Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1268626 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 ... 270 B


Abdulhafiz  24 Avgust 2009, 00:25:51

Abdulhafizga savol:

Aqlingizni tanib, ilk ro'za tutgan kuningizni eslay olasizmi?
Savol uchun tashakkur.
Alhamdulillah 3-4 sinfdaligimda ro'za tutishni boshlaganman, lekin ilk tutgan kunim aniq esimda yo'q uzr!

Qayd etilgan


Abdulhafiz  24 Avgust 2009, 00:32:00

Robiyaga savol:

Avvallari TVda Ramazon munosabati bilan turli dasturlar, filmlar namoyish etilardi. Shulardan siz eslab qolgan, o'sha paytda sizga qattiq ta;'sir etgan film yoki dastur?

Xa bu savolga qo'rqmasdan javob bera olaman chunki Ramazonda sahar chog'ida qo'yilgan
filmlarni ko'rishni juda yaxshi ko'rardim afsuski endi qo'yilmayapti.
Bir film ko'rgandim ammo uzr nomi esimda yo'q,lekin undagi bir voqeani Alloh inshoolloh oxiratda
xam unutmasam kerak bu shunday:
Bir ayol qozi kalonni oldiga erdan shikoyat qilib kiradi va undan taloq so'raydi
Qozi sababini so'raganida erim meni aldayapti kecha kechqurun bir tunni o'zida makkaga borib
keldim deyapti deydi:
Shunda qozi erini chaqirtirib undan shu gap rostmi deb so'raydi u to'g'ri ekanini tasdiqlaydi,
Shunda qozi undan nega yolg'on gapirding axir bu mumkin emasku deb aytganida uning javobi
quyidagicha bo'ladi: Xazrat Alloh taoloning dushmani shayton bir laxzada dunyoni u chetidan bu
chetiga bora oladiyu nega endi Allohning eng suyukli do'sti bo'lmish inson makka borolmasin deydi.
Shundan keyin qozi bir necha kunlab o'ziga kela olmaydi va nixoyat o'z ishidan voz kechib Xidoyat
yo'liga o'tadi........
Uzr xozir butun boshli filmni yozib yuboraman...

"Mahmud Xudoiy yo'li" edi adashmasam, xotiramda yaxshi saqlanib qolgan filmlardan biri.

Qayd etilgan


Ansora  24 Avgust 2009, 00:42:31

Aziz Mahmud Hudoiy Vali zotning ismlari. Filming nomi "Hudaiy Yolu" Maqbarasi İstambul, Uskudarda. U kishining mashhur duolari bor:
"œSağlığımızda bizi vefatımızdan sonra kabrimizi ziyaret edenler ve türbemizin önünden geçtiğinde fatiha okuyanlar bizimdir
Bizi sevenler denizde boğulmasın ahir ömürlerinde fakirlik çekmesin, imanlarını kurtarmadıkça göçmesin"
Sog'ligimizda bizni, vafotimizdan keyin esa qabrimizni ziyorat etganlar, maqbaramizning oldidan o'tganda fotiha o'qiganlar  bizdandir. Bizni sevganlar dengizda bo'g'ilmasin, umrining ohirigacha faqirlik ko'rmasin, iymonlarini qutqarmaguncha bu dunyodan ko'chmasin"

Qayd etilgan


Ansora  24 Avgust 2009, 00:44:14

Hudoiyning Fors tilidagi Alloh ma'nosida ishlatilishini Turkiyada ko'pchilik bilmaydi, aytganimda hayron qolishgan edi.
Alloh sizlarga ham u kishini ziyorat qilishni nasib etsin insholloh.

Qayd etilgan


Mahdiyah  24 Avgust 2009, 07:20:11

Mahdiyahga savol:

Ramazon bilan bog'liq bo'lgan hayotingizdagi eng yorqin xotira?

Rosti savolizni o'qib, darrov bir narsani eslay olmadim.
Odatda savolga qarab darrov bir javob kelardi.
Lekin bu safar unaqa bo'madi.
Balki Ramazon bn bog'liq hali hayotimda u qadar "yorqin" deb atashga mos hotira bo'lmagandir,
balki Ramazonni yaqindan beri to'liq tushunib, ro'zalarda soim bo'layotganimdandir, bilmadim...

Lekin yoshligimda bir ajoyib qiziq voqea bo'lgan Ramazon bn bog'liq.
Hali juda kichkina edim. Dadam bn ayamga qiziqib ro'za tutdimu, peshinga borib qornim ochqab ketdi.
Uni ustiga bozordan chiroyli turshaklar ob kelib, qurisin dib katta idishga yoyib qo'yishganakan.
Yosh bola emasmanmi, nafsim ustunlik qilib bitta turshakni olib chishlab oldim.  ;D
Kn hech kim ko'rmayabdimikin deb qarab, yana qolgan yarmini yeb oldim.
Shomda esa hamma bn yana birga iftor ham qildim.  :D

Har Ramazonda nimagadur shu hotiram esimga tushaveradi... :)

Qayd etilgan


Robiya  24 Avgust 2009, 09:59:40

Robiyaga savol:

Avvallari TVda Ramazon munosabati bilan turli dasturlar, filmlar namoyish etilardi. Shulardan siz eslab qolgan, o'sha paytda sizga qattiq ta;'sir etgan film yoki dastur?

Assalamu alaykum! Savol uchun tashakkur! Esimda qolgani va ko'pchilik uchun tanish bo'lgan bir film bo'lardi Payg'ambarimiz SAV hayotlariga bag'ishlangan "Muhammadur Rasululloh" (film nomida adashayotgan bo'lsam,ma'zur tutinglar), mana shu filmni oilaviy saharlik qilib ko'rardik. Keyinchalik u kino yo'q bo'lib ketdi...

Qayd etilgan


Ansora  26 Avgust 2009, 16:57:44

Kapalakka savol:

Turk qardoshlarimizning Ramazon bilan bog'liq bo'lgan, lekin bizda mavjud bo'lmagan qanday an'ana, odatlari mavjud?
A.alaykum. Avvalombor savol uchun katta rahmat. Ramazon dunyoda Musulmonlarning yashagan har yerida zavq-shavq bilan kutib olinadi. Bu yerlardan biri ham Turkiya. Turkiyaga kelganlar biladi. Ko'chalar, maydonlarga Ramazonni eslatadigan plakatlar osilgan. An'analar haqida shularni aytishim mumkin. Saharga odatda dovul bilan uyg'otishadi. Hozir bomdod azoni 04.32 da o'qiladigan bo'lsa, dovulchilar 03.00dan keyin chalishni boshlashadi. Turkiyaga ilk kelgan sanam bu shovqindan juda qo'rqqan edim:) Tarihiy qal'a bo'lgan joylarda esa albatta to'p(pushka) bor. İftorda esa to'p otilib, habar beriladi. Keyin Ramazonga oid ovqatlar, shirinliklar bor. Shirinliklardan biri "Gullach" yufqa qilib tayyorlangan hamirlar orasiga sut to'kilib yumushatiladi. Eng ustiga esa pista ezmasi va anor donalari sepiladi. Eng mashhur ovqatlardan biri esi "erishta oshi" bizning ugrani esladi, lekin yana ham uzun va sertuhum qilib tayyorlanadi. Taroveh namoziga ayollar ham qatnashadi. Ayollar ertalab yoki iftordan keyin oralarida Qur'on Hatim qilish uchun uy yoki jome'larda to'planishadi. Bunga "Mukabele" deyishadi. Esimga kelsa yana yozaman. Ramazonga oid duolarda uchrashish niyati bilan, s.aleykum.

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Avgust 2009, 22:29:17

Ramazon mavzusini yana davom ettiramiz.

Munira xonim, Imlaah opalarga:
Ramazon oyida o'zi turli bahonalar bilan ro'za tutmaganligi yetmaganday, ramazonga behurmat "musulmon"larning ahvollariga guvoh bo'lganmisiz? Bundaylarga munosabatingiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Avgust 2009, 22:29:39

Mahdiyah, Munira opa, Robiya, Muzayyanaga:
Avvallari Ko'kcha, Hastimom, Hoja Ahror Valiy masjidlarida ayollar ham tarovih namoziga kelishar, alohida o'ralgan joylarda jamoat bilan namozni ado qilishar edi. Keyinchalik bunga ruxsat berishmadi.
Hozir ham tarovih namoziga ayollar ham borib, bahramand bo'lishlarini xohlarmidingiz? Ayni damda bunday ibodatlarda qatnashishga qanday sabablar monelik qilishi mumkin?

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Avgust 2009, 22:29:52

Chehmik, Kapalak, ЖАМШИДЖОА, Yuristga, Abdulhafizga:
Siz judayam hurmat qiladigan inson Ramazon oyida, birdan oldingizga keldi-da, sizni tushlikka taklif etdi...
Nima qilasiz? Qanday yo'l tutasiz? Munosabatingiz o'zgaradimi?

Qayd etilgan