Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1268586 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 213 214 215 216 217 218 219 220 221 222 223 ... 270 B

Xolms  04 Avgust 2010, 11:04:11

:bsm:
 :as:
Men ham meni qiziqtirgan savollarni yozib o'tsam ruhsatilar bilan  :)
Forumning yoshlari va yoshlarni ko'rib turgan ota-onalarga savollar:
1.O'zbek o'g'loni va qizining milliy kiyimini qandey tasvirlesiz?
2.Ohirgi zamon yoshlarining kiyimlari milliylikka to'g'ri keladimi?
3.Ayni yozning issiq kunlarida ko'payib borayotgan kalta-kulta shim, shalvar ... shularni kiyib yurilishiga e'tiboringiz?
4.Ko'chada ketayapsiz bir yigit yoki qiz 3-savoldegi holatda?Unga nima degan bo'lardingiz?

1. Endi ukam, o'zbek milliy kiyimlarini tasvirlash qiyin emasuu, lekin ayni paytda kiyib yurish muammo.
2. Hozirgi yoshlarning kiyib yurgan kiyimlari milliylikdan ancha yiroqda, hususan bizni kiyinishimiz ham. Sababi yaktak va shalvar bilan ishlab bo'lmedi. Buni o'zizng ham yaxshi bilasan !!!
3. "Hammani o'z oyog'idan osadi"- degan maqol bor. Demek, har kim o'zi ishi uchun o'zi javob beradi...
4. Indamasdan yerga qarab o'tishdan boshqa iloj qolmayapti.

Savollar uchun tashakkur....

Qayd etilgan

Habib  04 Avgust 2010, 14:19:40

:bsm:
 :as:
Men ham meni qiziqtirgan savollarni yozib o'tsam ruhsatilar bilan  :)
Forumning yoshlari va yoshlarni ko'rib turgan ota-onalarga savollar:
1.O'zbek o'g'loni va qizining milliy kiyimini qandey tasvirlesiz?
2.Ohirgi zamon yoshlarining kiyimlari milliylikka to'g'ri keladimi?
3.Ayni yozning issiq kunlarida ko'payib borayotgan kalta-kulta shim, shalvar ... shularni kiyib yurilishiga e'tiboringiz?
4.Ko'chada ketayapsiz bir yigit yoki qiz 3-savoldegi holatda?Unga nima degan bo'lardingiz?

1. Avratlarni yopib turadigan kiyim kabi.
2.Oxirgimi zamonmi, hozirgimi zamonmi?
2-savol, 3 va 4 -savolllarizga ulgurji javob beraman ;)
Ochiq kiyinish ohirgimi, yangimi, hozirgimi zamonmi,qat'iy nazar hech qanaqisiga to'gri kelmaydi.
Shalvarmi, shortikmi? Erkaklar tizzasini yopuvchi shortik kiysa bo'ladiku?!
3-savolingizga hamma ham salbiy javob beradida. Yo kimdur"Ha,ularni ko'rganda yoqadi, ko'zlarim bilan zino qilaman!Yuraversin,bunaqalar ko'paysin" demaydiku!?
Yigit kishini shortigi kalta bo'lsa aytaman, yahshimas, seni ko'rgan odamni ko'nglini aynitma deb. Qiz bolaga gapirsez, "sizga nima, o'zim bilaman" desa hijolat bo'b qolasan odam.

Qayd etilgan

Shoxruh Mirzo  08 Avgust 2010, 08:32:07

:bsm:
 :as:
Men ham meni qiziqtirgan savollarni yozib o'tsam ruhsatilar bilan  :)
Forumning yoshlari va yoshlarni ko'rib turgan ota-onalarga savollar:
1.O'zbek o'g'loni va qizining milliy kiyimini qandey tasvirlesiz?
2.Ohirgi zamon yoshlarining kiyimlari milliylikka to'g'ri keladimi?
3.Ayni yozning issiq kunlarida ko'payib borayotgan kalta-kulta shim, shalvar ... shularni kiyib yurilishiga e'tiboringiz?
4.Ko'chada ketayapsiz bir yigit yoki qiz 3-savoldegi holatda?Unga nima degan bo'lardingiz?

1.O'g'lonlari yaxtakda, qizlari atlasda deganim bilan hech kim kiymasa?
Sovuqroq paytlada, choponda, qizlar lozimlada...va h.k. desagu hech kim kiymasa?

2.Menimcha ohirgi zamon deganda hozirgi zamondagi yoshlarning kiyimini aytyapsiz? Milliylikka to'g'ri kelmaydi.

3. Yigit kishini avrati tizzasigacha bo'lgani uchun tizzadan tushadigan kiyim bo'lsa yaxshi, lekin tizzalaridan yuqorida kiyinishsa, salbiy munosabatda bo'lar edim.

4.ALLOH senga insof bersin degan bo'lardim!

Qayd etilgan

N.Nodirbek  08 Avgust 2010, 18:06:12

:bsm:
 :as:
Men ham meni qiziqtirgan savollarni yozib o'tsam ruhsatilar bilan  :)
Forumning yoshlari va yoshlarni ko'rib turgan ota-onalarga savollar:
1.O'zbek o'g'loni va qizining milliy kiyimini qandey tasvirlesiz?
2.Ohirgi zamon yoshlarining kiyimlari milliylikka to'g'ri keladimi?
3.Ayni yozning issiq kunlarida ko'payib borayotgan kalta-kulta shim, shalvar ... shularni kiyib yurilishiga e'tiboringiz?
4.Ko'chada ketayapsiz bir yigit yoki qiz 3-savoldegi holatda?Unga nima degan bo'lardingiz?

1. Yigitlarimiz milliy kiyimlarni kiymaydilar, lekin oddiy(rangli bo'lmagan)shim, ko'ylak (oq bo'lsa yaxshiroq)  va allbatta milliy do'ppi bo'lsa har qalay milliyligimizga mos kelardi.
2.  Hammaniki har xil, ko'proq yo'q
3. Bu kiyimlar mentalitetimizga va shariatimizga zid.
4. Alloh insof bersin.

Qayd etilgan

AbdulAziz  10 Avgust 2010, 11:04:53

Assalamu alaykum!
Mana, yana bir necha soatlardan so'ng qalblarimizga sakinat, xotirjamlik, yuzlarimizga tabassum keltirib, muborak Ramazon oyi xonadonimizga tashrif buyuradi.
Ushbu muborak ayyom bilan barchangizni tabriklayman.

Mana shu Ramazon xotiralari bilan o'rtoqlashmoqchi bo'lib, sizga savollarimni taqdim etsam. Istagan user unga javob berishi mumkin:

1. Ilk marta ro'za tutganingizni eslay olasizmi?

2. Yoshlikdagi ilk ro'zangizni qachongacha tutgansiz? (Odatda yosh bolalar saxarlikka turib olishadi-da, so'ng ertalabdayoq ro'zalarini ochib yuborishaveradi. Keyin iye, ro'zangiz ochilib ketdi-yu, desangiz, "iii bilmappan" deb afsus qilishadi : )

3. Shukrki, bizning davrimizda ro'zani majburlab ochirib yuborishlar bo'lmadi. Biron sabab bilan ro'zangini ochib yuborgan paytlaringiz bo'lganmi?

4. Ramazon kirishidagi eng fayzli daqiqa siz uchun nima?

5. Ilk tarovih xotiralarini eslay olasizmi? Qizlarga: Siz tarovih namozi o'qiganmisiz?

6. Ramazon, ro'za bilan bog'liq qiziq xotiralarni eslay olasizmi?

7. Ro'zani hurmat qilmaydigan "musulmon"larga qanday munosabatda bo'lgansiz?

Qayd etilgan

AbdulAziz  10 Avgust 2010, 11:27:39

1. Aniq eslay olmayman. Lekin 5-6 yoshimdan ota-onam saxarlikka turishsa, men ham turib olardim va saxarlikdagi anvoyi ne'matlardan bahramand bo'lardim.

2. O'zi bolalikdagi ro'za qiziqishdan boshlanadi. Dastavval, saxarlikdagi ne'matlardan bebahra qolib ketmaslik uchun saxarlikka ham turib olasiz. Keyin esa o'yin bilan ovora bo'lib, u-bu narsa yeb qo'yganingizni ham bilmay qolasiz. Lekin shunda ham o'zingizcha ro'za tutyapman deb o'ylayverasiz. Orada suv ham ichib olasiz. Ko'zingizga chiroyli ko'ringan mevani ham paqqos tushirasiz. Kechqurun esa xuddi ro'zadorlardek, xurmo bilan ro'zangini ochasiz. Menda ham shunaqa xotiralar.

3. Ikkinchi sinfdaligimda Ramazon Navro'z paytiga to'g'ri kelgandi. Shaharda katta pishiriqlar ko'rgazmasi bo'lgandi. Shunda maktabdan biz ham ishtirok etgan edik. Atrof to'la anvoi ne'matlar. Hammasidan tatib ko'rish bepul. Men o'sha kuni ro'za tutgan edim. Qancha qistashsa ham ochmagandim.
Yoshligimda rosa yozning saratonida nafl ro'za tutib olgan edim. Uning ustiga o'sha paytda uyimizda qurilish ishlari ketar edi. Tushlikkacha chidaganman. Qolganiga esa tashnalik yo'l qo'ymagan.

4. Arafa kunidagi ilk tarovih, ilk saxarlik. Buvimning "Ramazon, xush keldingiz!" deb turib, ta'zim qilishlari...

5. Eslayman. Yosh bola edim. O'shanda namoz o'qishni bilmas edim. Namozda gaplashsa ham bo'laveradi, deb o'ylardim. Birinchi tarovihda yonimdagi bola namozdagi zikrlarni qilayotganidan taajjublanib, "iye, siz namoz o'qishni bilasizmi?" deya u bilan suhbat qilgandik.

6. Ukam yoshligida saxarlikka turgazmasak, ertalab turvolib yig'lardi :)
Yana eslasam yozib qo'yaman.

7. Afsuski so'nggi paytlarda bunaqa holat ko'p uchrayapti. Ramazon payti bemalol kovshanib yurgan kishilarni ko'rish yangilik bo'lay qoldi. Yaqinroq, men taniydiganm inson bo'lsa, unga tanbeh berganman. Begonalarga esa e'tibor bermaslikka harakat qilaman.

Qayd etilgan

Habib  10 Avgust 2010, 11:52:57

Assalamu alaykum!
Mana, yana bir necha soatlardan so'ng qalblarimizga sakinat, xotirjamlik, yuzlarimizga tabassum keltirib, muborak Ramazon oyi xonadonimizga tashrif buyuradi.
Ushbu muborak ayyom bilan barchangizni tabriklayman.

Mana shu Ramazon xotiralari bilan o'rtoqlashmoqchi bo'lib, sizga savollarimni taqdim etsam. Istagan user unga javob berishi mumkin:

1. Ilk marta ro'za tutganingizni eslay olasizmi?

2. Yoshlikdagi ilk ro'zangizni qachongacha tutgansiz? (Odatda yosh bolalar saxarlikka turib olishadi-da, so'ng ertalabdayoq ro'zalarini ochib yuborishaveradi. Keyin iye, ro'zangiz ochilib ketdi-yu, desangiz, "iii bilmappan" deb afsus qilishadi : )

3. Shukrki, bizning davrimizda ro'zani majburlab ochirib yuborishlar bo'lmadi. Biron sabab bilan ro'zangini ochib yuborgan paytlaringiz bo'lganmi?

4. Ramazon kirishidagi eng fayzli daqiqa siz uchun nima?

5. Ilk tarovih xotiralarini eslay olasizmi? Qizlarga: Siz tarovih namozi o'qiganmisiz?

6. Ramazon, ro'za bilan bog'liq qiziq xotiralarni eslay olasizmi?

7. Ro'zani hurmat qilmaydigan "musulmon"larga qanday munosabatda bo'lgansiz?

Va Alaykum Assalom!
Sizga katta rahmat, doim shunday mazmunli savollar bilan insonlarni fikrlashga,eslashga  sababchi bo'layotganingiz uchun.

1. Maktabda o'qib yurgan kezlar bo'lsa kerak adashmasam. Qolgani esimda yo'q ;)
2. Albatta,siz aytgan holatlar bo'lgan. Tushlikkacha bo'lardi asosan menda ;)
3. Xa bo'lgan. Lekin nima sabab bilanligini aniq eslay olmayman.
4. Shubhasiz-iftor vaqti.
5.Xa eslaymanda. U kunlarni unutish gunohku! Tarovih namozlaridagi tanaffuslarda "Subhanazilmulkival" tasbehini mikrofonda  3 marta aytardik biz. ;) Amakilar kichkina bollar o'qisin deb asosan bolalarga berishardi mikrofonni.
6.Ramazon aytib eshikma-eshik yurganlarimizda ;) U beg'ubor vaqtlar hamon ko'z o'ngimda.  ::)
7.Katta bo'lgach, esimizni tanigach, ro'zada ko'za bo'lib yuradigan, manfur ishlarni Ramazon oyida ham qiladiganlarni jinimiz suymaydigan bo'lganmiz. O'tgan yili ham ro'zada ichib yurganlarni ko'rganmiz. Undaylarga Alloh o'zi insof bersin!

Qayd etilgan

AbdulAziz  10 Avgust 2010, 16:11:50

6. Ramazon, ro'za bilan bog'liq qiziq xotiralarni eslay olasizmi?

Bu voqeani dadam hikoya qilib bergandilar:
"Bir birodarimiz iymonga kelib, Ramazon oyida ro'zani boshlab, bizni iftorlikka taklif etdi. Iftorlik marosimida yana 10-15 tanishlar, mahalla vakillari bor edi. Og'izni ochib, biroz tanovul qilganimizdan keyin shom namozini o'qishga kirishdik. Uy egasi ham biz bilan namoz o'qidi.
Imom namozni tugatayotib:
- Assalamu alaykum va rahmatulloh, deb salom bergan ham ediki, uy egasi:
- Assalomu alaykum, Ibrohim aka! Assalomu alaykum Ibrohim aka! - debdi Kulgi
Uy egasining ismi Rahmatulloh bo'lib, namoz oxirida otini aytib salomlashish kerak ekan, imom menga salom berdi, men ham unga salom berib qo'yay deb o'ylagan ekan. : )

Qayd etilgan

As-Samarqandiy  10 Avgust 2010, 17:07:24

Bismillohir rohmanir rohiym!

Sizga ham mohi Ramazon muborak bo'lsin, AbdulAziz aka! Tilaklaringiz uchun katta rahmat. Bo'lmasa men ham beg'ubor bolalikni bir eslaychi.

1. Ilk marta ro'za tutganingizni eslay olasizmi?
 - Ha, eslay olaman. Aniq qachonligini eslay olmaymanu, ammo ro'za tutganim hamon yodimda.

2. Yoshlikdagi ilk ro'zangizni qachongacha tutgansiz? (Odatda yosh bolalar saxarlikka turib olishadi-da, so'ng ertalabdayoq ro'zalarini ochib yuborishaveradi. Keyin iye, ro'zangiz ochilib ketdi-yu, desangiz, "iii bilmappan" deb afsus qilishadi.
 - Birinchi marta tutgan ro'zamni baholi qudrat, istisno tariqasida ba'zida buzilib qolganini hisobga olmasam ertalabdan kechgacha tutganman. Bilmasdan bir narsa yeb qo'ysam ham ro'zamni ochib yubormaganman, chunki ataylab yeb qo'ymagan edim. Ollohni o'zi kechirsin deb ro'zamni buzmaganman.

3. Shukrki, bizning davrimizda ro'zani majburlab ochirib yuborishlar bo'lmadi. Biron sabab bilan ro'zangini ochib yuborgan paytlaringiz bo'lganmi?
 - Yo'q, bunaqa holat bo'lmagan. Hayotda ozgina o'rligim bor, o'rligim tutib qolsa fikrimdan hech qachon qaytmayman.

4. Ramazon kirishidagi eng fayzli daqiqa siz uchun nima?
 - Ramazon oyini kirishining o'zi eng fayzli daqiqa men uchun. Kun o'tgan sayin fayzga fayz qo'shilib boraveradi.

5. Ilk tarovih xotiralarini eslay olasizmi? Qizlarga: Siz tarovih namozi o'qiganmisiz?
 - Yoshligimda hech ham namoz o'qigan emasman.

6. Ramazon, ro'za bilan bog'liq qiziq xotiralarni eslay olasizmi?
 - Ramazon oyi edi. Oilada kichkintoylardan men, kattalardan esa hamma birgalikda saharlikka turdik. Tushlik paytlarimidi yoki keyinroq, bunisini aniq bilmayman, uyga kelsam onajonim dasturxon tuzab, tortinibgina tamaddi qilayaptilar. Men hayron. Onajonimdan nimaga ro'za bo'lib ovqatlanayotganini so'rasam, buzib qo'ydim dedi iymanib. Men esa buzgan bo'lsangiz, bilmagansiz, mana bu kitobda, bilmay bir nima yem qo'ysa ro'za ochilib ketmaydi deb yozib qo'yibdi deb onamning bu qilig'ini tanqid qilsam. Onam aytdilarki, "Xo'p, og'lim keyin qarzimni tutib beraman". Nega ro'zasini ochganligiga endi fahmim yetyapti.

7. Ro'zani hurmat qilmaydigan "musulmon"larga qanday munosabatda bo'lgansiz?
 - Ro'za tutmay yurgan odamlarni, ro'zani hurmat qilmaydi deb hech o'ylamaganman. Ro'za tutmasa sog'ligiga to'g'ri kelmasa kerak deb o'ylardim. Ammo bir narsa hali ham esimdan chiqmaydi, bu holat meni haqiqatdan juda ham hafa qilgan edi. Talabalik yillarimda kungilli bo'lib paxta yig'ib terimiga chiqar edik. Ayni paxta terimi payti, kuz kirib qolgan, muborak ro'za oyi ushbu paytlarga to'g'ri kelgan edi. Ollohning o'zi kechirsin, men ham u paytlar ro'za tutmagan edim. Bu oyga hurmatim beqiyos bo'lgani uchun, ichimdan ezilardim. Shunday kunlarning birida biz tushgan qishloqning bir chekkasida to'y bo'ldi, ya'ni bir uylanalmay qolib ketishidan qo'rqqan vatandoshimiz, dindoshimiz dang'illama to'y qilib, elu yurti ziyofatga chaqirgan edi. Bu holatni o'z ko'zim bilan ko'rishni hech hohlamagan edim (shaxsan mehmon bo'lmaganman, yo'l - yo'lakay ko'zim tushgan). Ollohimning o'zi har bir bandasiga insof bersin,Ilohim!

Qayd etilgan

Abu Muso  10 Avgust 2010, 17:16:11

Ilk tarovih xotiralarini eslay olasizmi?

 :as:

1990-yillar edi... Ilk bor ro'za tutganmiz va 5-6 birodarlar birlasib, bittamiznikida

og'iz ochganmiz. Taroveh qanday o'qilishini kitobdan o'qiganmizu, ammo bilmaymiz.

Keyin, "yarq" etib bir fikr keldi: mahallada masjid bor-ku! Masjidga yetib borsak,

7-8 ta keksa qariyalar tarovehni o'qib bo'lib chiqishayotgan ekan. Bizlarga yovqarash

qilib avvaliga ikkilanishdi, keyin esa "kalitni gilamcha ostiga qoldiringlar", deb chiqib

ketishdi. Masjid o'zimizga qoldi... : ) Ichkariga kirdik, ne ko'z bilan ko'raylikki tarixiy

masjid mahallaning "qizil burchag"i bo'lgan va yaqin kunlarda 5-6 qariya ruhsat olib,

taroveh o'qishayotgan ekan. Mehrobning o'ng tomonida Leninning(Astag'firulloh),

chap tarafida esa Marksning odam bo'yi baravar portreti osig'liq, tepada esa

"KPSS ga shon-sharaflar" degan qizil lozunga ilingan turardi... Burchaklar esa,

qizil lozunkayu-bayroqlarga to'la. Hayratdan lol qotib qoldik, keyin darrov tozalashni

boshladik. Portretlarni uloqtirgincha ilhomlanib ketib, "Allohu akbar", deb baqiramiz.

Huddi "Risolat" filmida Ka'ba butlardan tozlangandagi holat... Qilgan ishimizdan juda

ham mamnun bo'ldik. Mehrob tozlangach, taroveh o'qidik. Ammo hech birimizni

birimizdan ustun bilmay 5 og'ayni 4 rakaatdan imomga o'tib, tasbehsiz amallab o'qidik.  ;D

Bu o'qigan taroveh namozimiz va ilk Ramazondan qolgan xotirani sira unutmayman...

Allohga hamdlar bo'lsinki, bor yo'g'i 20 yil o'tibdiyu, ammo birovga aytsa ishonish qiyin

bo'lgan afsonaga aylandi o'sha voqea... Bir umr afsona bo'lib qolsin o'sha kunlar!

Qayd etilgan