Hikmatlar shodasi  ( 360404 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 ... 92 B


Laylo  19 Oktyabr 2007, 07:02:28

Imom Sahl rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Inson vuslat va malakutni mushohada etishdan halol bo‘lmagan ovqat yeyish va xalqqa aziyat berish sababli mahrum qoladi».
Bizning usulimiz yettidadir:
1. Alloh taoloning Kitobini mahkam tutish.
2. Allohning rasuli — Payg‘ambarimizga (s.a.v.) ergashish.
3. Halol yeyish.
4. Gunohlardan tiyilish.
5. Tavba qilish.
6. Haqlarga rioya etish.
7. Aziyatlardan saqlanish.

* * *

Ali ibn Vafo rahmatullohi alayh shunday tavsiya berganlar: «Ey muridlar, shayxingizning yaqinlaridan birisiga qarshi chiqishdan ehtiyot bo‘ling! Sizning yoningizda birovni g‘iybat qilinishiga beparvo bo‘lishdan ehtiyot bo‘ling. G’iybat xabari u zotlarga yetishidan qo‘rqqandan ko‘ra ko‘proq u zotlarni g‘iybat qilishdan qo‘rqing. Chunki u zotlarning do‘sti - Alloh jalla jalaluhudir».

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2007, 07:03:07

Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Bir qul terak kabi (ingichka. - Tarj.) bo‘lgunga qadar Allohga ibodat qilsa-yu, yegani harom yo halol ekanligini bilmasa, uning ibodati qabul bo‘lmaydi».

* * *

Abu Ishoq Ibrohim ibn Adham rahmatullohi alayh aytadilarki: «Halolidan ye va kunduzlari (nafl) ro‘za tutmaganing va kechalari (nafl) ibodat qilmayotganing uchun xafa bo‘lma!».

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2007, 07:03:37

Abu Bakr at-Termiziy rahmatullohi alayhning so‘zlari diqqatga loyiq: «Tariqat ahlidan dalilsiz hukm qilganlari, havoyi nafsga ergashganlari, harom va shubhali narsalarni yeganlari vuslatga erisholmaydilar».

* * *

Imom Sahl rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Yeyishi haloldan bo‘lmagan kimsaning qalbidan hech bir parda ko‘tarilmaydi, azob-uqubatga yo‘liqadi, namozi, ro‘zasi va sadaqasi ham unga foyda bermaydi».

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2007, 07:04:43

Imom Sufyon rahmatullohi alayh bunday dedilar: «Halol yeyishga nihoyatda e’tibor bering, harom yeyishdan ehtiyot bo‘ling! Halol yeb, Qur’on oyatini o‘qisam, menga ilmdan yetmish eshik ochiladi. Agar haromdan o‘zini saqlamaganning ovqatidan yesam, Qur’on oyatlarini takror-takror o‘qisam hamki, menga hech bir ilm eshigi ochilmaydi».

* * *

Shayx Ali ash-Shozaliy rahmatullohi alayhning quyidagi so‘zlariga quloq tuting:
«Kim haloldan yesa qalbi yumshaydi, nurlanadi, uyqusi kamayadi, Allohning jamolini ko‘rishdan mahrum bo‘lmaydi. Kimki halol bo‘lmaganni yesa qalbi qotadi, qo‘pollashadi, qorayadi, dargohi ilohiydan mahrum bo‘ladi, uyqusi ortadi. Har a’zo gunoh qilishni istaydi. Chunki halol bo‘lmagan narsalarni yeyish gunohga boshlaydi»

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2007, 07:06:12

Aliyyul Havvos rahmatullohi alayhning so‘zlari: «Harom yeb ibodat qilgan kimsa, aynigan tuxumni bosib yotgan kabutarga o‘xshaydi. Aynigan tuxum bosgan kabutar nafsini qiynasada so‘ng hech bir polopon chiqara olmaydi. Harom yeyishning zararlaridan biri: harom olovga aylanadi, fikrlash qobiliyatini, zikrning lazzatini ketkizadi, niyatlarning ixlos deb ataluvchi mahsulini kuydiradi, basiyratni ko‘r qiladi, ko‘zni qoraytiradi, dinni zaiflashtiradi, g‘aflat va unutish balosiga giriftor etadi, hikmat va ma’rifat halovatidan to‘sib qo‘yadi. Qisqasi, qulning gunoh qilishiga asosiy sabab harom yeyishidir».

* * *

Muhammad rahmatullohi alayh yaqinlariga: «Ko‘chalarda, bozorlarda va xaroba joylarda Alloh taoloni zikr eting. Ular qiyomat kuni sizlarning foydangizga guvohlik beradi. Ham izzati nafsning nomusini yo‘qotishga g‘ayrat qiling. Aks holda, u yo‘lingizda to‘siq - g‘ov bo‘lib chiqadi», deya maslahat berganlar.

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2007, 07:07:26

Shayx Abul Hasan ash-Shozaliy rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Kim (halol yo‘ldan) tirikchilik qilishga intilib, Robbisi buyurgan farzlarni ado etsa, bu kimsaning mujohadasi kamolotga yetadi».

* * *

Shayx Abul Abbos al-Mursiy rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Sabablarga yopishing. Sizning har biringizning tarozi, ish quroli, tikish ignasi va (tijorat) safari (kabi muntazam bir kasbi, mashg‘uloti. — Tarj.) bo‘lsin».

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2007, 07:08:15

«Vasiyyat» muallifi Matbuliy rahmatullohi alayh hunari yo‘q kambag‘al haqida bunday deganlar: «U kimsa xarobalarda yashaydigan boyqushga o‘xshaydi. Chunki uning hech kimsaga foydasi tegmaydi».

* * *

Yana «Vasiyyat» muallifi aytadiki: «Komil (murshid) - insonlarni o‘z kasb-korini yuritish bilan ularga sayru suluklarini o‘rgatgan va ularga kasblarini tark etishlarini buyurmagan  (zot)dir. G’ayrimashru’ ishlarni qilgan kimsani hech bir kishi Alloh(ning rizoligi. - Tarj.)ga yetkaza olmaydi. Menimcha kasb-korli, hunarli mo‘min, insonlarning sadaqa va ehsonlariga muhtoj, hech bir dunyoviy hunar qo‘lidan kelmagan, dindorligi evaziga kun o‘tkazuvchi majzublardan komilroqdir. Alloh taolo hunarsiz obidlardan kasb-korli obidlarni bir necha xususda ustun qildi va ularga ikrom etdi:
a)   insonlarning sadaqalari va zakotlaridan yemay, o‘zlari tirikchilik qilib topganlaridan yeyishlari;
b)   olimlikka da’vogarlik va johillarga nisbatan kekkayishning yo‘qligi. O’zlarining kichikligini va boshqalarning buyukligini ko‘ra bilishlari;
v)   Alloh taolo va payg‘ambarlari xususida aslo shubhaga bormasliklari.

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2007, 07:10:08

Aliyyul Havvos rahmatullohi alayh bunday der edilar: "Qon oluvchi va suv quvurlarini tozalovchi kabi o‘z mehnatidan kun ko‘rgan kishi, insonlar sadaqasi hisobiga kun o‘tkazuvchi obiddan ustundir».

* * *

Imom Sahl rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Gunohlarning eng chirkini hadisun-nafs (insonning xayolidan o‘tgan yanglish o‘y-tushunchalar)dir... Insonlarning ko‘pchiligi buni gunoh hisoblashmaydi. Murid ko‘ngliga kelgan noto‘g‘ri, noma’qul fikrlardan o‘zini tiysa va ayni paytda zikrga mahkam yopishsa, qalb zangi zikr tufayli yonadi. (Chunki zikr qalbdagi yanglish tushunchalarni yondiradi). Qalb himoyalangan sirga aylanadi. Shayton zikr sababli qalbdan butunlay qochadi, qalbdagi shaytoniy o‘ylar uzoqlashadi. Nafsoniy o‘y-xayollar qolmaydi»

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2007, 07:11:14

Shayx Abu Sulaymon Doroniy rahmatullohi alayh bunday degan: «Dunyoning kaliti to‘qlik, oxirat amallarining kaliti esa ochlikdir. Alloh taolo dunyoni yaratgach, ilm va hikmatni ochlikka, jaholat va gunohni esa to‘qlikka qo‘ydi».

* * *

Yahyo ibn Muoz ar-Roziy rahmatullohi alayh aytadiki: «To‘yish olovdir, shahvat esa o‘tin. O’tinning yonishiga olov sababchi. To‘qlik egasini yondirmaguncha so‘nmaydi».

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2007, 07:11:29

Sahl ibn Abdulloh at-Tustariy rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Bir kunda ikki marta yeyishni xohlagan o‘zi uchun bir oxur qildirsin».

* * *

Molik ibn Dinor rahmatullohi alayh bunday deydilar: «Kim shaytonning zulmidan qochmoqchi bo‘lsa, shahva-tiga hokim bo‘lsin». Bu mavzuda salafi solihiynning so‘zlari ko‘p.

Qayd etilgan