SEMIRISH YUQUMLI KASALLIKMI?
Atrofdagilar tufayli kishi semirish kasalligi bilan og‘rishi haqida eshitganmisiz? Kaliforniya universiteti qoshidagi Garvard tibbiyot maktabi vakillari salomatlik olamiga yana bir «yuqumli semizlik» tushunchasini olib kirdilar.
Ko‘p sonli o‘rta yosh mijozlarni o‘rganib, garvardlik mutaxassislar semizlikka qanday hollarda chalinish mumkinligini aytib bermoqdalar. Shunday qilib, ortiqcha to‘lishib ketish xavfi agar do‘stlar «do‘mboq» bo‘lishsa, 57 foizga, tug‘ishganlar to‘lachadan kelgan bo‘lishsa, 40 foizga, turmush o‘rtog‘ingiz og‘ir vaznli bo‘lsa, 37 foizga oshadi.
So‘nggi paytlarda o‘arb tanadagi ortiqcha kilogrammlar muammosidan tashvishga tushgan. Statistik ko‘rsatkichlar faqat Okeanortining o‘zida semirib ketish tufayli turli xizmat xodimlarining foydali ish koeffitsienti tinimsiz pastga tushib borayotganini ko‘rsatayotir. Shuning uchun ham Shimoliy Atlantika qirg‘oqlaridagi jamiyatlar bu «ko‘rinmas tashvish»ga qarshi kurashga ommaviy kirishayotirlar.