Eslaysizmi: "Onangizga oxirgi marta nima sovg`a qilgansiz?"  ( 84057 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 14 B


Foniy  15 Dekabr 2007, 13:28:48

Assalomu alaykum!
Hayotda kimdir yaqin do`stiga, kimdir sevgan yoriga yana kimdir hamkasblariga,.. nimadir narsa sovg`a qilishadi. Inson eng avval o`z yaqinlari: ota-ona, aka-uka, opa-singil, yaqin qarindoshlariga arzimas bo`lsa-da, ayniqsa onasiga, otasiga sovg`a qilishi tabiiy hol.
Siz Onangizga oxirgi marta qachon, nima sov`ga qilgansiz? Otangizgachi? Onangizning sizdan sovg`angizni olgan paytdagi holatini tasvirlab beraolasizmi? Otangizning holatini-chi?
Olloh baxtimizga ota-onalarimizning umrlarini ziyoda aylasin, omin!

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Dekabr 2007, 19:58:29

Assalamu alaykum.
Onajonimga oxirgi marta Ramazon Hayiti kuni ro'mol sovg'a qilganaman.
Alloh u kishini umrlarini uzun qilsin.

Qayd etilgan


Muzayyana  17 Dekabr 2007, 12:32:46

Assalomu alekum!
Man oxirgi marta oyijonimga 8-martda sovg'a bergandim.Ulani yuzidegi ifoda xaliyam esimda, ular rossa xursand bo'lishgan! Maylimi sovg'am nimaligini sir tutsam?
Foniy ajoyib mavzuni tanlabsiz, Allox rozi bo'sin sizdan!

Qayd etilgan


dilshodnod  16 Yanvar 2008, 00:26:15

Assalomu Alaykum !
 Xudo xoxlasa mana yaqinda oyijonimning tug'ilgan kuni afsuski o'z qo'llarim bilan sovg'a berolmayman chunki oyijonim uzoqroqdalar lekin albatta tabriklab qo'yaman
 Eni oxirgi marta bergan sovg'aga keladigan bo'lsak bundan 2-yil oldin atirgul berganman

Qayd etilgan


qaysar  21 Yanvar 2008, 15:36:26

Oxirgi marta issiq ro'mol olib bergandim... Rosa duo qilgandilar...

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 17:33:27

Men oxirgi tug'ilgan kunlarida iliq niyatdan boshqa narsa berolmadim. Menimcha eng muhimiham ular uchun shu bo'lsa kerak. Ayniqsa tug'ilgan kuni arafsida FOND FORUM grantini yutganim menimcha eng katta sovg'a bo'ldi.
O'tgan yili esa tug'ilgan kunlarida ajoyib guldasta sovg'a qilganman.

Qayd etilgan


Miss Shaxrizoda  11 Fevral 2008, 19:53:32

Bir savat atirgullar! 21-dekabrda!

Qayd etilgan


Intizor  11 Fevral 2008, 20:01:54

Hozirda chetda bo'lganim sababli  faqat yahshi sozlar va yahshi niyat bilan duolar.InshaAllah ularning orzularidagideka  ilmni olsam shu eng yahshi sovg'a bo'lsa kerak.

Qayd etilgan


Huseyn  17 Fevral 2008, 12:06:23

Akam bilan qo'shilishib, uncha ham qimmat bo'lmasa-da, 12 oktyabr tug'ilgan kunlarida tilla uzuk sovg'a qildik. Lekin, bilamagan ekanman? Onam ikkita kelin tushirib, uzuklarlarini kelinlariga sovg'a qilib yuborgan ekanlar (chunki, oilamizda qiz yo'q edi). Umrlari uzoq bo'lsin barcha onalarning.....

Qayd etilgan


SHUKUR  21 Fevral 2008, 14:56:36

Men onajonimga oxirgi marta ro'mol sovg'a qilgandim. O'shanda harbiy xizmatdan qaytgan edim.
Onajonim rosa xursand bo'lgan.


Qayd etilgan