Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 702714 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 ... 140 B


muxbir  26 May 2008, 16:52:42

XII аsrdа Sаmаrqаnd, Buхоrо, Tеrmiz, O‘zgаn, Tоshkеnt kаbi shаhаrlаr ichki vа tаshqi sаvdо uchun хilmа хil hunаrmаndchilik mаhsulоtlаri ishlаb chiqаrаdigаn hаmdа chаqа tаngаlаr vоsitаsi bilаn оlib bоrilаdigаn bоzоr tijоrаtining mаrkаzigа аylаnаdi. Bоlаsоg‘un, Tаrоz, O‘zgаn, Tоshkеnt, Sаmаrqаnd, Buхоrо shаhаrlаridа pul ishlаb chiqаrаdigаn zаrbхоnаlаri bo‘lgаn.
Bu dаvrdа shаhаrlаrdа аyniqsа kulоlchilik, shishаsоzlik, misgаrlik vа chilаngаrlik rivоj tоpdi. XI-XIII аsr bоshlаridа Mоvаrоunnаhr vа Хurоsоndа tоvаr-pul munоsаbаtlаri nihоyatdа rivоj tоpаdi.
Qоrахоniylаr dаvridа ijtimоiy bo‘g‘inlаr quyidаgilаrdаn ibоrаt bo‘lgаn:
·   Elоqхоn — хоqоndаn kеyingi pоg‘аnаdа turuvchi shахs. U хоqоn хоnоdоnigа mаnsub bo‘lib, vilоyatning mulk sоhibi hisоblаngаn;
·   Iqtоdоrlаr — qоrахоniylаr dаvlаtining tаyanch qаtlаmi, аsоsiy hаrbiy hаrаkаtlаrni аmаlgа оshiruvchi jаngоvаr bo‘linmаlаr vаkillаri. Ulаr o‘z mаrtаbаlаrigа ko‘rа bir-biridаn fаrq qilgаn;
·   Islоm dinining pеshvоlаri — imоmlаr, sаyyidlаr, shаyхlаr, sаdrlаr;
·   Hоkimlаr, rаislаr, muhtаsiblаr;
·   Tаriqchilаr — zirоаtkоrlаrning turkchа nоmi, qishlоq хo‘jаlik mаhsulоtlаri bilаn tа’minlоvchi аsоsiy ijtimоiy qаtlаm sаnаlаdi;
·   Hunаrmаndlаr — turli хildаgi хo‘jаlik аhаmiyatigа mоlik аshyo, аsbоb аnjоmlаr yasоvchi, tаyyorlоvchi mеhnаtkаsh qаtlаm;
·   Sаvdоgаrlаr — sаvdо-sоtiq bilаn mаshg‘ul bo‘lgаn shаhаr аhli;
·   Ko‘chmаnchilаr — chоrvаdоrlаr.
Qоrахоniylаrdа оddiy хаlq budun, sоliq to‘lоvchi fuqаrо rаiyyat, qаbilа bоshliqlаri bеk, sаvdоgаrlаr sаrt dеb аtаlgаn. Qоrахоniylаr dаvlаtidа hunаrmаndchilik, zirоаt vа chоrvаchilik mаhsulоtlаrini qаytа ishlоvchi sоhаlаr tаrаqqiy etgаn. Qimmаtbаhо tоshlаr, оltin, mis, tеmir qаzib оlingаn.
Qoraxoniylar davrida turli o‘lkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Bolasog‘un, Qashqar, O‘zgan kabi shaharlar ham ma’muriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning o‘lka hayotidagi muhim o‘rnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yo‘li asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi. Shu davrda bunyod etilib, hozirgacha saqlangan Raboti Malik, Masjidi kalon, Minorai kalon, Vobkent minorasi, Jarqo‘rg‘on minorasi, Mag‘oki attori masjidi hamda ko‘plab saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroy kabi inshoatlar qoraxoniylar davrida hashamatli binolar qurish san’ati yuksak darajada taraqqiy etganligini ko‘rsatadi. Amaliy bezak san’ati — naqshinkorlik, ganchkorlik va kulolchilik yo‘nalishlari rivojlangan. Adabiyot yuksalgan. Yusuf Xos Hojibning "œQutadg‘u bilig", Mahmud Qoshg‘ariyning "œDevonu lug‘otit turk" kabi asarlari shu davrda yaratilgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:52:56

G‘AZNAVIYLAR DAVLATI

G‘aznaviylar davlatining tashkil topishi va faoliyati.
G‘aznaviylar davlati Xuroson, Shimoliy Hindiston hamda qisman Movarounnahr va Xorazmda g‘aznaviylar sulolasi boshqargan turkiy davlat. G‘aznaviylar davlatiga Alpteginning g‘ulomi va kuyovi Sabuktegin asos solgan. Davlat nomi saltanatning poytaxti G‘azna shahri nomidan olingan. Turkiy g‘ulomlar xizmatlari evaziga somoniylardan Xuroson va Afg‘onistonning turli viloyatlari (G‘azna, Kobul va boshqalar)ni boshqarish huquqini olganlar. Sabuktegin G‘azna viloyatining noibi va qo‘shin amiri qilib tayinlangach (977), u bu mulklarni mustaqil boshqarishga kirishgan. 994-995-yillarda Xurosonda bo‘lib o‘tgan ikki jangda somoniylar amiri Nuh ibn Mansur va noib Sabuktegin boshchiligidagi birlashgan qo‘shin isyon ko‘targan turk sarkardalari Abu Ali Simjuriy (Abulhasan Simjuriyning o‘g‘li) va Foyiq qo‘shinlarini tor-mor keltirish jarayonida Sabukteginning siyosiy nufuzi yanada ortadi. Nuh o‘z kuchigа ishоnmаy G‘аznа hukmdоri Sаbuqtеgingа yordаm so‘rаb murоjааt etаdi. Qo‘zg‘оlоnchilаr tоr-mоr etilgаch, Sаbuqtеgingа bu yordаmi uchun Nuh II ibn Mаnsur "œNоsir ud-din vа ud-dаvlа", ya’ni "œdin vа dаvlаt hоmiysi", o‘g‘li Mаhmudgа "œSаyf ud-din", ya’ni "œdin shаmshiri" dеgаn unvоnlаrni bеrаdi. Bundаn tаshqаri Sаbuqtеginni Хurоsоn nоibi etib tаyinlаydi. Nаtijаdа G‘аznа vа Хurоsоndа Sаbuqtеgin vа Mаhmudning siyosiy hukmrоnligi mustаhkаmlаnib, G‘аznаviylаr dаvlаti tаshkil tоpаdi. Tеz оrаda bu dаvlаt kuchаyib, Hindistоn chеgаrаsidаn Аmudаryogаchа bo‘lgаn yerlаrni egаllаydi. G‘аznаviylаrning rаsmаn siyosiy kuch sifаtidа tаn оlinishi 996-yilgа to‘g‘ri kеlаdi. Аyni shu yili Sаbuqtеgin Sоmоniylаrni Qоrахоniylаr tаhdididаn sаqlаb qоlаdi. Sаbuqtеgin Buхоrоni egаllаb, Qоrахоniylаr bilаn shаrtnоmа tuzаdi. Bungа ko‘rа, Sirdаryo hаvzаsi qоrахоniylаr qo‘ligа o‘tаdi. Sаbuqtеgin esа Аmudаryodаn jаnubdаgi yerlаrgа hukmdоr bo‘lib qоlаdi. G‘aznaviylar davlatining eng kuchaygan davri amir Sabuktegin, ayniqsa, sulton Mahmud G‘aznaviy hukmronligi yillariga to‘g‘ri keladi. XI asr boshlariga kelganda musulmon Sharqining eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan G‘aznaviylar davlatining chegaralari g‘arbda Ray va Isfahon shaharlari, Kaspiy dengizi hamda shimoli-g‘arbda Xorazm va Orol dengizigacha cho‘zilgan, sharqda esa Shimoliy Hindistonning kattagina qismini o‘z ichiga olgan va janubda Balujistongacha yetgan edi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:53:18

Mahmud G‘aznaviy somoniylar sulolasi barham topgach, ularning Xurosondagi butun hududini, keyinchalik Xorazm davlatini (1017) ham o‘z saltanati tarkibiga qo‘shib olgan. Biroq Janubiy Toxariston (hozirgi Shimoliy Afg‘oniston)dan tashqari Shimoliy Toxariston (hozirgi Surxondaryo viloyati va Janubiy Tojikiston) hududini ham egallash uchun g‘aznaviylar kurash boshlaganlarida qoraxoniylar bilan ularning manfaatlari o‘zaro to‘qnashdi. Keskin kurashlar natijasida Chag‘oniyon va Termiz g‘aznaviylarga bo‘ysundirilgan. G‘aznaviylar bilan Qoraxoniylar davlati o‘rtasidagi chegara Amudaryo deb e’tirof qilingan. 1024-1025-yillarda Mahmud G‘aznaviy Termiz yaqinida Amudaryoni kechib o‘tib, Temir darvoza (Temir qopqa) orqali Sug‘dga hujum qilgan va Samarqandgacha borgan. Bu harbiy yurishlar natijasida Omul (Chorjuy)gacha bo‘lgan viloyatlar qoraxoniylar hukmronligidan chiqib, g‘aznaviylar ta’siriga o‘tgan. Bu davrda G‘aznaviylar davlati Sharqdagi yirik musulmon davlatiga aylangan edi. G‘оyatdа epchil diplоmаt, mоhir siyosаt аrbоbi bo‘lgаn Mаhmud G‘аznаviy qоrахоniylаr bilаn o‘zаrо kеlishuvgа binоаn o‘zining shimоliy chеgаrаlаrini аniqlаb, g‘аrbdа Kаspiygаchа bo‘lgаn hududlаrni rаsmiy jihаtdаn mustаhkаmlаb оlаdi. Mаhmud G‘аznаviy tеmir intizоmli, yaхshi hаrbiy tаyyorgаrlik ko‘rgаn, zаmоnаviy аslаhа-аnjоmlаrgа egа kаttа qo‘shin tаshkil qilgаn. U o‘zining 32 yillik hukmrоnligi dаvridа Hindistоngа qаrshi 17 mаrtа yurish qildi, bu vаqtdа mustаqil dаvlаt bo‘lgаn Хоrаzmni 1017-yil qurоl yordаmidа o‘zigа bo‘ysundirdi. Biroq, Mahmud G‘aznaviyning o‘g‘li va valiahdi Mas’ud G‘aznaviy hukmronligi davrida (1030-1041) G‘aznaviylar davlati o‘z qo‘l ostidagi hududlarni birin-ketin qo‘ldan chiqarib, asta-sekin tanazzulga yuz tuta boshladi. XI asr o‘rtalaridan boshlab g‘aznaviylarning asosiy raqibi saljuqiylar bo‘ldi. G‘aznaviylar davlati tarkibidan birinchi bo‘lib Xorazm ajralib chiqdi. G‘aznaviylarning Xorazmdagi noibi Oltintosh vafot etgach (1032), uning o‘g‘li Horun g‘aznaviylarga qarshi isyon ko‘tardi (1034). U saljuqiylar va qoraxoniylar bilan do‘stona aloqa o‘rnatib, Xorazmni g‘aznaviylardan mustaqil deb e’lon qilgan. Bu paytda qoraxoniylar va g‘aznaviylar o‘rtasida Chag‘oniyon, Xuttalon, Termizni egallash uchun yana keskin kurash boshlangan. Marv yaqinidagi Dandanakon jangi (1040-y. may)da Mas’ud G‘aznaviy qo‘shini saljuqiylardan yengilgach, g‘aznaviylar Xurosonni butunlay qo‘ldan chiqarishdi. Mag‘lubiyatga uchragan sulton Mas’ud G‘aznaviy G‘aznaga qochgan va keyinchalik fitnachilar tomonidan o‘ldirilgan (1041). Taxtga Mas’udning ukasi Muhammad o‘tirgan. Lekin Mas’udning o‘g‘li Mavdud (hukmronlik davri: 1041-1048 ) amakisi Muhammadning qo‘shinini yengib, uni o‘ldirgan va taxtga o‘tirgan. Sulton Mavdudning Amudaryo yuqori qismidagi viloyatlarni qaytarib olishdagi sa’y-harakatlari natijasiz tugagan. Sulton Farruxzod (hukmronlik davri: 1053-1059)ning harakatlari bir muncha samarali bo‘lib, u ketma-ket ikki jangda saljuqiylar qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratdi. Lekin keyinchalik Alp Arslon g‘aznaviylarni yengishga muvaffaq bo‘ldi. Ikki o‘rtada tuzilgan bitim (1059)ga muvofiq, g‘aznaviylar Movarounnahr va Toxaristonga bo‘lgan har qanday huquqlarini yo‘qotdilar. Ularning hududi G‘azna viloyati va Shimoliy Hindistonning bir qismi (Panjob va boshqa) bilan cheklanib qoldi. Bu hudud ham XII asr boshlaridan boshlab asta-sekin qisqarib bordi. XII asrning 60-yillarida G‘uriylar davlati g‘aznaviylarni Shimoliy Hindistonga butunlay siqib chiqardilar, poytaxt G‘aznadan Lahorga ko‘chirildi (1161). G‘uriylar davlati hukmdori G‘iyosiddin Muhammad qo‘shini Lahorni bosib olgach, G‘aznaviylar davlati butunlay tugatildi (1186).

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:53:32

Boshqaruv tizimi. G‘aznaviylar davlatida boshqaruv tizimi o‘zining murakkabligi bilan diqqatni jalb etadi. Boshqaruv tizimining markazida dargoh va devonlar (vazirliklar) turgan. Dargohga oliy hukmdor faoliyati bilan bog‘liq xizmatlar va amallar kirgan. G‘aznaviylar davrida hojiblik xizmatining o‘rni alohida e’tiborga loyiq. Dargoh faoliyatida sipohdor (saroy xizmatchisi), davotdor (oliy hukmdorning hujjatlarini yurituvchi), pardador (mahram; xufiya ishlarni bajaruvchi), martabador (saroydagi o‘rta amaldor), xazinachi, joma xona va farrosh kabi mansab va xizmatlarning o‘rni katta bo‘lgan. Devonlar ijroiya idoralari bo‘lib, o‘sha davr manbalarida 5 ta devon nomi uchraydi. Ular vazir devoni (bosh vazir devoni); harbiy ishlar devoni; elchilik va boshqa rasmiy tadbirlarni yuritish devoni; moliya devoni; pochta-xabar devoni. Viloyat boshlig‘ini voliy deganlar va uni oliy hukmdor tayinlagan. Viloyatlardagi boshqaruv ishlarni amid olib borgan. Shahar boshlig‘ini rais deb ataganlar. Shahar miqyosida shihna, kutvol (qal’a komendanti), sohibi devon (ma’muriy boshqaruvchi) kabi amaldorlar ham faoliyat ko‘rsatganlar. G‘aznaviylar davlati qudratli harbiy qo‘shinga ega edi. Oliy qo‘mondonlik hukmdorning ixtiyorida bo‘lgan. Bosh qo‘mondon — sipohsolor esa sulolaning eng ishonchli vakili yoxud shu xonadon a’zosi hisoblangan. Masalan, Mahmud G‘aznaviy sipohsolor mansabiga ukasi Muhammad Yusufni loyiq topgan. Yuqori darajadagi harbiy lashkarboshilar salor, o‘rta darajadagilari sarhang deyilgan. Harbiylar o‘z pochta-xabar va qozilik xizmatlariga ega bo‘lgan. G‘aznaviylar qo‘shinida harbiy kemalar (daryo va dengiz floti) ham mavjud edi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:53:44

Ilm-fan va madaniyat. G‘aznaviylar davlatida ilm-fan va madaniyat, xususan, adabiyot rivojlangan. Mahmud G‘aznaviy ona tilisi turkiydan tashqari fors, arab, hatto pahlaviy tillarini ham mukammal bilgan va o‘zi she’rlar bitgan. Uning saroyida 400 dan ortiq olim, shoir va san’atkorlar to‘planib, faol ijod bilan shug‘ullanishgan. Abu Rayhon Beruniy, shuningdek, Farruxiy, Unsuriy, Manuchehriy kabi shoirlar, Nosir Xusrav, Utbiy, Gardiziy, Bayhaqiy shular jumlasidan bo‘lib, G‘aznada yashashgan. Beruniy o‘zining "œQonuni Mas’udiy" va Bayhaqiy o‘zining "œTa‘rixi Mas’udiy" asarlarini Mas’ud G‘aznaviyga bag‘ishlashgan. Firdavsiy mashhur "œShohnoma" dostonini Mahmud G‘aznaviyga taqdim etgan. Biroq buyuk tabib Abu Ali ibn Sino G‘aznaga — sulton saroyiga borishdan bosh tortgan. Shimoliy Hindistonni islomlashtirish va turklashtirish jarayoni aynan G‘aznaviylar davridan boshlangan. G‘aznaviylar davlatida qurilish va me’morchilikka ham katta e’tibor qaratilgan. G‘azna, Balx, Nishopur, Lohur va boshqa shaharlarda ko‘plab madrasalar, masjidlar, xonaqolar, saroylar va bog‘lar qurilgan, kutubxonalar faoliyat ko‘rsatgan. Xususan, poytaxt G‘azna shahri gullab-yashnagan

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:53:57

SАLJUQIYLАR DАVLАTI

Sаljuqiylаr dаvlаtining tashkil topishi.
Saljuqiylar davlatiga Saljuqning nevarasi Sulton To‘g‘rulbek asos solgan. Saljuq turklari XI asrning 20-yillarida harbiy xizmatlari evaziga Xurosonda Mahmud G‘aznaviydan ko‘plab mulklar olganlar. Biroq keyinchalik g‘aznaviylar ularga qarshi lashkar jo‘natib, Arslon Isroil ibn Saljuqni asir olishgan va Hindistondagi harbiy qal’ada tutqunlikda saqlashgan (1032-yil u hibsda o‘lgan). Saljuqiylar g‘aznaviylarga qarshi olib borgan ko‘plab muvaffaqiyatli janglaridan so‘ng Nishopurni egallab, o‘z rahbarlari To‘g‘rulbekni sulton deb e’lon qildilar (1038 ). Dandanakon jangidagi g‘alabadan so‘ng, u Xuroson hukmdori deb e’lon qilindi. Asta-sekin saljuqiylar Xuroson, Xorazm, G‘arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq (Bag‘dod bilan birga)ni o‘zlariga bo‘ysundirdilar. Bag‘dodda To‘g‘rulbek nomiga xutba o‘qitilgan. Abbosiylar xalifasi al-Qoim (hukmronlik davri: 1031-75) hokimiyatni To‘g‘rulbekka topshirib, uni sulton hamda "œSharq va G‘arb podshohi" deb tan olishga majbur bo‘lgan va qizini unga xotinlikka bergan.
To‘g‘rulbek Rayni, uning ukasi Chag‘ribek Dovud (990-1060) Marvni o‘zlariga poytaxt qildilar. 1050-yilda To‘g‘rulbek poytaxtni Raydan Isfahonga ko‘chirgan. Alp Arslon va Malikshoh hukmronliklari davrida saljuqiylar Kichik Osiyo va Yaqin Sharqda mustahkam o‘rnashib olishgan. Ular Vizantiya imperatori Roman IV Diogenning 200 ming kishilik qo‘shinini yengib (1071), butun Kichik Osiyoni (1071-81), keyinchalik Suriya va Falastinni zabt etishgan. Armaniston, Gruziya, Shirvon ham bo‘ysundirilgan. Shu davrda Balx, Termiz (1044), Buxoro, Samarqand (1089), keyinchalik Farg‘ona vodiysi saljuqiylar qo‘l ostida birlashgan. Hatto Sharqiy Turkistondagi qoraxoniylar ham ularning ustunligini tan olishgan. Alp Arslon poytaxtni Isfahondan Marvga ko‘chirgan. Saljuqiylar qo‘shinlari Arabiston yarim orolidagi Yaman va Bahrayn yerlarini ham o‘z tasarruflariga olishgan. Malikshoh hukmronligi davrida Saljuqiylar davlati harbiy-siyosiy jihatdan juda kuchli bo‘lgan. Bu vaqtda poytaxt yana Isfahonga ko‘chirilgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:54:07

XI a. oxirlarida Saljuqiylar davlati Sharqiy Turkistondan O‘rta yer va Marmar dengizlarigacha bo‘lgan katta hududni o‘z ichiga olgan. Bu davlat Xitoy bilan Vizantiya o‘rtasida joylashgan. Salibchilarning Sharqqa qilgan yurishlarini to‘xtatishda saljuqiylarning xizmati katta bo‘lgan. XI a. oxirlaridan boshlab, Saljuqiylar davlati parchalana boshlaydi. Chunki birinchi salib yurishi natijasida Saljuqiylar davlati Gruziya, Shirvon hamda Kichik Osiyoning sohil bo‘yi hududlaridan, Suriya va Falastinning bir qismidan ajralgan (1096-99). Saljuqiylar davlatidan bir necha mustaqil sultonliklar ajralib chiqqan. Masalan, Kermon sultonligi (1041-1187), Shom (Suriya) sultonligi (1074-1117), Ko‘niya sultonligi va boshqa saljuqiy sultonlar o‘g‘uz va boshqa turkiy urug‘lar boshliqlari, jasur jangchilarga iqto in‘om qilganlar. Masalan, Malikshoh saltanatni 12 ta viloyat — mulkka ajratib, ularni amirlar va lashkarboshilarga iqto tariqasida bergan. Katta-katta mulklarga ega bo‘lgan iqtodorlar esa mustaqil bo‘lishga harakat qilganlar. Malikshoh vafoti (1092)dan so‘ng, uning o‘g‘illari o‘rtasida taxt uchun kurash avj oldi. Aka-uka sultonlar Mahmud (hukmronlik davri: 1092-94), Barqiyoruq, Malikshoh II (hukmronlik davri: 1104-25), G‘iyosiddin Muhammad (hukmronlik davri: 1105-18 ) ayrim hokimlarning isyonlarini bostirish bilan birga ismoiliylar harakati, xususan, hashshoshiylarga qarshi kurash olib borishga majbur bo‘lganlar. Buyuk Saljuqiylar davlati taxt uchun kurashlar oqibatida sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘lingan. G‘arbiy qismga kirgan G‘arbiy Eron, Iroq va Ozarbayjonni Iroq sultonligi (1118-94) nomi bilan sulton G‘iyosiddin Muhammadning o‘g‘li sulton Mahmud (hukmronlik davri: 1118-31) boshqarishni boshlagan. U Hamadonni o‘ziga poytaxt qilgan. Sharqiy qism, asosan, Xuroson, Seyiston, Xorazm va Movarounnahrdan iborat bo‘lib, unga sulton Malikshohning kenja o‘g‘li sulton Sanjar hukmronlik qilgan va poytaxti Marv bo‘lgan. Sanjarning qudrati avjga chiqqan davrlarda g‘arbiy saljuqiylar ham uning siyosiy ta’siri ostida bo‘lishgan, G‘aznaviylar davlati esa unga 1117-yilidan tobe bo‘lgan. Biroq Sharqdan qoraxitoylarning Movarounnahrga bostirib kirishi, Samarqand yaqinida bo‘lgan mashhur Qatvon jangi (1141-yil 9-sentyabr)da qarluqlar bilan birgalikda saljuqiylar va qoraxoniylarning birlashgan qo‘shinini tor-mor qilishi natijasida Sanjarning kuch-qudrati zaiflasha boshlab, u Movarounnahr, keyinchalik Xurosonning asosiy qismidan ajraladi. Anushteginiylardan Qutbiddin Muhammad, xususan, Otsiz davrlarida Xorazm ham Saljuqiylar davlatidan ajralib chiqib, o‘z mustaqilligini tiklagan. Otsiz, hatto saljuqiylar poytaxti Marvni egallab, Nishopurni qamal qilgan (1141-42). Sanjarning vafoti (1157)dan so‘ng saljuqiylarning Xurosondagi hokimligi tugagan. Xuroson g‘uzlar (o‘g‘uzlar) tasarrufiga kirgan. 1117-yil saljuqiylarning Shom (Suriya) sultonligi, 1187-yil Kermon sultonligi ham tugatilgan. Xorazmshohlar XII a. ikkinchi yarmidan boshlab g‘arbiy saljuqiylarning Iroq sultonligiga kuchli zarbalar berishgan. Xorazmshoh Takash Iroq sultonligini ham tor-mor qilib, o‘z davlatiga qo‘shib olgan (1194). Faqat Kichik Osiyodagi Ko‘niya (Anadolu yoxud Rum) sultonligi XIV a. boshlarigacha hukm surgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:54:19

Boshqaruv tizimi. Saljuqiylar davlati tepasida oliy hukmdor — sulton (sulton ul-a’zam) turgan. Uning nomidan xutba o‘qilib, tanga zarb etilgan. Taxt otadan bolaga meros sifatida o‘tgan. Mulk, yer-suv taqsimlash, muhim davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash, amaldorlar ishini nazorat qilish va boshqa sultonning vakolatlari doirasiga kirgan. Saljuqiylarning boshqaruv tizimi somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylarniki singari ikkiga: dargoh va devonlarga bo‘lingan. Ulug‘ hojib, horis amiri (amiri horis), salohdor, xos vakil, alamdor, jondor, tashtdor, sarhang, miroxur dargohdagi asosiy lavozimlar sanalgan. Bosh vazir devoni a‘lo — markaziy boshqaruv tepasida turgan. Devoni tug‘ro, devoni istifo (moliya devoni), devoni ishraf (nazorat devoni), devoni arz (harbiy vazirlik) kabi rasmiy devonlar bo‘lgan. Viloyat boshliqlari (voliylar) ham o‘z devonlariga ega bo‘lishgan. Voliylar sulton tomonidan tayinlangan bo‘lib, ular viloyat hayoti bilan bog‘liq barcha sohalar: moliya, soliq, sud, harbiy ishlar, jazo idoralariga rahbarlik qilgan. Tuman va shahar miqyosidagi boshqaruv tizimi ham deyarli shunday bo‘lgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:54:28

Iqtisodiy hayoti. Saljuqiylar davlatida, ayniqsa, Buyuk saljuqiylardan To‘g‘rulbek, Alp Arslon, Malikshoh, Sanjar davrlarida iqtisodiy va madaniy hayotda katta ko‘tarilish yuz bergan. Hunarmandchilik taraqqiy qilgan: to‘qimachilik, kulollik, zargarlik, oynasozlik, temirchilik, konchilik va gilam to‘qish rivojlangan. Buyuk ipak yo‘li ulkan saltanatning markaziy shaharlari orqali o‘tgan. Sharqiy Yevropa, Vizantiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlari bilan savdo aloqalari gurkirab rivojlangan. Malikshoh Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdoni jonlantirish uchun Xuroson va Iroq savdogarlarini boj to‘lovidan ozod qilgan. Kaspiy dengizi orqali Turkistonga neft mahsulotlari keltirilgan. Ichki savdo ham rivojlangan. Mamlakatda sof oltindan zarb etilgan dinor (qizil dinor) joriy etilgan. Bundan tashqari, mahalliy dinor (rukniy) va mis dirhamlar ham bo‘lgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:54:41

Ilm-fan va madaniyat. Saljuqiylar davlatida ilm-fan va madaniyat rivojlangan. Ayniqsa, Eron, Iroq va Movarounnahrda madaniy yuksalish yuqori bo‘lgan. Nishopur, Isfahon, Basra, Hirot, Marv, Buxoro, Samarqandda madrasalar bunyod qilingan. Xususan, buyuk vazir Nizomulmulk qurdirgan Bag‘doddagi Nizomiya madrasasi (1067) butun jahonga mashhur bo‘lgan. Nizomulmulk davlatni boshqarish asoslari haqida "œSiyosatnoma" asarini yaratgan. Munajjim va riyoziyotchi olim Umar Xayyom loyihasiga ko‘ra, Isfahonda rasadxona qurilgan. U Malikshoh topshirig‘iga ko‘ra, rasadxonada kuzatuv ishlarini olib borgan va sosoniylarning shamsiy taqvimini isloh etib, Yangi taqvim ("œMalikshoh taqvimi" yoxud "œJalol erasi") ni tuzgan (1079). Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy, Sa"diy Sheroziy, Umar Xayyom fors she’riyatining so‘nmas durdonalarini yaratishgan. Muhammad G‘azoliy, Farididdin Attor, Xoja Yusuf Hamadoniy kabi islom ulamolari va so‘fiylar ijod qilishgan. Saljuqiylar davlatida riyoziyot va ilmi nujum (Bahovuddin Abubakr Marvaziy, Sharafiddin Tusiy, Abulhasan Ali Marvaziy, Abulhotam Muzaffar Isfizoriy, Zahiriddin G‘aznaviy), tibbiyot va kimyo (Ismoil Jurjoniy, Faxriddin Roziy), tarix (Zahriddin Nishopuriy, Sadriddin Husayniy, Anushirvon Koshoniy, Abu Bakr Ravondiy), adabiyot (adib Sobir Termiziy, Nosir Xusrav, Anvariy, Asiriddin Axsikatiy, Raf"iy Marvaziy va boshqalar) sohalariga oid ko‘plab bebaho asarlar yaratilgan. Bu davrda Nishopur, Marv, Isfahon, Ray, Hamadon kabi poytaxt shaharlar, shuningdek, Buxoro, Samarqand, Termizda ko‘plab me’moriy yodgorliklar qurilgan. Marv gullab yashnagan, u "œMarvi Shohijahon" — "œShaharlar shohi" deb ulug‘langan. Tarixchi va sayyoh Yoqut Hamaviy Marvda bo‘lganida bu yerda 10 ta yirik kutubxona borligini ko‘rgan va ulardan foydalangan. Termiz yaqinidagi Payg‘ambarorolda Zulkifl majmuasi (XI-XII asrlar), Sulton Saodat me’moriy majmui (XI-XVIII asrlar), Jarqo‘rg‘on minorasi (1109), Marvda Sulton Sanjar maqbarasi (XII asr) va boshqa me’moriy obidalar qurilgan. Saljuqiylarning Ko‘niya sultonligida ham madaniyat taraqqiy etgan. Kichik Osiyoning islomlashish jarayoni kuchayib, tasavvufning mavlaviylik, bektoshiya kabi tariqatlari shakllangan, axiylik (javonmardlik) va qalandarlik kuchaygan. Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro (1240-1320), Xoja Bektosh Vali (1248-1338 ), Sadriddin Ko‘nyoviy, Shahobiddin Suhravardiy singari mashhur mutasavviflar yetishib chiqqan. Ko‘niya (Ikoniy), Sivas, Qaysariya, Nikeya shaharlari yirik madaniy markazlar hisoblangan. Bu paytda "œO‘g‘uznoma" dostonining yozma varianti shakllangan, latifada Xo‘ja Nasriddin (Afandi) obrazi (Turkiston va Anadoluda) yaratilgan

Qayd etilgan