"œQutadg’u bilig" asari haqida.
Yusuf Xos Hojib o’z asarini yozish uchun juda katta tayyorgarlik ko’radi: Chin (Xitoy), Mochin (Sharqiy Turkiston), Eron va Turon bo’ylab safar qiladi. U yerdagi turli madaniy-adabiy, tarixiy yodgorliklarni o’rganadi. Shuning uchun ham asarga o’z davrining nihoyatda ahamiyatli bo’lgan rang-barang mavzularini qamrab oladi. "œQutadg’u bilig"
("œBaxt — saodatga eltuvchi bilim") asari hijriy 462-yilda, milodiy 1069-1070 yillarda yozilgan. Asarni yozish uchun muallif 18 oy (bir yarim yil) vaqt sarflaydi. Kitob Qashg’ar hukmdori Tamg’ach ulug’
Bug’ro Qoraxon Abo Ali Hasan binni Arslonxonga tortiq qilingan va buning evaziga muallif Xos Hojib (muqarram, eshik og’asi) lavozimi bilan taqdirlangan. Shundan keyin u Yusuf Xos Hojib nomi bilan shuhrat qozongan. Turkiy adabiyotda aruz vaznidagi dastlabki yirik tajribani Yusuf Xos Hojib boshlab bergan. U o’z asarini mutaqorib bahrida yozgan, tajnisli qofiyalarni ishlatgan. Adib so’z qudratini , ona tilining ichki imkoniyatlarini nozik darajada his etadi. U tilni "œbilim va aql-idrok tarjimoni" deb ataydi va "œmen turkcha so’zlarni yovvoyi shoh kiyigi singari deb bildim, shunga qaramay ularni avaylab-asrab qo’lga o’rgatdim", deb yozadi. "œQutadg’u bilig" pandnoma asar bo’lib, unda to’rtliklar, bahor madhi, tilning fazilati, foyda va zararlari, bilim, o’quv-idrok farqi, bir yigitga qirq hunar ozligi haqida fikrlar keltirilgan. Asarda keltirilgan quyidagi to’rtlikni turkiy yozma adabiyotda yaratilgan dastlabki tuyuqlardan biri deb dadil aytish mumkin:
Qayu yerda bo’lsa o’qush bila o’g, (aql)
Ani er atag’il, necha o’gsa, o’g (maqta)
Uqush, o’g, bilig kimda bo’lsa tugal,
Yavuz ersa kaz te, kichik ersa — o’q (ulug’la)
Mazmuni: Qaysi bir kishida aql va zakovat bo’lsa,
Uni (haqiqiy) kishi deb atagin, qancha maqtasang maqta.
Zakovat, aql, bilim kimda yetuk bo’lsa,
Yomon bo’lsa (ham) yaxshi de, kichik bo’lsa (ham) katta deb bil (ya’ni ulug’la)
Adibning bu asarini vatan, el-yurt madhiyasi deb atash mumkin. Yusuf Xos Hojib hukmdor va saroy ahlini oqil bo’lsihga, adolat bilan ish yuritib, mamlakatni obod va elni shod-xurram qilishga da’vat etadi. Asarda muallif o’xshatish (tashbeh) san’atini juda o’rinli qo’llagan.
Qadni dolga (yoyga), yuzni oyga, tiriklik (hayot)ni rabotga, yigitlikni arg’umoqqa, bilimni kimyoga, mash’alga, so’zni zaharga, shakarga, ko’ngilni dengizga, shishaga, zolim amaldorlarni bo’riga, xalqni qo’yga va bekni qo’ychivonga o’xshatish yozma adabiyotda an’anaga aylangan. Yusuf Xos Hojib yilqi (hayvon) obrazini nodon, bilimsiz, zakovatsiz, ochko’z va umuman yomon xulqli kishiga nisbatan, bo’ri obrazini lashkarboshi, yov-dushman, mard, er, o’lim kabilarga nisbatan qo’llagan. Lahskarboshining kuchliligi, yovga dahshat solishi arslonga, doimiy hushyorligi zag’izg’onga, baquvvatligi qoplonga, hujumkorligi va dushmanga hamlasi to’ng’izga, mardonavorligi bo’riga, jangda mohirligi, hiylakor va tadbirkorligi tulkiga, shiddati ayiqqa, qasoskorligi qo’tos va tuya erkagiga o’xshatilgan. "œQutadg’u bilig" istioralari ham o’ziga xos. Tun bir o’rinda "œqora yuz bog’i" istiorasi bilan ifodalansa,, boshqa o’rinda "œzangi yuzi", "œsevuglar qoshi", "œqora soch bo’dug’i", "œqora ko’ylak", "œzog’ rangi", "œhabash qirtishi", "œtul to’ni"
, "œqunduz terisi" istioralari bilan ifodalangan. Shoir yigitlikni kezuvchi bulutga, yoshlikdagi yuzni arg’uvonga, sochni ipakka, qomatni qayin va o’qqa tashbeh qiladi. Yigitlikni "œtiriklik tatg’i", "œqamug’ ko’rk", "œsevug jon sevunchi" deb ataydi. Asarda keltirilgan "œBahor madhi"ni turkiy adabiyotdagi ilk qasida sifatida baholash mumkin. Bu qasida
59 banddan
6500 bayt,
73 fasl (bob)dan iborat. "œQutadg’u bilig"ni
chinliklar "œAbadul-mulk", mochinliklar "œOyinul mamlakat", Sharqda "œZiynatul umaro", eronliklar "œShohnomai turkiy" yoki "œPandnomai muluk", turonliklar "œQutadg’u bilig" deb atashgan. Yusuf Xos Hojib esa o’z asarini "œTurkiy shohnoma" deb atagan.
Bu asarning
uch qo’lyozma nusxasi ma’lum. Bu nusxalar "œVena" (yoki "œHirot",), "œQohira" va "œNamangan" (Namangan nusxasi namanganlik Muhammadhoji Eshon Lolarish shaxsiy kutubxonasidan olingan) nusxalari deb yuritiladi. Uning XV asrda Hirotda ko’chirilgan nusxasi uyg’ur yozuvida bo’lib, qolgan ikki nusxasi arab yozuvidadir. "œQutadg’u bilig" XII-XIV asrlarda Yevropada
"œzersal" deb nomlangan janrning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan. BU dostonda to’rtta asosiy masala qo’yilgan va bu masalada to’rt majoziy obraz qiyofasida ifodalangan.