Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1268617 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 ... 270 B


mutaallimah  30 Avgust 2009, 07:30:03

Foniy, mutaallimah ga:

Man har doim Foniy nikini ko’rsam Ar-Rohman surasining 26-27 oyatlari

كُلُّ مَنْ عَلَيْهَا فَانٍ
وَيَبْقَى وَجْهُ رَبِّكَ ذُو الْجَلَالِ وَالْإِكْرَامِ  


ya’ni "œ(Yer) yuzidagi barcha jonzot FONIYdir. Buyuklik va karam sohibi bo‘lgan Parvardigoringizning yuzi — O’zigina boqiy mangu qolur." esimga tushaveradi.

Mastura ismini eshitsam "œhijob" oyatlari va hijob hayolimga kelaveradi.

Savol: Sizningcha insonning ismi DA’VAT bo’la oladimi? Siz uchun qaysi ism DA’VAT?

Assalamu alaykum.
Ha albatta insonning ismi qay darajadadir da'vat qila olish qobiliyatiga ega.. Odam o'zini ismini ma'nosini bilib shu ismga munosib tarzda hayot kechirishi kerakligini his etsa doimo o'zini tekshirib yurish imkoniyatiga ega bo'ladi.. Farzandlarga bunday ma'suliyatni yuklash va eng go'zal ismni tanlash esa ota-onadan.. Men doimo o'zimni qilayotgan ishlarim, kiyayotgan kiymnlarim "mastura" nomiga munosib bo'lishini hohlayman, va bunga qo'limdan kelgancha harakat qilaman... Avvallari negadir ismimdan uyalardim, chunki maktabda bunday ismlikl qizlar bo'lmasdida, negadir g'alati ismga o'xshaverardi.. keyinchalik ismimni ma'nosini bilganimdan so'ng Men albatta MASTURA bo'lishim kerakligini his qildim..Demak insonga ismi hayotda qanday yashashi kerakligini ham ko'rsatib berishi mumkin ekan..

Chiroyli dunyo va oxirat uchun foydalik bo'lgan xar qanday ismni yaxshi ko'raman.. Faqatgina ma'lum bir foydalik ma'noga ega ismlar insonga Da'vat bo'la olsa kerak..

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Avgust 2009, 09:12:02

Abdul_Malik, Muhammadiy, Muhammadali, mahmudali, AbdulAziz, Munira xonim, Muzayyana, G_u_l_i, Hadija, ЖАМШИДЖОА, Abzulhafiz ga:

Har bir sahobaning umr daftari juda ta’sirli.
Savol: Sizga qaysi sahobaning hayotida bo’lub o’tgan voqea juda ta’sir qilgan


Darhaqiqat, sahobalarning hayotlarida bo'lib o'tgan voealardan ta'sirlanmasdan ilojimiz yuq. Chunki ularning qilgan amallarida biron bir riyo qo’shilmasdan, holis Alloh uchun amal qilishgan, ixlosi taqvosi Allohga juda kuchli bo’lgan.Ana shunday sahobalardan biri Abdulloh ibni Maktum — ko’zi ko’r bo’lgan bo’lsa ham islomga birinchi kirgan sahobalardan hisoblanadi. Bu sahobaning hayotida mo'min- musulmonlar uchun ibrat bo'la oladigan juda ko'p voqealarni uchratish mumkin. Ayniqsa qo'yidagisi: Abdulloh ibni Maktum ko'r bo'lgani uchun sahobalar Payg'ambar (s.a.v.)ning maslahatlari bilan, uning uyidan masjiga arqon tortib qo'yishadi va u kishi masjidga bemalol kelib ketib yuradilar.
Bir kuni Payg'ambar (s.a.v.) sahobalar bilan o'tirishganda Abdulloh ibni Maktum qo'lidan qon tomgan holda kirib keladilar.Buni ko'rgan sarvari koinot:
  - Birodarim Abdulloh ibni Maktum nima bo'ldi sizga? - deb so'raydilar.
  - Man arqonni ushlab namozga qatnab yurardim, buni ko'rgan mushrik kofirlar ko'r odamga bunday taqvoni nima keragi bor deb arqonni ayrim yerlariga utkir ustara bog'lab ketishibdi, bilmasdan ushlayman deb qo'limni kesib oldim, deb javob berdi Abdulloh ibni Maktum. Shunda Rosululloh (s.a.v.) u kishining qonab turgan qo'llarini muborak ko'zlariga surib :
   - Sizdek taqvosi Allohga baland bo'lgan sahobani ustidan kulib,sizni shu kuyga solgan u mushriklarni hisobini Alloh qilsin , man Allohga topshirdim, deb yig'lab yuborgan ekanlar.
    Shunda Jabroil (a.s) kelib - Ey habibim Muhammad (s.a.v.) Abdulloh ibni Maktum onasidan ko'r bo'lib to'g'ilgan, shunday yashaydi va o'ladi, ko'r holatda hisob beradi lekin jannatda Allohning jamolini birinchi bo'lib ko'radi.Agar istasangiz, hozir ko'zi ochiladi biroq Allohninig jamolini hamma qatori ko'radi,deganlarini Payg'ambar (s.a.v.) u kishiga yetkazdilar. Abdulloh ibni Maktum esa bu duyo yuzini ko'rishdan Allohning jamolini birinchi bo'lib ko'rishni ma'qul ko'rdi...
   Bizlarga yo'lchi yulduz bo'lgan barcha sahobalardan Alloh rozi bo'lsin.

Javub uchun tashakkur.
Agar kimdur manga shu savolni berganida, man ham aynan mana shu sahobaning hayotida bo'lgan aynan shu voqeani misol qilgan bo'lardim
  :)

Qayd etilgan


Robiya  30 Avgust 2009, 15:49:45

Mahdiyah, Munira opa, Robiya, Muzayyanaga:

Hozir ham tarovih namoziga ayollar ham borib, bahramand bo'lishlarini xohlarmidingiz? Ayni damda bunday ibodatlarda qatnashishga qanday sabablar monelik qilishi mumkin?

Assalamu alaykum!

Ayol kishining uyida o'qigan namoziga masjidda o'qiganlik savobi beriladi. Shuning uchun ham  ayollar  tarovihni uyda o'qishsa yaxshi bo'lardi...

Qayd etilgan


Robiya  30 Avgust 2009, 15:57:46

Hadija, Munavvara, Robiya, Fatima, Kumush, Muslima.bgm ga:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga dunyo hazinalari kaliti berilganida ul zot "œMen bu dunyoga dunyo, mol-davlat, boylik uchun kelmadim. Men ummmat uchun (ya’ni ummatni do’zaxdan ogohlantirish, Allohning amrlarini yetkazish uchun) keldim" deganlar.

Savol:Sizni Alloh nima maqsadda dunyoga keltirdi deb o’ylaysiz?


Savol uchun tashakkur!

Alloh meni nega dunyoga keltirganini Uni O'zidan boshqa hech kim bilmaydi!

 Menimcha Unga qullik qilishim uchun yaratgan,Alloh adashtirmasin!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Avgust 2009, 17:42:43

ChehMik, ЖАМШИДЖОН, IXLOS, Iqboljohn, Y_U_R_ I_S_T, Akbar, Bayern M, Shoxjahon12 ga:

Savol: Tasavvur qiling siz rejissyorsiz. Qaysi mavzudagi va nima bilan bog’liq kinofilm olgan bo’lardingiz?


Assalamu alaykum! Savol uchun tashakkur!

Agar men rejessor bo'lganimda "inson va dunyo" mavzusida kinofilm olardim. Unda inson taqdiri, uning qanday qilib yutuqlarga erishishi va kelajak uchun kurashishi, haqiqiy Alloh degan insonni nimalar kutishi, Qiyinchiliklarni sabot bilan engishi, har qanday sharoitda ham tushkinlikka tushmaydigan inson haqida bo'lardi. U inson shunday inson bo'lardiki u meni tasavvurimdagi inson. U insonni boshqalarga o'rnak bo'ladigan va dunyo mashaqqatlarini sabr va sabot bilan engib o'tadigan inson sifatida tasvirlardim.
 

Qayd etilgan


Abdulhafiz  30 Avgust 2009, 23:12:18

Munira xonim, Kapalak, imlaah, Abdulaziz, Muhammad sohib, Abdulhafiz, Ziyovuddin ga:

Har gal sahobalar hayotini o’qiganimda, huddi shunday filmni ko’rayotgandek tasavvurga ega bo’laman.
Savol:  Siz rejissyor bo’lganingizda qaysi sahobaning hayotini kinofilm qilib ishlagan bo’lardingiz?

Savol uchun tashakkur.
Javobga keladigan bo'lsak, men har bir sahobaning hayotlarini alohida-alohida yoritib beruvchi, serial ishlagan bo'lardim. Chunki hozirgi vaqtda odamlar seriallarni ko'proq berilib ko'rishyapti...

Qayd etilgan


Abdulhafiz  30 Avgust 2009, 23:26:04

Abdul_Malik, Muhammadiy, Muhammadali, mahmudali, AbdulAziz, Munira xonim, Muzayyana, G_u_l_i, Hadija, ЖАМШИДЖОА, Abzulhafiz ga:

Har bir sahobaning umr daftari juda ta’sirli.
Savol: Sizga qaysi sahobaning hayotida bo’lub o’tgan voqea juda ta’sir qilgan

Darhaqiqat sahobai kiromlarning har birlarini umr daftarlari juda ta'sirli. Menga ham juda ta'sirlisi ushbu:

* * *



Rasululloh (s.a.v.) rozi holda va rozi bo‘lingan holatda Rafiqul A’loga rihlat qildilar. Keyin musulmonlarning ishiga Abu Bakr Siddiq bosh bo‘ldi.

Bilol Rasulullohning (s.a.v.) xalifalari huzuriga borib:

— Ey Rasulning xalifasi, men Rasulullohning: "œMo‘min amalining afzali Alloh yo‘lidagi jihoddir", deganlarini eshitganman», dedi. Abu Bakr:

— Nima xohlaysan, ey Bilol? — deb so‘radi. Bilol:

— To o‘lgunimcha Alloh yo‘liga aloqadorlikni istayman — deb javob qildi. Abu Bakr Siddiq so‘radi:

— Unda bizga azonni kim aytadi?

Bilol ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib, javob qildi:

— Men Rasulullohdan keyin hech kimga azon aytmayman!

Abu Bakr:

— Qolib, bizga azon aytib turgin, ey Bilol, — deya iltimos qildi. Shunda Bilol aytdi:

— Agar meni o‘z nafsing uchun ozod qilgan bo‘lsang, sen istagandek bo‘laqolsin. Agar Alloh uchun ozod etgan bo‘lsang, unda men va Uning uchun ozod qilingan Zot o‘rtasidagi ishga aralashma!

Abu Bakr Siddiq (r.a.) javob qildi:

— Seni Alloh uchun ozod qilganman, ey Bilol!

Bilol qolgan umrini Islom chegaralarida o‘rnashib o‘tkazdi. Alloh va Rasuliga yo‘liqquniga qadar Alloh va Payg‘ambarimiz yaxshi ko‘radigan amallarda g‘ayrat ko‘rsatdi.

Uning kuchli, o‘tkir va g‘amnok ovozi azon aytib boshqa yangramadi. Sababi shuki, u azon aytarkan: "œAshhadu anna Muhammadar Rasululloh" jumlasiga kelganida xotiralardan qiynalib, ovozi bo‘g‘ilib qolar, kalima va iboralarga qo‘shilib ko‘zlaridan yosh jalasi quyilaverar edi.
Bilol so‘nggi marta Hazrati Umar (r.a.) Shomni ziyorat qilgan kunlari azon aytdi. Musulmonlar Bilolni bir martagina namozlariga azon aytib berishiga ko‘ndirish uchun mo‘minlar amirini vasila qilishdi. Hazrati Umar Bilolni yoniga chorladi. Namoz vaqti kirganida undan azon aytib berishini iltimos qildi.
Bilol mezanaga ko‘tarildi va azon aytdi... U azon aytar ekan, Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rgan sahobalar yig‘lab yuborishdi. Yig‘laganlarida ham oldin hech qachon ko‘rilmaganidek qattiq ko‘zyosh to‘kishdi. Eng qattiq yig‘lagan Hazrati Umar bo‘ldi... Manba

Qayd etilgan


ikbaljohn  31 Avgust 2009, 02:54:51

ChehMik, ЖАМШИДЖОА, IXLOS, Iqboljohn, Y_U_R_I_S_T, Akbar, Bayern M, Shoxjahon12 ga:

Savol: Tasavvur qiling siz rejissyorsiz. Qaysi mavzudagi va nima bilan bog’liq kinofilm olgan bo’lardingiz?

Savol uchun raxmat.Chehmik aytib o'tganlariday,tarixiy shaxslarimiz haqida kino suratga olgan bo'lardim.Tariximizda Dukchi Eshon,Polatxon kabi shaxlsar to'liq yoritib berilmagan.Kattagina sarmoya va professional aktyorlar yordamida Gollivud darajasida kino ishlasa bo'ladi

Qayd etilgan


Ansora  01 Sentyabr 2009, 14:46:26

A.alakum. Vatandan uzoq bo'lgan barchaga savol. Siz sog'inch juda kuchayib ketgan paytlari o'zingizni qanday ovutasiz?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Sentyabr 2009, 00:06:57

Abdulaziz akaga savol: Siz bir kunda forum uchun qancha vaqt ajratasiz va umuman internet uchun?

Qayd etilgan