Hijobni o'qish joyidami yoki boshqa joydami hech kimning majburlab yechtirishga qonuniy haqi yo'q.
Bunday paytda avvalo yaxshilab gaplashish kerak. Qani, bizga ko'rsating, hijobni yechtirish haqida qayerdan, qanday topshiriq yoki buyruq kelgan. Shuni ko'rsating, denglar. Tabiiyki, ular sizlarga bu haqdagi yozma ko'rsatmani taqdim etolmaydi. Ko'pincha o'zi shunaqa. Kimdir kimgadir yaxshi ko'rinish maqsadida ham shu kabi "tadbir"larni o'tkazaveradi. Aslo bo'sh kelmaslik kerak.
Ikkinchidan ular o'ragan ro'molni "diniy kiyim"masligini, bu ularning odatiy kiyimi ekanligini tushuntiring.
O'qishdan haydalishga hech qachon hijob sabab bo'lmaydi. Odatda bunaqa hollarda birinchi navbatda davomatga qarashadi. Shuning uchun ham avvaldan boshqa muammolarni hal qilib qo'yish kerak. Shunda, inshaalloh hech kim sizga tahdid qilolmaydi.
Asosiysi, Allohga tavakkul qiling. 5 kunlik dunyoda Allohning amri bilan yashash qayerdayu, qayoqdagi "amaldor"ning do'q-po'pisasiga ko'ra ish qilish qayerda. Alloh sizga eng yaxshi Vakiyl bo'lsin! O'zi tog'ri yo'lni ko0'rsatsin. Muttahamlarga ham insof bersin!