1. Bir yigitga qirq hunar oz degan maqol bor. Shunga ko'ra ko'pchilik muslimlarni tikuvchilik, ayollar sartaroshligi, nonvoylik, zardo'zlik va h.k kasb-hunarlarda uchratyapmiz, sizning fikringizcha bunday kasblarda ularning ishlashlari qanchalik to'g'ri ayniq tikuvchilik va nonvoylik kasbi borasida va o'zingiz ham bu kasblardan habardormisiz, tandirda non yopganmisiz?
Sanoati rivojlangan davlatlarda, masalan, Turkiya jumhuriyatida bugunga kelib er kishilarning tikuvchilik qilayotganini ko'plab uchratishimiz mumkin. Bu normal holat. Shu bilan birga ular o'z kasblarining mohir ustalari hamdir...
Ayollar sartaroshi bo'lgan shaxs muslim emas, yoki bo'lmasa unda "ayollikka" moyillik bor bo'lsa kerak...
Novvoylik bir muncha mashaqqat talab etadi, bu kasb egalariga hurmatim baland...
Zardo'z faqatgina zardo'zlik bilan cheklanmasdan balki, yana boshqa hunarlarning ustasi bo'lsa ma'qul deb o'ylayman...
Siz sanab o'tgan kasblarni ilgari xech qilmagan ekanman, ba'zida Habib birodarimiz takidlab o'tgan tugma tikish va ba'zi bir shunga o'xshash tikuv ishlarini xisobga olmaganda...
2. Sizningcha Mardlik nima, unga qanday ta'rif berasiz?
Halifa Umar ibn Hattob raziyallohu anhu xalqqa qarata hutba qilayotib "maxr puli"ning haddan tashqari oshib ketayotganini tanqid qiladi. Shunda bir ayol o'rnidan turib,
"ey Umar Alloh taolo Qur'oni Karimda "Agar tog'chalik mahr bersangizlar ham" deb, ruxsat berib qo'ygan bo'lsa-yu, sen nega odamlarni mahrdan chegaralayapsan?!" - dedi. Mo'minlarning Amiri Umar
"Bu ayol to’g’ri aytdi, Umar noto’g’ri aytdi, Alloh taoloning kalimasi haqdir!" - deb javob qaytardi... Har qanday holatda Haq kelganda uni qabul qilish mardlikdir...
3. Tassavvur qiling siz uchun qadrli bir insonning betobliklari sabab og'ir dardga chalinganlar, doktorlarning fikricha ularning o'limlariga sanoqli kunlar qolgan, bunday vaziyatda yaqiningiz uchun nimalar qilgan bo'lardingiz?
Bu dunyoda ularga armon bo'lib qolgan nimaiki istaklari bo'lsa Alloh qodir qilgancha ado etib berishimni aytgan bo'lar edim. Hamda qanday vasiyatlari bo'lsa zimmamga olishga harakat qilar edim.
4. Qurbon hayitida ilk hadiyangiz va sovg'angizni eslay olasizmi?
To'g'risi Iyd bayramlari bizning qon-qonimizga singib eng katta bayramlarimizdan bo'lganligi uchun uni juda yoshlikdan nishonlab kelamiz. Shu sabab ilk hadyamni aniq eslay olmayman. Lekin har safar o'z yaqinlarimga shirinlik ulashim odat tusiga kirib qolgan...
Savollar uchun tashakkur, e'tibor uchun rahmat.