikkovimizam yig'lab yurorganmiz kuchada keyin bitta amaki bizi uyga tashlab qo'ygan. Juda qiziq voqealar ko'p bo'lgan ramazonda.

Qayd etilgan


IXLOS  23 Avgust 2009, 08:32:00

Assalomu aleykum aziz dindoshlar!!!
AbdulAziz aka avvalo sizga katta raxmat.

IXLOSga savol:

Ramazon oyida siz maroq bilan mutolaa qilgan, o'sha kitobni eslasangiz Ramazonni eslaydigan, Ramazonni eslasangiz, o'sha risola xotiringizga keladigan kitob qaysi?

Agar umumiy o'qilgan kitob xaqida ketsa savol JAMSHID akani gaplaridan ortig'ini aytaolmayman.
Agar yakka o'zim o'qigan kitobim xaqida ketsa xaqiqatda javob beradigan bo'lsam ming bor uzr
Ramazonda kitob mutoala qilmagan ekanman.


Qayd etilgan


IXLOS  23 Avgust 2009, 08:43:34

Robiyaga savol:

Avvallari TVda Ramazon munosabati bilan turli dasturlar, filmlar namoyish etilardi. Shulardan siz eslab qolgan, o'sha paytda sizga qattiq ta;'sir etgan film yoki dastur?

Xa bu savolga qo'rqmasdan javob bera olaman chunki Ramazonda sahar chog'ida qo'yilgan
filmlarni ko'rishni juda yaxshi ko'rardim afsuski endi qo'yilmayapti.
Bir film ko'rgandim ammo uzr nomi esimda yo'q,lekin undagi bir voqeani Alloh inshoolloh oxiratda
xam unutmasam kerak bu shunday:
Bir ayol qozi kalonni oldiga erdan shikoyat qilib kiradi va undan taloq so'raydi
Qozi sababini so'raganida erim meni aldayapti kecha kechqurun bir tunni o'zida makkaga borib
keldim deyapti deydi:
Shunda qozi erini chaqirtirib undan shu gap rostmi deb so'raydi u to'g'ri ekanini tasdiqlaydi,
Shunda qozi undan nega yolg'on gapirding axir bu mumkin emasku deb aytganida uning javobi
quyidagicha bo'ladi: Xazrat Alloh taoloning dushmani shayton bir laxzada dunyoni u chetidan bu
chetiga bora oladiyu nega endi Allohning eng suyukli do'sti bo'lmish inson makka borolmasin deydi.
Shundan keyin qozi bir necha kunlab o'ziga kela olmaydi va nixoyat o'z ishidan voz kechib Xidoyat
yo'liga o'tadi........
Uzr xozir butun boshli filmni yozib yuboraman...

Qayd etilgan


imlaah  23 Avgust 2009, 14:03:22

Imlaah opaga savol:

Yurtingizni sog'inganda Ramazon bilan bog'liq qanday xotiralarni esga olasiz?

Tashakkur go'zal savol uchun.
Avvalo bu go'zal va muborak oy bilan barcha ahli ummatni qutlayman.Ramazon barchangizga muborak bo'lsin hurmatli qibladoshlarim.
Taqdir taqozosi bilan musofir yurtlarda turfa halqlar ichida Ramazonni o'tkazishga to'g'ri kelyabdi . Bu Ramazonlar o'zgacha tarovatli bo'lishi bilan Vatan va yaqinlarim va eng asosiy qalbi go'zal birodarlarim qolgan yurtdagi Ramazonlarga bo'lgan sog'inchni unuttira olmaydi.Ramazonni kutib olib Allah ohirtalarini hayrlik qilsin dadam (qaynotam) rahmatlini eslayman.Men kelin bo'lganimda 82 yoshlik qariya edilar.Ramazonni intiqlik bilan kutar edilar.Nima uchunligini eshitganimda tillarim gapirishga lol qolgan edi.Dadam Ramazonni Robbisiga erishmak uchun kutar ekanlar.63 yoshdan keyin qolgan barcha umrlarini Ramazonidan Robbisiga erishmakni umid qilib yashagan bu insonga Allah Ramazonda O'ziga erishmak bahtini berdi.85 yoshlarida Ramazonni ilk juma' kunida Allahga yetishdilar.Kelin bo'lgan kunimdan hayotlarini so'nggi kunigacha biror ibodatda malollangan vaqtlarini ko'rmaganman.Quroni Karimni sokin ovozda ko'zoynaksiz tilovat qilar edilar.Bizlarga ustoz bo'lib islomni tanitgan bu inson ko'z oldimda gavdalanadi har Ramazonda.
Yana Ramazon kirib kelganida oilamiz bilan Bahodir qori bu gal qaysi masjidda ekanlar deb qidirib tarobeh o'qigan vaqtlarimizni qumsayman.Ramazonda birodarlar bilan biroz sho'hlik qilib o'zimiz tanigan dugonalarimizga telefon qilib ovozimizni tanitmaslikka harakat qilib Ramazonnni go'zal sifatlarini aytib go'zal nashidlar qo'yib berar edik :) Qizig'i bu tabriklarimizdan kimlardir hursand bo'lardi qaysidir dugonalarimiz havotir qilardi.Bizlar esa har qanday holatda yahshi gumon afzal ekanini nasihat qilib qo'yar edik.Yurtda yaqin birodar va do'stlar bilan o'tgan Ramazonlar juda farahli va go'zal o'tgan alhamdulillah.Allah yana o'shandek go'zal kunlarni nasib aylasin.

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Avgust 2009, 16:41:47

mutaallimah, Munira opa, Hadija ga savol:

O'zizni juda chorasiz deb o'ylagan vaqtingiz bo'lganmi? Bu holda nima qilgansiz?


Assalamu alaykum.
Savol uchun tashakkur. Javob kechikkani uchun uzr.

Allohga tavakkul qilishni o'rgangunimcha balki bo'lgandir, lekin eslolmayman.
BAnda ekanligimni haqiqiy his qilganimdan buyon  esa bunday holatga tushmaganman. InshaAlloh bundan keyin ham tushmayman, deb umid qilaman.

Qayd etilgan