(davomi)
Qöl telponini mashinada unutgan qiz uyiga yugurib borar ekan uning hayoli faqat trnetdagi sirli suhbatdoshining kechagi bergan topishmog'iga topgan javobini tezroq jönatishda edi. Xatto hovlida qizining salomiga alik olib "nega kelayotganingda tel qilsam olmading, senga.." deganicha og'zida gapi qolib orqasidan qarab qolgan onasini eshitmadi ham. Zudlik bilan pochtasini ochgan qiz "eh, javob yozib ulgurmadim.." deya endi qöl-oyoqlari böshashib keta boshlayotgan edi, biroq xatni öqigach karaxt bölib qoldi. Chunki xatda ösha topishmoqning mazmun-mohiyati keng ochib berilgan va qisqa ma'nosi esa: bu bilan yigit qizning qölini sörayotgan edi!.. Xattoki yigit öz suratlaridan bir nechtasini ham yuboribdi.
Qattiq hayajondagi bechora qiz xonasiga allaqachon kirib bölgan onasini payqamadi, toinki "Bu chiroyli yigit kim?" degan savol yangramagunicha. Sakrab chöchib tushgan qiz oldiniga nima deyishini bilmay qoldi, söng shoshganicha uzuq-yuluq tarzda hammasini va tög'risini ayta ketdi..