HIKOYATLAR BOBI
959. Faqih (r.a.) Qatodadan, Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladilar: "œBir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib: "œEy Rasululloh, mening qoraligim, yuzimning xunukligi jannatga kirishimdan qaytaradimi?" dedilar. Aytdilar: "œYo‘q, jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Allohga ishonsang va Rasuli keltirgan narsalarga iymon keltirsang". U odam: "œSizni Payg‘ambar qilib ikrom etgan Zotga qasamki, ashhadu alla-a ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluhu, deb bu majlisda o‘tirishimdan sakkiz oy oldin shohidlik berganman. Men sizning huzuringizdagi va boshqa kishilarga xitob qildim. Lekin ular yuzim xunuk va qoraligi sababli rad qildilar. Albatta, men o‘z qavmim — Bani Salim orasida nasabli bir kishiman, lekin menga tog‘alarimning qoraligi g‘olib kelgan". Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œBugun Amr ibn Vahb ko‘rindimi?" U kishi saqif qabilasidan bo‘lib, Islomga yangi kirgan edi. "œYo‘q", deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) unga: "œUning uyini bilasanmi?" dedilar. Aytdi: "œHa, bilaman". Aytdilar: "œBorib eshigini yumshoqlik bilan taqillat, so‘ng salom ber, so‘ng: "œPayg‘ambar (s.a.v.) meni qizingizga uylantirdi", deb ayt", dedilar. Amrning turib qolgan qizi bor edi. U chiroyli bo‘lishi bilan birga aqlli ham edi. U odam Amrning uyiga kelib, eshikni taqillatdi va salom berdi. Ichkaridagilar salomni eshitib, eshikni ochishdi. Ammo uning yuzi xunukligini ko‘rib seskanishdi. U odam aytdi: "œPayg‘ambar (s.a.v.) meni sizlarning qizingizga unashtirdilar". Ular uni haydab yuborishdi. U kishi indamay chiqib, Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga jo‘nadi. Shunda qiz otasiga aytdi: "œEy otajon, vahiy kelib, sharmanda qilmasidan avval o‘zingizni qutqaring. Agar Payg‘ambar (s.a.v.) meni unga unashtirgan bo‘lsalar, men Alloh va Rasuli rozi bo‘lgan narsaga rozi bo‘ldim". Qizning otasi uydan chiqib, Rasululloh (s.a.v.) oldlariga keldi va u zotga yaqinroq o‘tirdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œSen Allohning rasulini rad qilding. Nima uchun?" "œHa, shu ishni qildim, Allohdan mag‘firat so‘rayman, men uni yolg‘onchi, deb o‘ylabman, uni unashtirdik. Alloh va Rasulining g‘azabidan Alloh nomi bilan panoh tilayman", dedi. So‘ng o‘sha kishini qizga yuz dirhamga unashtirishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) kuyovga — u Sa’d Salmiy edi — aytdilar: "œYoring oldiga bor va u bilan bo‘l". Sa’d: "œSizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, birodarlarimdan so‘rab topmasam, menda mahrga hech narsa yo‘q", dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œXotiningning mahri mo‘minlardan uch kishining bo‘ynida. Usmon ibn Affon (r.a.) oldiga bor va undan ikki yuz dirham ol. So‘ng Abdurahmon ibn Avf (r.a.) oldiga borib, undan ham ikki yuz dirham ol. So‘ng Ali (r.a.) oldiga bor. Undan yuz dirham ol". Usmon, Abdurahmon va Ali unga oshig‘i bilan berishdi. So‘ng Sa’d u pullarga bozordan yoriga narsa sotib olish uchun xursand bo‘lib ketayotganida, jarchining: "œEy Allohning chavandozlari, otlaninglar", deb safarbarlikka chorlab yurganini eshitdi. Kuyov osmonga qaradi-da: "œEy Allohim, osmonu yer mulkining va Muhammadning (s.a.v.) ilohi, bu dirhamlarni Alloh va rasuli hamda mo‘minlar yaxshi ko‘rgan ishlarga sarflayman", dedi. So‘ngra ot, qilich, kamon, yoy va qalqon sotib oldi. Sallasini qorniga bog‘ladi, boshini ikki ko‘zidan boshqa hech joyi ko‘rinmaydigan qilib o‘radi. Keyin muhojirlarning oldiga keldi. "œBu chavandoz kim bo‘ldi?" deyishdi. Ali: "œQo‘yaveringlar, balki Bahrayn yoki Shomdan kelgandir. Sizlardan dinlaringiz, ishlaringiz haqida so‘ramoqchi bo‘lganu so‘ng sizlarga qo‘shilishni yaxshi ko‘rib qolgan bo‘lsa kerak", dedilar. So‘ng u urushga kirishdi, nayza bilan sanchib, qilich bilan chopa boshladi. Bir payt oti yiqildi. Keyin piyoda holda yenglarini shimarib jang qildi. Payg‘ambar (s.a.v.) uning qora bilagini ko‘rib tanidilar va: "œSen Sa’dmisan?" dedilar. "œOta-onam sizga fido bo‘lsin. Men Sa’dman", dedi. Nabiy aytdilar: "œSa’d muvaffaqiyatga erishdi". Sa’d nayza bilan sanchib, qilich bilan chopib, Allohning dushmanlarini o‘ldirardi. Keyin: "œSa’d halok bo‘ldi", degan xabar tarqaldi. Payg‘ambar (s.a.v.) uning oldiga keldilar. Boshini ko‘tarib, quchoqlariga oldilar. Keyin yuzidagi tuproqni kiyimlari bilan artdilar va: "œSening bo‘ying shunchalar yaxshiki, hatto Alloh va Rasuliga xush yoqadi", dedilar va yig‘ladilar. Keyin ko‘mdilar va yuzlarini burdilar-da: "œAllohga qasamki, u hovuzga yetdi", dedilar. Abu Luboba: "œOta-onam sizga fido bo‘lsin, hovuz nima?" deb so‘radilar. "œBu hovuzning chekkalari dur va yoqut bilan qoplangan. Suvi sutdan ham oq, asaldan ham mazaliroq. Kim undan bir marta ichsa, hech qachon chanqamaydi", dedilar. So‘ng: "œEy Rasululloh, ko‘rdimki, yig‘ladingiz, so‘ng kuldingiz, so‘ng yuzingizni burdingiz. Bularning sababi ne?" deb so‘radi. Rasululloh javob berdilar: "œAvvalo Sa’dga mehrim jo‘shib yig‘ladim. So‘ng uning manzili va izzat-ikromi Alloh taolo zimmasida ekanidan xursand bo‘lib kuldim. Yuzimni olib qochganim esa, men uning hurlardan bo‘lgan juftlarini ko‘rdim. Ular boldirlari ochilgan, taqinchoqlari ko‘ringan holatda unga shoshilib kelishdi, o‘shalardan uyalib yuzimni olib qochdim". Keyin qurolini, otini va boshqa narsalarni olishni buyurib aytdilar: "œBu narsalarni unga qizini bergan kishining oldiga olib boringlar va: "œAlloh taolo uni sizlarning qizingizdan ham yaxshirog‘iga uylantirdi", deb aytinglar".