Umumiy bo'lim > Madaniyat

Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan tarixiy shaxslar.

<< < (2/3) > >>

Muhammad Amin:
Adib Ahmad Yugnakiy (XII — XIII asrlar) Adib Ahmad binni Mahmud Yugnakiy, yirik adib, hadisshunos va taʼlimiy didaktik adabiyot namoyandasi.

Fargʻona vodiysining Yugʻnoq qishlogʻida tugʻilgan, «Hibatul-haqoyiq» («Haqiqat sovgʻalari») asari Fargʻona hukmdori Dod Sipohsolor bekka bagʻishlangan.

Navoiyning taʼriflashicha, tugʻma koʻr boʻlgan. Asarning arab va uygʻur yozuvidagi qoʻlyozma nusxalari (XV asrda koʻchirilgan) Istanbulda saqlanadi. Asar 14 bobni tashkil qilgan Qurʼon va Hadis hikmatlarining badiiy sharhidir.

Taʼlimiy doston janriga mansub bu asarda ijtimoiy, siyosiy masalalar bayon qilingan, bilim foydasi va til odobi kabi axloqiy muammolar talqini berilgan. Adib Ahmad yashagan davri va joyi haqida adabiyotshunoslikda turli qarashlar mavjud. Asarining toʻla matni (izoh va nasriy bayon) eʼlon qilingan, rus olimlari S.Malov, E.Bertels, N.Baskakov, I.Stebleva; turk olimlari F.Koʻprulu, N.Osimbek, R.R.Arat, T.Takin va oʻzbek olimlari Fitrat, Q.Mahmudov, I.Haqqulov, M.Imomnazarov, H.Boltaboevning tadqiqot va maqolalari bor.


  Nashr qilingan manbalar
Ahmad Yugnakiy. Hibatul-haqoyiq. Kitobda: Q. Mahmudov. Ahmad Yugnakiy va uning «Hibatul-haqoyiq» asari toʻgʻrisida. — T.: 1972;
Ahmad Yugnakiy. Hibatul-haqoyiq (nashrga tayyorl. Q. Mahmudov) -T.: 1972

Muhammad Amin:
Sayfi Saroyi (1321—1396) Oʻzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishlogʻida tugʻilgan. Oltin Oʻrda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotining soʻnggi yillarini Misrda oʻtkazgan va u yerda vafot etgan.

Bizgacha shoirning adabiy merosidan bir necha gʻazallari, qasida, qitʼa, ruboiylari, «Suhayl va Guldursun» dostoni (1394) hamda Saʼdiy Sheroziyning asarining tarjimasi «Gulistoni bit-turkiy»(1390-91) yetib kelgan. Ayrim asarlari Istanbulda (1926) «Turk adabiyoti namunalari»da berilgan.

«Suhayl va Guldursun» dostoni oʻzbek epik sheʼriyati taraqqiyotida oʻz oʻrniga ega. Doston xalq afsonasi «Guldursun» asosiga qurilsa-da, unda real tarixiy voqealar, yaʼni Amir Temurning Xorazmga yurishi ham aks etgan.





  Nashr qilingan asarlari
Sayfi Saroyi. Sheʼrlar, Guliston. — T.: 1968;
Sayfi Saroyi. Gulistoni bit turkiy. Kitobda: 14 asr Xorazm yodnomalari. — T.: Fan, 1973;
Sayfi Saroyi. Suhayl va Guldursun. Kitobda: Uch bulbul gulshani. — T.: Gʻafur gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 19

Muhammad Amin:
Lutfiy (1366—1465) 15 asr oʻzbek sheʼriyati takomilida oʻziga xos oʻringa ega, katta isteʼdod sohibi, «Malikul-kalom» (Navoiy), tuyuq janrining ustasi.

Shoir Hirot yaqinidagi Dehikanor qishlogʻida tugʻilgan, oʻsha joyga dafn qilingan. Shoir hayotiga oid lavhalar Navoiyning «Majolisun-nafois», «Holoti Sayid Hasan Ardasher», «Nasoyimul-muhabbat», Xondamirning «Makorimul-axloq» kabi asarlarida bor.

Lutfiydan katta adabiy meros qolgan. Manbalarda shoirning 20 dan ortiq asar yozgani aytiladi, biroq bizgacha birgina devoni maʼlum (Turkiyaning Koʻniyo shahrida saqlanadi). Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»(1437) asarini Shohruh Mirzoning taklifi bilan sheʼriy tarjima qilgan.

Shoir ijodi bilan Fitrat, E.Rustamov, E.Fozilov, S.Erkinov, Yo.Is'hoqov, E.Ahmadhoʻjaev v.b. shugʻullanganlar.





   Nashr qilingan asarlari
Lutfiy. Devon. — T.: 1965.
Lutfiy. Sensan sevarim. — T.: 1987.


Muhammad Amin:
Xorazmiy Isteʼdodli shoir, temuriylar davri adabiyotining yirik namoyandasi. Xorazmiy — shoirning adabiy taxallusi, ismi va hayoti voqealari maʼlum emas. Birgina asari «Muhabbatnoma» (1353) Sirdaryo boʻylarida yozilgan va Oltin Oʻrda hukmdorlaridan Muhammad Xoʻjabek (Oltin Oʻrda xoni Jonibekning oʻgʻli)ga bagʻishlangan.

«Muhabbatnoma» oshiqning oʻz maʼshuqasiga yozgan sheʼriy maktublari shaklida tuzilgan. Asar 11 nomadan iborat boʻlib, sakkiz nomasi oʻzbek tilida, uchtasi (4, 8,11) fors tilida yozilgan. Asarning ikki — arab va uygʻur yozuvidagi nusxalari mavjud. Ular Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi.

Asar tarkibida gʻazal, masnaviy, qitʼa, munojot, fard va boshqa janrlar ham uchraydi. «Muhabbatnoma»ning 1508 y. koʻchirilgan arab yozuvidagi nusxasi qayta nashr etilgan, uning asosida ilmiy tadqiqot ishlari (A.Samoylovich, S.Qosimov, A.Sherbak) olib borilgan.


 Nashr qilingan manba
Sherbak A.M. Oguzname, Muhabbatname. — L.: 1959.
Xorazmiy. Muhabbatnoma. Kitobda: Muborak maktublar. — T.: 1987.


Muhammad Amin:
Husayniy (Husayn Boyqaro)(1438—1506) Taniqli shoir va davlat arbobi. Hirot yaqinida tugʻilgan. 1469 yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh doʻsti va homiysi.

Badiiy ijod bilan shugʻullanib, gʻazalnavis shoir sifatida adabiyot tarixida iz qoldirgan. Boburning xabariga koʻra, devonidagi gʻazallari aksariyat bir vaznda (ramali musammani maqsur) yozilgan. Gʻazallarida dunyoviy muhabbatni kuylagan, betakror satrlar yaratgan.

 «Risola» nomli nasriy asarida Navoiy ijodiga keng va ob’yektiv baho bergan. Husayniy asarlari OʻR FA ShI jamgʻarmasida saqlanadi.

Shoir ijodi bilan E.Rustamov, S.Gʻanieva, E.Ahmadxoʻjaev, A.Erkinov v.b. shugʻullanganlar.


  Nashr qilingan asarlari
Husayn Boyqaro. Devon, risola. (nashrga tayyorl. S.Gʻanieva) — T.: 1968;
Shoh va shoir: Husayniy (nashrga tayyorl. A.Erkinov). — T.: 1993;


Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version