25.6. Vergul.
Vergul quyidagi o’rinlarda qo’yiladi:
1.Uyushiq bo’laklar orasida: 1) bog’lovchisiz birikkan uyushiq bo’laklar orasida Andijon, Namangan, Qo’qon, Marg’ilon — O’zbekning chamani, bog’u bo’stoni. (G’.G’.); 2)Takrorlanuvchi bog’lovchilar bilan birikkan uyushiq bo’laklar orasiga: U goh kulimsiraydi, goh chuqur o’yga toladi.; 3) Zidolovchi bog’lovchilar yordamida birikkan uyushiq bo’laklar orasiga: Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi. (P.Q.)
2.Undalmalarni ajratish uchun: Ertaga, azizim, toqqa jo’naymiz.
3.Kirish so’zlarni va tuzilishiga ko’ra murakkab bo’lmagan kirish gaplarni ajratish uchun: Xullas, ertaga shu yerda yig;iladigan bo’ldilar. Men sizga aytsam, odamning yomoni bo’lmaydi.
4. Ha va yo’q so’zlarini gap bo’laklaridan ajratish uchun: Ha, bu gapingiz to’g’ri. Yo’q, ertaga kela olmaymiz.
5.Gapning ajratilgan bo’laklarini ayirib ko’rsatish uchun: "œBiz, 22-guruhda o’quvchi qizlar, Xayriniso ham biz bilan yonma-yon turib o’qishini istaymiz".
6.Bog’lovchisiz bog’langan qo’shma gaplarda: Eshik ochildi, ichkariga muzday havo yopirilib kirdi.
7.Va, ham, hamda, yoki (yolg’iz kelgan)dan boshqa bog’lovchilar bilan bog’langan qo’shma gaplarda: Hamma gapirdi, lekin u bir chekkada xomush o’tirar edi.
8.Ergash gaplarni ajratish uchun: Hamma yig’ilgach, majlis boshlandi.
9.Muallif gapini ko’chirma gapdan ajratish mumkin: - Bugunga qilgan ezgu ishlarimiz, - dedi ota, - kelajak uchun mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.