Hikmatlar shodasi  ( 361110 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 ... 92 B


Munira xonim  08 Sentyabr 2006, 11:33:25

Seni yomonlikka yo'llagan kishi, senga eng katta hiyonat qilgan bo'ladi.

Solihlarning nishoni marhamatdir. Shaqiylarning nishoni esa marhamatsizlikdir.

Shirk - vositalarga sig'inishdan kelib chiqadi. Haqiqiy ibodat Haqqa vositasiz qilingan ibodatdir.

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Sentyabr 2006, 11:35:09

Haqqa ibodat qilgan kishi shikoyatdan qutuladi.

Tarixga boq,zolimlar holidan ibrat ol.

Sen sabr doirasini doimo qo'lla. U doiralarning eng ishonarlisidir.

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Sentyabr 2006, 11:47:37

Tiling va diling bir bo'lmaguncha komil inson bo'la olamysan.

Seni madh etganlardan qoch. Ularning madhi sening qalbingni o'ldiradi.

Ahloqning asosi Iymonga bog'liqdir. Ahloqsizning iymoni bo'lmaydi.

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Sentyabr 2006, 11:51:14

Haq yo'lidan yurishni hohlasang,Haq yo';lda yurgan Payg'ambarlardan o'rnak ol.

Haqiqiy ishq Iymondir. Haqiqiy oshiq haqiqatni ko'radi, haqiqatni eshitadi.

Hamma narsadan avval ma'naviyatingni o'stir. Aks holda bu dunyoda ham o'liksan.

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Sentyabr 2006, 11:54:07

Haqiqiy olim - olam nuridir.Insonlar shu nur ostiga intiladilar.

Ey, inson! Sen ishonchdan iboratsan, ishonching yahhsi bo'lsa, sen yahshi insonsan,ishonching yomon bo'lsa yomonsan.

Umr bir ko'lanka kabi hayoliy borliqdir. Insonlar shu hayoliy borliqni haqiqat bilib aldanadilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Sentyabr 2006, 08:03:20

Ey,inson!Hayotingda doimo irodali va sahovatli bo'l. Bu ikki hislat senda bo'lsa, insoniylik sharafiga muyassar bo'lasan. Shuning uchun ota bobolarimiz:"Tog'dek metin va dengizdek sahiy bo'l",deyishgan.

Ey,inson! Olamga Allohga umid va ishonch ruhi bilan boqki, haqiqatni ko'rasan. Bundan boshqa barchasi holi emasdir. Olamda yagona Nurdan boshqa narsa yo'q.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Sentyabr 2006, 08:08:31

Inson ilmi Ilohiydan,payg'ambarlar ahloqidan nasibador bo'lsagina,insoniylikni biladi. Bundan bo'lak hamma narsa keraksizdir.

Inson g'azabini yengmaguncha komil inson bo'lolmaydi. Yomon qalbni to'g'irlash niyat va amalga bog'liqdir. Kishi nafsi hohishi va ehtirosini yengmaguncha saodatga erishmas.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Sentyabr 2006, 08:14:21

Butun mahluqotga mehr bilan qaramagan kishining qalbi ilohiyotdan va payg'ambarlar yo'lidan nasibador bo'lolmaydi. Insoniylik shafqat va marhamat bilan boshlanadi va shu bilan nihoyalandi. Insoniylikning asosi shafqat va marhamatdir. Senga adovat qilganlarga sen shafqat va marhamat bilan munosabatda bo'l. Zero, shafqat va marhamat yomonliklarga o'ralashib qolgan kimsalarga ular inson ekanliklaridan darak beradi. Shafqat va marhamat sharbatidan ichgan va uni ichirganlar o'zgalarga yomonlik qilishdan halos bo'ladilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Sentyabr 2006, 08:17:27

Qalbida shafqat bo'lmaganlarning eshiklariga yaqinlashma. Chunki  u yerdan rad javobini olishingni bil. Shafqatsizning so'zi albatta senga zarar yetkazadi.

Bahil kimsadan qarz, mol olgan kishi unga asir bo'ladi. U bahilning molidan foyda topmaganidek,uning so'ziga ham chidashga majbur bo'ladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Sentyabr 2006, 08:23:23

Yomon shubhadan qochgan kishi undan uzoqlashgan qadar manfaat topadi.
Sen bilan ko'rishib-so'rashib yurgan odamlar ikki hil bo'ladi. Biri molning, ikkinchisi dinning fazilati uchun suhbatlashadi. Moli uchun so'zlashgan non dardi bilan gapiradi. U hidoyatdan mahrumdir.
Sen dinning fazilati uchun suhbatlashganlar bilan yaqin qadrdon bo'lki, niyati buzurlar sendan uzoqlashish yo'lini qidiradilar.

Ikkilanish insonni chekintiradi, g'amga botiradi. Iymon insonni olg'a yurishga undaydi, quvonch keltiradi.

Qayd etilgan