Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1268676 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 159 160 161 162 163 164 165 166 167 168 169 ... 270 B


Abdullоh  19 Noyabr 2009, 07:30:59

Mahdiyah, Lolo, siddiqa, Nurzoda, Muhseena, Uzmus, Ziyovuddin, Muhammad Amin, Hadija, TITAN-UZ, Muslima, Afruza, G_u_l_i, Abdulloh, ChehMik, Abdulhafiz, Robiyaga:

Болалигинингизда сзингиз иштирокингизда рсй берган снг кулгили ҳодисани сслай оласизми?

ЛС. Юқоридаги саволларга сна истаган юзер жавоб бериши мумкин.

Bolalik yillarim esimga tushub ketdi. Bolalik paytimda yig'lashga sabab bo'lgan ba'zi voqealarni eslasam, hozir kulgim kelyapti

***
Dadam menga yangi kompyuter olib bergandi. U paytlar 8-sinfda o'qirdim. Katta akamning kompyuterdan sabog'i bor bo'lgani uchun bir nimalarni o'rgatardi. Bir kuni akamning kompyuterda "Panel upravleniya" degan joyga kirib bir narsalarni o'chirayotganini ko'rdim. O'zim kompga kirgan paytim, men ham shu joyni ochdimda, bir-ikkita o'zimga yoqmagan narsalarnio'chirib tashladim. Sababi, ularning oldidagi rasmi hunuk ekan. Keyin, komp nimadur so'radi, "OK" ni bitt bossam, komp o'chib yondi. Keyin... keyin... Kompdagi yarliklar katta bo'lib ketibdi. Juda xunuklashib ketibdi. Qo'shiq ham aytmayapti. Keyin, sekin dadamning telini olib chiqdimda, katta akamga tel qildim. Unga, komp o'z-o'zidan shunday bo'lganini tushuntirdim. Akam, uyga boray o'zim ko'rib beraman dedi. Uyga kelib, kompni ko'rdi va bir balolar qilib to'g'riladi. keyin, mendan nima qilganding degandi, hech narsa deb javob berdim. keuyin akam, menga haligi "Panel uoravleniya" degna joyga kirdida mana bularni o'cjrib tashabsan, shunga bunday bo'lgan dedi. Lekin meni urushmadi, o'rniga "Ha, endi kompni ham buzib-buzib o'rganadida" degandi. Shu-shu, kompni tez-tez buzib, inshaAlloh hozirda birodralarimizga kompda muammo chiqsa yordam berib turibmiz, qo'ldan va kalladan kelguncha.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  19 Noyabr 2009, 08:03:55

Mahdiyah, Lolo, siddiqa, Nurzoda, Muhseena, Uzmus, Ziyovuddin, Muhammad Amin, Hadija, TITAN-UZ, Muslima, Afruza, G_u_l_i, Abdulloh, ChehMik, Abdulhafiz, Robiyaga:

Болалигинингизда сзингиз иштирокингизда рсй берган снг кулгили с›одисани сслай оласизми?

ЛС. Юсœоридаги саволларга сна истаган юзер жавоб бериши мумкин.

Chamasi 5 yoshlarda edim. Bir kuni akam, amaki akam qishloq yo'llarida o'ynardik. Bir payt katta bir moshina yo'ldan bizga qarab kelaverdi. Oldinlari bunaqa moshinani ko'rmaganman. Akalarim meni qo'rqitishdi. "seni olib ketishadi hozir, bular yosh bolalarni olib ketishadi" deb. Shunda qo'rqqanimdan uyga ovozimning boricha yig'lab yugurdim. Onam meni yig'lab kelganimni ko'rib meni yupatishga harakat qildi. Lekin o'shanda hatto uyga kelib xushimdan ketibman. Uydagilar rosa qo'rqishibdi. Shunchalik qo'rqqan ekanmanki o'zim ham hozir o'ylab kulgim keladi . . .   :D :D :D

Qayd etilgan


lolo  19 Noyabr 2009, 08:59:15

Imlaah, Munira xonim, Kapalak, saltanat, Robiya, Fatima, Hadija, Muhseena, siddiqa, G_u_l_i, Muslima, lolo, Nurzoda, Afruza, Munavvara,  Jamila, fotimahon, Мубина, Wild Flower, Kumush, Afifaxon, zuhrahon, Abdunaimova27...

Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi? (hikmatli so'zimi, nasihatmi...)


Assalamu alaykum! Raxmat savol uchun. Manga juda yoqti. Juda ko'p solih insonlarni gaplari xozir o'qiganimdek (yoki eshitganimdek) yodimda turadi. Shulardan bittasini etsam yetar, vallohu a'lam. Sheyh Albaniy rahimahulloh etganla: "Odamni tilidan ko'ra uni qilayotgan ishi gapiruvchiroq!"
Endi esa gapirayotgan gaplarimizaga bir qaraylik va qilayotgan ishlarimiz bn solishtiraylik!
Har qancha undayman, bundayman, deganimizzi amalimiz tasdiqlavattimi?!
Bundan tashqari, amali tasdiqlamayotgan ilmlini olimlar ustiga yuk ortib olgan eshshakka o'xshatishgan!

Qayd etilgan


lolo  19 Noyabr 2009, 09:04:49

Assalamu alaikoum!
Mahdiyahni postlarni o'qiyotib bir ibora mani juda o'ylantirib qo'ydi: "O'zini aqlli qilib ko'rsatish!" Bu iborani hayotta juda ko'p ishlatamiz, lekin baribir hayron qolasan, odam o'zini qanday qilib aqlli ko'rsatishi mumkin? Qani aytingchi AbdulAziz, shoir, Salmon Forsiy, uzmus, Ulugbek75, Kapalak, Munira honim va Hadija, bu iborani siz qanday sharhlaysiz, yoki manga o'xshab "Ha endi qozonda bori cho'michga chiqadi-da!" degan fikrdamisiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Noyabr 2009, 09:20:17

Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi? (hikmatli so'zimi, nasihatmi...)[/color]

Men bu aforizmni www.ziyouz.com ning yuqori qismiga doimiy muhrlaganman. Forumdagi imzomda ham bu buyuk insonning buyuk gaplari menga quvvat bag'ishlaydi:

Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Yana shu zotning buyuk fikrlaridan:

Sukut - mo'minning eng harir libosidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Noyabr 2009, 09:33:27

"O'zini aqlli qilib ko'rsatish!" Bu iborani hayotta juda ko'p ishlatamiz, lekin baribir hayron qolasan, odam o'zini qanday qilib aqlli ko'rsatishi mumkin?

Fikrimcha inson aqlsizlar yoki aqli, dunyoqarashi o'zidan ko'ra ancha past bo'lgan davradagina, o'shanda ham oniy holatda o'zini aqlli qilib ko'rsatishi mumkin. Masalan istalgan aktyor, biron olim ro'parasida olim roliga kirib, uni ishontira olmaydi.

Aql - insonning hatti-harakatlari, yurish-turishi muomalasi va xulqida doim namoyon bo'ladi. Aqliy kamolotga ilm hosil qilish bilan erishiladi. Ilmsiz inson o'zining qanchalik "aqlli deb ko'rsatish"ga urinmasin, undagi noqislik uning aqliy kamoloti yuksak emasligidan dalolat beraveradi.

Qayd etilgan


Muhseena  19 Noyabr 2009, 09:58:06


Бола бслса - шсх бслсин, деган гап бор. Ашлигингиздаги қилган қайси шсхлиг(лар)ингизни ҳалигача сслаб юрасиз? Ўшанда қандай воқеа юз берган сди?
:as:
Bolaligimni eslasam haliyam kulgim keladi,eng esda qolar gap yoshligimdan mani ko;pchilik o'g'il bola deyishardi,astag'firulloh,rosa sho'x bo'lganmanda :3.
Buvimlani hech tinch qo'ymasdim,o'liklar haqida,qabr haqida so'rayverardim.Insonni qanday kafanlanishi,buvamlarning vafotini so'rayverardim.Axiri buvim sen yosh bo'la turib boshqa narsani so'rasang bo'lmaydimi,hech qaysi nabiram bu haqida senchalik so'ramaydiya deb urishib bergandilar.Chunki har safar kelganlarida shuni so'rardimda.
***
8 sinf edim.Ukamni maktabdan olib ketayotganimda man tengi qizlar orqamdan kelib gap otishgan.Yaxshi qiz soatiz nechi bo'ldi? deb.Qiz bolaning orqadan gapirishi jahlimmi chiqarib yubordimi bilmadim,indamay oldiga borib,sumkam bilan tushirib qolganman  ;D
***
Bolaligimda singlim bo'lishini orzu qilardim.Bir kuni mahallamizg kichkina qiz adashib kelib qolibdi.Uni ko'rib hursand bo'lganimda do'stlashib,uyimga olib kiraman,meniyam singlim bor deb hursand bo'lib o'ynagan edim.1 soat o'tmay onasi qidirib topib kelgan.O'shanda yana hafa bo'lganman.Singlim bo'lmas ekanda deb  :)

Qayd etilgan


Bekmirzo  19 Noyabr 2009, 10:45:05


Бола бслса - шсх бслсин, деган гап бор. Ашлигингиздаги қилган қайси шсхлиг(лар)ингизни ҳалигача сслаб юрасиз? Ўшанда қандай воқеа юз берган сди?
Menda ham bitta hikoya bor edi. Bundan 1 oy oldin Arbuz forumida gapirib bergan ekanman :)

Xullas:

Moziy... O'sha vaqtlarda 10 yoshda edim.
Iyul oyi o'rtalari. Paxtazorda ishlash uchun chiqqan qizlar tush vaqtida ko'lda cho'milishardi, bu vaqtda kattaroq yoshli qizlar yigitlarni borini (o'zi quyosh ayni qizdirgan tush mahali ko'p yigit bo'lmasdi ko'lda) ko'lni huuv narigi chekkasiga haydab yuborardi. Ko'lning yonida 15 qatorli tutzor bor, pilladan keyin o'sganlari ham ancha uzun bo'lib ketadi, shunga kiyinish-yechinish xonasi tabiiy bo'lardi.
Uyimiz ko'ldan atigi 200 metr narida. Tushlik qilib bo'lgach, kitob o'qib o'tirsam, qiyqir-qiyqir qizlarning ovozlari eshitilib qoldi. Qo'shnimizni o'zimdan bir yosh katta o'g'lini chaqirvolib, "ketdik, qizlarni poylaymiz" dedim
Bordik tutzor oralab. Qizlar cho'milishyapti. Kuzatdik. Vah-vah, qishlog'imizni bir-biridan barno va go'zal qizlari hamma kiyimlarni suv chekkasida qoldirib, faqat bitta ko'ylak bilan cho'milib yurishibdi.
Vah-vah, deb sekiin tutzordan chiqib boribmiz deng
- Assalomu alaykuuum, opalar!
- Bor, yo'qol!
- Bizaram cho'milgani keluvdik.
- Bor, yo'qol, huuuv naryoqqa boringlar!

Mayli, dedigu, qizlarni kiyimlarini olvolib, qochdik.
50 metr nariga bir teparoq joyga borib o'tirvoldik. Endi qizlarni yalinishini ko'rsangiz.
- Bekmirzo, kiyimlarimizni ber. Uyga boraylik, qorin ochdi.
- Yo'q.
- Kiyimlarimizni ber!
(shu payt qo'shnim qulog'imga bir nima deb shivirladi, bir kulishvoldik):
- Kim menga muchchi bersa, o'shani kiyimini beraman.
(bitta shaddodrog'i bor edi, o'sha chaqirib qoldi):
- Ke, men senga muchchi beraman.

Qizlar hammasi hali suvda. Bir xillari dunyoga beparvo, uzun ko'ylagi suv ustida parashyutday shishib, suzib yuribdi qiyqir-qiyqir qilib.
Boyagi shaddod qizni kiyimini olib, sekin uyaliiib bordim muchchi olish ilinjida va tezroq qochish payida. Muchchini o'rniga bir mahal kutilmaganda qarsillatib shapaloq tortmoqchiydi, qochib qoldim.
"Otangga aytib beramiz seni", deyishgach, hammasini kiyimini qaytarib kelib berdik.

Ehhh, bolalikda sho'x vaqtlarimiz ham bo'lgan ekan ancha...

Tongda derazamdan siniq nur tushar,
Ne tongkim, bugun ham namlidir ko'zlar.
Axir, tushimda ham suvlar sepishar,
Ko'ylaklari bilan cho'milgan qizlar...


;)

Qayd etilgan


Ansora  19 Noyabr 2009, 14:36:58

Assalamu alaikoum!
Mahdiyahni postlarni o'qiyotib bir ibora mani juda o'ylantirib qo'ydi: "O'zini aqlli qilib ko'rsatish!" Bu iborani hayotta juda ko'p ishlatamiz, lekin baribir hayron qolasan, odam o'zini qanday qilib aqlli ko'rsatishi mumkin? Qani aytingchi AbdulAziz, shoir, Salmon Forsiy, uzmus, Ulugbek75, Kapalak, Munira honim va Hadija, bu iborani siz qanday sharhlaysiz, yoki manga o'xshab "Ha endi qozonda bori cho'michga chiqadi-da!" degan fikrdamisiz?


V.assalom.
Aqlli insonni boqishlari ham, qarashlari ham aqlli bo'ladi....

"O'zingni Aqqli qilib ko'rsataman, deb qiynalguncha indamay tur, hech bo'lmasa aqlsizligingni ko'rsatmagin", deyishadi-ku...

Qayd etilgan


Ansora  19 Noyabr 2009, 14:46:24

Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi? (hikmatli so'zimi, nasihatmi...)

Payg'ambarimizni Hadis-i Shariflari bor, mazmunan shunday:

"O'zining gunohlarini o'ylashdan boshqalarni gapirishga vaqt topa olmagan mo'minga mujdalar bo'lsin"...

Qo'limdan kelguncha shu hadisni o'ylashga harakat qilaman...

Aforizmlarni ham,maqollarni ham juda yaxshi ko'raman. Chunki har biri tajribaning mahsulidir....

Eng yaxshi ko'rgan maqolim: "Avval o'zingga boq, keyin nog'ora qoq"....

Qayd etilgan