Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1268539 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 145 146 147 148 149 150 151 152 153 154 155 ... 270 B


Abdullоh  21 Oktyabr 2009, 00:34:56

AbdulAziz, JarureUzb, Abdulloh, Abdulhafiz, Chehmik, Ikbaljohnga savol:
Siz guvohi bo'lgan eng ibratli yoki hayratlanarli to'y qanday bo'lgan edi?

Assalomu alaykum. Hali bunaqasi bo'lgani yo'q. Men ko'rgan to'ylarning ko'pchiligida Hojiboy Tojiboev rahmatlik aytganlaridek "urush" albatta bo'lardi.

Qayd etilgan


G_u_l_i  21 Oktyabr 2009, 07:03:09

Robiya, Mahdiya, Abdul_malik, G_u_l_i, Jamshidjon, Muhseena, Chustiy, Uzmus, Siddiqaga:
Siz yashayotgan yoki siz guvohi bo'lgan to'ydagi uchta eng yaxshi odat qaysi?

 :as:
Savol u-n tashakkur!
Bunaqa to`yga bor yo`g`i bir marotabagina guvohi bo`lganman, to`yda erkak-ayol aralash,musiqa qisqasi hech qanday ortiqcha dabdaba bo`lmagan.
Yana boz ustiga chiroyli ma`ruza to`yga yanada fayz bag`ishlagan, ammo men  u paytda islomni yaxshi tushunmasdim, shunga qaramay bu kabi  islomiy(sunnatga muvofiq)  to`ylar yaxshi taasurot uyg`otgan.

PS:Valiyma haqida yaxshi bir maqola o`qigan edim, sizlarga ham ilindim.
http://islom.uz/content/view/1273/108/

http://islom.uz/content/view/1272/108/

Qayd etilgan


G_u_l_i  21 Oktyabr 2009, 08:40:02

Robiya, Mahdiya, Abdul_malik, G_u_l_i, Jamshidjon, Muhseena, Chustiy, Uzmus, Siddiqaga:
Siz yashayotgan yoki siz guvohi bo'lgan to'ydagi uchta eng yaxshi odat qaysi?
:as:
Savol uchun tashakkur.Man uchun eng yaxshi to'y menimcha eng kam xarajatli,isrofgarchilik bo'lmaydigan to'ydir.Shaxsan o'zim qatnashmagan bo'lsamda eshitganman.Bir islomiy oila qizini uzatgandi.Ota-ona qarzga ham botgani yo'q.Bor holicha qiziga sep qildi.Kuyov taraf mebel ham boshqa narsa ham talab qilmadi.To'yida faqat bitta ovqat tortilgan,ammo hech kim bunga biron nima demagan.Chunki unda juda chiroyli davat bo'lgan ekan.Hammaning havasi keldi,haqiqiy islomiy to'y mana shu deb.

Shu to`y sabab bir qizning hijoblanishi menimcha eng tarafi bo`lgan edi.
(Adashmasam post men eshitgan to`y haqida edi)


Qayd etilgan


imlaah  23 Oktyabr 2009, 14:17:32

Muslima, Munira xonim, Imlaah, Kapalak opalarga:
Siz yashayotgan joydagi nikoh to'yi bilan bog'liq eng yomon odat qaysi(lar)?
Assalamu alaykum.
Juda go'zal savol bo'libdi tashakkur.
Yashayotgan joyimdagi nikoh to'ylarida  kelin va kuyov do'stlari bilan mashinalar korteji tuzib mashina signallarini baland qilib chalib yurib ketayotgan mashinada turfa qaltis harakatlar qilishi judayam yoqimsiz holat.

Qayd etilgan


Muslimа  23 Oktyabr 2009, 23:14:18

 :as:
Munira xonim, imlaah, saltanat, Kapalak xonimlarga savol:

1.   Jufti halolingiz internetdan foydalanishizga qarshilik qilmaganmilar?
2.   Netdan foydalanishda qandaydur chegara va hadlarni belgilaganmilar?
3.   Oilali ayollarning netdan foydalanishiga munosabatingiz?




Qayd etilgan


Muslimа  23 Oktyabr 2009, 23:16:05

mutaallimah, Mahdiyah, Hadija, Robiya, Muhseena, Munavvara, G_u_l_i xonlarga savol:

To’ydan keyin turmush o’rtog’ingiz sizga netdan foydalanishni ta’qiqlasalar qanday yo’l tutardingiz?

Qayd etilgan


Ansora  23 Oktyabr 2009, 23:26:31

:as:
Munira xonim, ilmaah, saltanat, Kapalak xonimlarga savol:

1.   Jufti halolingiz internetdan foydalanishizga qarshilik qilmaganmilar?
2.   Netdan foydalanishda qandaydur chegara va hadlarni belgilaganmilar?
3.   Oilali ayollarning netdan foydalanishiga munosabatingiz?





Savol uchun rahmat.
1. Ho'jayinim men hohladim deb internet oldilar uyga. Agar sen Universitet o'qimagan biri bo'lganingda internet olmagan bo'lardim. O'qigan odam, oq-qorani tushunadi, deb o'ylayman, degandilar. Qolaversa ilgari ham yozganimday, bir ziyouz forumiga a'zoman. Ho'jayinimga aytganimda, mayli O'zbekcha gaplashib turishing uchun, Vatanni sog'inchini bir navi bo'lsa ham ozaytirishing uchun kerakli, deb bu forumga rozi bo'lgandilar.
2. İnternetda hohlagan saytimga kirishim mumkin. Ho'jayinim uchun ham shunday.
3. Ayol bilan erkak orasida bir-biriga ishonch bo'lmaganidan keyin bu munosabatga "oila" deyish mumkin emas. Hatto do'stliklarda ham qarshingizdagi insonga ishonch berishingiz va olishingiz kerak, aforizmlarda yozganimdek, ishonch bo'lmagan joyda sevgi ham bo'lmaydi.
Ayol ham erkak ham aniq bir maqsad uchun, haloli bilan internetdan foydalansa albatta uni mevasini ko'radi. Keyin meni ho'jayinim kechalari ishlaydi bazan. U uyda bo'lmagan vaqtlari yana uning izni bilan ko'proq internetdan foydalanaman.
Har kim o'z vazifasini vaqtida, haqqi bilan bajarsa hech qachon anglashilmovchiliklar bo'lmaydi.
Butun holatlarda, har doim shaytonning sharridan Allohga sig'inishimiz kerak. Alloh adashtirmasin insholloh...

Qayd etilgan


Robiya  24 Oktyabr 2009, 01:53:53

:as:

Besabab bunday qilmasalar kerak.. Internet ta'qiqlansa, kirmayman-da :)

Umuman bo'lajak turmush o'rtog'im shariatda ta'qiqlanganu men qilib yurgan biror ishni qilmaysan desalar, albatta bo'ysunaman, o'z fikrimni bildirmasdan...

Qayd etilgan


G_u_l_i  24 Oktyabr 2009, 06:13:41

mutaallimah, Mahdiyah, Hadija, Robiya, Muhseena, Munavvara, G_u_l_i xonlarga savol:

To’ydan keyin turmush o’rtog’ingiz sizga netdan foydalanishni ta’qiqlasalar qanday yo’l tutardingiz?


 :as:
Savol u-n tashakkur!
Agar i-netdan foydalanmaysan desalar, foydalanmayman tamom.Kerakli ma`lumot, kitob kabi narsalarni o`zlari i-netdan topib olib kelib berishlarini iltimos qilardim.

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Oktyabr 2009, 07:09:00

mutaallimah, Mahdiyah, Hadija, Robiya, Muhseena, Munavvara, G_u_l_i xonlarga savol:

To’ydan keyin turmush o’rtog’ingiz sizga netdan foydalanishni ta’qiqlasalar qanday yo’l tutardingiz?


Assalamu alaykum.
Savol uchun tashakkur :)
Agar Alloh umr berib bir necha yillardan keyin o'sha vaqt kelib qolguday bo'lsa, bu haqida o'shanda o'ylashib ko'ramiz :)

Qayd etilgan